Yangiliklar
Jamoatchilik e'tiboriga elektr energetika tarmog'ida amalga oshirilayotgan ishlar keng yoritilmoqda (infografikali taqdimot)
  • 01.04.2021
  • 645

  "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2021-yil 25-martdagi tegishli topshiriqlari ijrosi yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:

 

  Mamlakatimiz aholisi, xususan respublikamiz iste'molchilari o'rtasida elektr ta'minotiga bevosita taalluqli masalalar bo'yicha tushunmovchiliklar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan turli asossiz tushunchalar paydo bo'lishini oldini olish, to'g'ri va xolis axborot tarqatish orqali jamoatchilik o'rtasida pozitiv tushunchalarni shakllantirish maqsadida Energetika vazirligi va uning tizim tashkilotlari matbuot xizmatlari qatorida "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati tomonidan ham energetika sohasi, xususan elektr energetika tarmog'ida amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritish, elektr ta'minotining o'ziga xos muhandislik yechimlari haqida axborot berish ishlari birmuncha kuchaytirildi.

  Misol uchun, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-fevraldagi "Davlat ishtirokidagi xo'jalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalarining rasmiy veb-saytlariga qo'yiladigan talablar to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash haqida"gi 81-son qaroriga muvofiq aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining 104-sonli buyrug'i hamda ushbu buyruqning ilovasi — "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz rasmiy veb-saytiga qo'yiladigan talablar to'g'risida Nizom qabul qilindi. Unga ko'ra "Energo–IT" filialida "infografika" studiyasi tashkil etilmoqda. Jamiyatning barcha bosh boshqarma, boshqarma, xizmatlar, filial hamda tarkibiy tuzilmalaridan yil davomida buyruq ilovasidagi namunaga muvofiq qisqa satrlardagi elektron axborotlarni jamlash, ularni studiya orqali video-infografika shaklida tayyorlab, axborot xizmatiga taqdim etish, axborot va hisobotlar matbuot kotibi tomonidan tahrir etilib, mavjud talablarga muvofiq shaklda veb-sayt va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylashtirib borish belgilangan.

 

 

  Bundan tashqari, Axborot xizmati tomonidan an'anaviy "Yil sarhisobi" nomli rukn tashkil etilgan bo'lib, unda Jamiyatning asosiy ish faoliyatiga oid ma'lumotlar: yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalardagi qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, mavsumiy va joriy ta'mirlash ishlari har bir viloyat kesimida, filial va boshqarmalar hisobotida aks ettirilmoqda.

E'tiboringizga "YIL SARHISOBI" rukni bo'yicha jamiyat tarkibidagi barcha filial, bosh boshqarma, boshqarma, bo'lim va xizmatlarning hisobot-ma'lumotnomalarni taqdim etamiz:

  2019-yil

  ✅ 2019-YIL SARHISOBI: Axborot xizmati tomonidan bajarilgan asosiy vazifalar haqida qisqa ma'lumot http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/197  

  ✅  2019-YIL SARHISOBI: "O'zbekiston MET" AJ avtotransport va mexanizmlar xizmati xavfsiz va ishonchli ish faoliyatida http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/202

  ✅  2019-YIL SARHISOBI: "Iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning barqaror rivojlanishi ishchi-xodimlarning munosib mehnat va turmush darajasini oshirishga xizmat qilishi lozim» http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/203

  ✅ 2019-YIL SARHISOBI: "Umumiy energetika tarmog'ida "yashil energiya" manbalarining ulushi oshib borishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/205

  ✅ 2019-YIL SARHISOBI: Farg'onalik energetiklar "eng namunali jamoa" deya e'tirof etildi http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/209

  ✅  2019-YIL SARHISOBI:  "Barcha qulayliklarga ega "Nurafshon" sanatoriyasi energetiklar dam olishi uchun xizmat qilmoqda» http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/211

  ✅  2019-YIL SARHISOBI: "Azamat" sport-sog'lomlashtirish markazi sizning xizmatingizda http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/216

  ✅  2019-YIL SARHISOBI: "2019-yilda 1067,6 km havo liniyasi mukammal ta'mirlandi» http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/226

  ✅  2019-YIL SARHISOBI: "Boshqarma buyurtmachi sifatida investor, quruvchi, pudratchi va loyihalovchilar bilan birga ish olib boradi»  http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/229

  ✅  2019-YIL SARHISOBI: "2020-yilda 40 ta ish o'rni yaratilib, 305 nafar xodimlarining malakasi oshiriladi» http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/231

  ✅  2019-YIL SARHISOBI: "2030-yilga qadar magistral elektr tarmoqlarini strategik rivojlantirish investision loyihalari belgilab olingan» http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/233

  ✅ 2019-YIL SARHISOBI: "Kredit mablag'lari o'z vaqtida so'ndirilib, penya va yuqorilovchi foizlar mablag'lari iqtisod qilindi» http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/23

  ✅ 2019-YIL SARHISOBI: "Birlashgan kasaba uyushmalari qo'mitasi — adolatli mehnat sharoiti va ishsizlikdan himoya garovi» http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/236

  ✅ 2019-YIL SARHISOBI: "Elektr energetika tizimining barqarorligi — iste'molchilar ishonchli elektr ta'minotining garovidir» http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/237  

  ✅  2019-YIL SARHISOBI: "Ma'nan va jismonan eskirgan elektr uskunalari yuqori quvvatli yangi uskunalarga almashtirilmoqda» http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/240

  ✅  2019-YIL SARHISOBI: "Jamiyat faoliyatining huquqiy asoslari — taraqqiyot sari odimlashdagi ishonchli qadamlarga teng» http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/242

 

  ✅  ИТОГИ 2019 ГОДА: «В июне и ноябре текущего года запланированы проведения смотра-месячника по техники безопасности и пожарной безопасности» http://uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/224

  ✅  ИТОГИ 2019 ГОДА: «Energo-IT» является головным предприятием по внедрению и развитию информационно-коммуникационных технологий»   http://uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/230

  ✅  ИТОГИ 2019 ГОДА: «Основная цель — внедрения и координация соблюдения принципов корпоративного управления»   http://uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/232

 

  2020-yil

  ✅  1-sonli 2020-YIL SARHISOBI: Elektr energetika tarmog'i tunu kun xalqimiz xizmatida http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/655

  ✅  2-sonli 2020-YIL SARHISOBI: Axborot xizmati tomonidan hayotimizdagi muammo va hodisalarga tezkor munosabat bildirilmoqda http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/669

  ✅  3-sonli 2020-YIL SARHISOBI: Jamiyatda xalqaro shartnoma-kelishuvlardan tashqari barcha hujjatlar davlat tilida yuritilishiga erishilmoqda http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/675

  ✅  4-sonli 2020-YIL SARHISOBI: Mahalliy OAV biz haqimizda yoxud mamlakatimizdagi yetakchi elektron nashrlar "O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati ma'lumotlariga tayanib xabar beradi... http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/676

  ✅  5-sonli 2020-YIL SARHISOBI: "Filialimiz ishchi-xodimlari "Yilning eng yaxshi..."5 ta nominatsiyasi bo'yicha e'tirofga sazovor bo'lishdi! http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/680

  ✅  6-sonli 2020-YIL SARHISOBI: Xorijiy ommaviy axborot vositalari "O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati ma'lumotlariga tayanib xabar beradi http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/681

  ✅  7-sonli 2020-YIL SARHISOBI: "Energetika sohasida zamonaviy SCADA/EMS tizimlarini joriy etish ishlari olib borilmoqda» http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/685

  ✅  8-sonli 2020-YIL SARHISOBI: "Sog'lom turmush tarzi hamda o'z vaqtida dam olish — jamoada sog'lom muhit va mehnat unumdorligining garovidir» http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/696

  ✅  9-sonli 2020-YIL SARHISOBI: Jamiyatda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligi uzbekistonmet.uz saytining videojamlanmasida http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/701

  ✅  10-sonli 2020-YIL SARHISOBI: "O'zbekiston MET" AJ faoliyatiga taalluqli masalalar radio, televidenie hamda uzbekistonmet.uz veb-saytining utube.uz sahifalarida http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/702

 

  ✅  11-sonli 2020-YIL SARHISOBI: "Munosib mehnat sharoitlarini yaratish orqali barqaror rivojlanish sari» http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/712

  ✅ 12-sonli 2020-YIL SARHISOBI: "Sanoat korxonalari jadal rivojlanayotgan Qashqadaryo viloyatida elektr ta'minoti barqarorligini ta'minlash harakatidamiz» http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/723

  ✅ 13-sonli 2020-YIL SARHISOBI: Yuqori kuchlanishli podstansiyalardagi bino va inshootlar zamonaviy talablarga mos ta'mirlanmoqda http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/730

  ✅ 14-sonli 2020-YIL SARHISOBI: Elektr tarmoqlarining istiqbolli qurilish dasturlari shakllantirilmoqda http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/732

  ✅ 15-sonli 2020-YIL SARHISOBI: Yuqori kuchlanishli podstansiyalardagi elektr qurilmalarning barqaror faoliyati — elektr ta'minoti tizimida o'tkazuvchanlikning ishonchliligini ta'minlaydi http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/736

  ✅ 16-sonli 2020-YIL SARHISOBI: Yuqori kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlarini mukammal va joriy ta'mirlash ishlari 2020-yil rejasiga muvofiq to'liq bajarildi http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/761

  ✅  17-sonli 2020-YIL SARHISOBI: "Tezkor, sifatli va xavfsiz transport xizmati ko'rsatish — avtotransport va mexanizmlar xizmatining bosh maqsadi» http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/778  

 

  Shuningdek, elektr ta'minotidagi nosozliklar, ta'minotdagi uzilishlar, ularning bartaraf etilishi, iste'molchilarning to'lov majburiyatlari, energiya samaradorligi va tejamkorligi yuzasidan targ'ibot ishlari bo'yicha Energetika vazirligi va uning tarkibidagi turdosh korxonalar matbuot xizmatlari bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

  Fuqarolarga qulaylik tug'dirish maqsadida jamiyat veb-saytining bosh sahifasida O'zbekiston Respublikasining xaritasi shaklida infografika ma'lumotnoma-jadvali joylashtirilgan bo'lib, fuqarolar qaysi hududni belgilasa, o'sha hududdagi magistral elektr tarmoqlari filiali haqidagi ma'lumotlarni olish imkoniyati paydo bo'ladi. Ma'lumotnomada telefon raqamlari ham ko'rsatilgan bo'lib, mutaxassislar iste'molchilarni qiziqtirgan savollarga javob berishadi.

  Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/6125

  http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/797

  http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/797

  http://uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/797

  Batafsil:  https://t.me/uzmetaxborotxizmati/6401

 

  ◾Qashqadaryo viloyati iste'molchilarining elektr ta'minoti yaxshilanishi uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda? http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/866

  ◾O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4971-sonli qarori ijrosi: "CENERGO" MCHJ taqdimoti, investision loyihaning atrof-muhitga ta'siri bo'yicha ommaviy eshituv, "Fidokor" MFY faollari bilan muloqot: http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/880

  ◾Jizzax viloyatidagi 220/110/10 kVli "Saribozor" podstansiyasiga 124 MVA qo'shimcha quvvat qo'shildi: http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/884

  ◾Qoraqalpog'iston Respublikasidagi 220 kVli "Beruniy" podstansiyasiga 125 MVA qo'shimcha quvvat qo'shildi: http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/885

  ◾Qo'shimcha quvvatlar elektr energiya ta'minotini yaxshilamoqda: http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/898

  http://uza.uz/posts/253461

  https://uza.uz/uz/posts/qoshimcha-quvvatlar-elektr-energiya-taminotini-yaxshilamoqda_253125  

  ◾Elektr energetika tarmog'ida dunyoning ilg'or tajribasini o'rganib, eng samarali, arzon va qulay texnologiyalarni joriy etish — bugungi kun talabi: http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/889

 

  Shuningdek, e'tiboringizga "O'zbekiston MET" AJ mas'ul xodimlari tomonidan tayyorlangan infografik taqdimotni havola etamiz.

  Mazkur infografikali taqdimot "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish va strategik rivojlantirish bosh boshqarmasi (I.Begaliyev, Sh.Kulibayev, Z.Jo'rayev, E.Saidov), Kapital qurilish, smeta va loyihalarni ekspertiza qilish boshqarmasi (Sh.Ziyoyev), Investitsiyalarni jalb qilish va investitsion loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi (F.Yunusxodjayev) hamda Yig'ma axborot-tahlil boshqarmasi (K.To'xtayev) va boshqa boshqarma va xizmat mutaxassislari ishtirokida tayyorlangan.

  Taqdimotda asosan "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatining 2021-yil ish rejasiga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risidagi ma'lumotlar jamlanib, har bir viloyat kesimidagi istiqboldagi rejalar ijrosi tasvirlangan. Shuningdek, mazkur infografika ma'lumotnomasida Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida aynan qaysi yuqori kuchlanishli podstansiyalar hamda elektr uzatish tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalar evaziga viloyatning qaysi tuman iste'molchilari elektr ta'minoti ishonchliligi oshirilishi ko'rsatib o'tilgan. Bundan tashqari, infografikada magistral elektr tarmoqlari filiallari tasarrufida nechta yuqori kuchlanishli podstantsiya hamda 110, 220 va 500 kVli tarmoqlar mavjudligi, ularning o'sish dinamikasi yillar kesimida alohida ko'rsatib o'tilgan.

  Ahamiyatli jihati shundaki, kelgusida "Energo–IT" filialida tashkil etilayotgan "Infografika" studiyasi orqali shu va shu kabi ma'lumotlar videorolik sifatida tayyorlanib, jamoatchilik hamda yuqori turuvchi tashkilotlar e'tiboriga taqdim etib boriladi.

  Xulosa qilib aytganda, "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati o'z faoliyatining ochiqlik va shaffoflik siyosatini nafaqat amalga oshirayotgan ishlari xususidagi hisobotlar shaklida, balki sohada mavjud muammo va echimlar xususida jamoatchilikka zarur bo'lgan tushuncha va tavsiyalarni berib borish orqali ham olib bormoqda.

U.P.Urunov, axborot xizmati rahbari


E'tiboringizga "O'zbekiston magistral elektr tarmoqlarida 2021 yilda amalga oshiriladigan ishlar to'g'risida ma'lumotnoma" nomli taqdimot slaydlarini taqdim etamiz:

 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

  ‖ Veb-sahifa http://uzbekistonmet.uz/

  ‖ Facebook https://www.facebook.com/

  ‖ Instagram https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz

  ‖ Twitter https://twitter.com/uzbekistonmet

 

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo'lish uchun t.me/uzmetaxborotxizmati

>