Yangiliklar
JIZZAX VILOYATIDAGI 220/110/10 KVLI "SARIBOZOR" PODSTANSIYASIGA 124 MVA QO'SHIMCHA QUVVAT QO'SHILDI
  • 26.03.2021
  • 708

  Yodingizda bo'lsa, O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining matbuot xizmati Jizzax viloyatining qator tumanlarida iste'molchilarini elektr energiyasi bilan barqaror ta'minlashga qaratilgan ishlar amalga oshirilayotgan haqida xabar bergan edi.

 

  Jizzax viloyatining Zomin, Zarbdor, Yangiobod va Sharof Rashidov tumanlarida elektr energiyasi ta'minoti yaxshilanmoqda: http://minenergy.uz/uz/news/view/1153

  Unda Jizzax viloyatida "Zomin sement", "Zomin tekstil", va "Jizzax konteks" MChJlari, "Zomin farm", Temir-beton maxsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi, Zarbdor tumani hududida 2 ta tekstil korxonasi, issiqxonalar, yangi tashkil etilayotgan fermerlarning tik quduqlari, Yangiobod tumani hududida yangi tashkil etilayotgan fermerlarning tik quduqlari, Sharof Rashidov tumani hududida "Jizzax EIZ" filiali, kabi yangi ishlab chiqarish korxonalari tashkil etilayotgani alohida qayd etilgan edi.

http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/798

 

  O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi yig'ilish bayonnomasining tegishli bandlarida belgilab berilgan topshiriqlarga asosan Jizzax viloyati Zafarobod tumani hududida barpo etilayotgan yirik quvvatga ega bo'lgan elektr energiya iste'molchilarini tashqi elektr ta'minoti bilan ta'minlash maqsadida 220/110/10 kVli "Saribozor" podstansiyasida mavjud 63 MVAli AT-1 hamda AT-2 transformatorlar 125 MVA quvvatga ega avtotransformatorlarga almashtirildi.

  Natijada yuqori kuchlanishli podstansiya ish faolyatiga 124 MVA qo'shimcha quvvat qo'shildi. Ayni paytda uning o'tkazuvchanlik quvvati qariyb ikki barobarga ortib, 250 MVA ega bo'ldi. O'rnatilgan avtotransformatorlar joriy yilning mart oyida kuchlanish ostiga qo'yilib, sinov muddati tugaganidan so'ng to'liq ishga tushirildi.

 

  Shu bilan birga, 220/110/10 kVli "Saribozor" podstantsiyasida 2 dona 110 kVli tarmoq yacheykalari o'rnatish ishlari yakunlandi va foydalanishga tayyor holatga keltirildi.

  Yuqorida sanab o'tilgan qo'shimcha quvatlar evaziga Jizzax viloyatining Baxmal va G'allaorol tumanidagi barcha elektr energiya iste'molchilari hamda Zafarabod va Forish tumanida joylashgan ayrim yirik ishlab chiqarish korxonalarini sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlashning ishonchliligi birmuncha oshishiga erishildi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, podstantsiyada olib borilgan modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarining umumiy qiymati 11,0 mlrd.so'mni tashkil etadi.

 

  Amalga oshirilayotgan ishlar respublikamiz iste'molchilarining elektr energiyasiga yildan-yilga ortib borayotgan ehtiyojini qondirish uchun xizmat qiladi.

  G'ayrat Ahmedov, "O'zbekiston MET" AJ "Jizzax magistral elektr tarmoqlari" filiali direktori

  Qo`shimcha ma'lumot:   https://jizzax.uz/ 

                                                https://sangzor.uz/


"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo'lish uchun   t.me/uzmetaxborotxizmati

>