Hurmatli Ravshanbek Arifovich, qutlug‘ 70 yoshingiz muborak bo‘lsin! Siz energetika tizimida ko‘p yillardan beri salmoqli mehnat qilib kelmoqdasiz.
Energetika sohasida ham qariyb bir asrdirki ustoz-shogird an'analari davom etib keladi, sohadagi faxriy xodimlar doim e'zoz va e'tiborda.
«Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan jamiyat tarkibidagi filiallarda ishlab nafaqaga chiqqan hamda ishlayotgan urush faxriylariga, ishlayotgan ularga tenglashtirilgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini 0,71 barobariga teng miqdorida bir yo‘la moddiy yordam beriladi.