7.6. «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan jamiyat tarkibidagi filiallarda ishlab nafaqaga chiqqan hamda ishlayotgan urush faxriylariga, ishlayotgan ularga tenglashtirilgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini 0,71 barobariga teng miqdorida bir yo‘la moddiy yordam beriladi.
12.6. Quyidagi maqsadlar uchun birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi hisobiga har oyda Jamiyatning mehnatga haq to‘lash fondining kamida 1% miqdorida mablag‘lar o‘tkazilishini ta'minlash:
• mehnat faxriylari, jamiyat xodimlari va ularning oila a'zolarini (ota-onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandlari) sog‘ligini tiklashga sanatoriya-kurort yo‘llanmalari bilan ta'minlash uchun;
14.10. Kam ta'minlangan va ko‘p bolali oilalar a'zolari, Chernobil AESdagi falokatni bartaraf etish ishtirokchilari, baynalminalchi jangchilar, ishlayotgan mehnat faxriylari va nogironlarni hamda O‘zbekiston Respublikasi oldida xizmatlari bor shaxslarning ma'lum miqdorini har yili kasaba uyushmalari sanatoriyalarida korxona hisobidan bepul sog‘lomlashtirilishini jamoa shartnomalarida ko‘zda tutish.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi