2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Elektr tarmoqlariga ulanish uchun «Milliy elektr tarmoqlari» AJga murojaat qilishimizni maʼlum qilingan...»

Murojaat mazmuni: Ohangaron shahar Sanoat hududida joylashgan «MEGA STEEL TRADE PRO» MCHJ QK korxonasi 20 000 kVt quvvat bilan taʼminlash uchun “HET” AJ Toshkent hududiy filialiga murojaat qilgan va hududiy filial tomonidan texnik shart olish hamda elektr tarmoqlariga ulanish uchun «Milliy elektr tarmoqlari» AJga murojaat qilishimizni maʼlum qilingan.

  • 22.07.2025
  • 48
Murojaatchi: «Oddiy oq varoqqa qayta ulanish uchun 3.750.000 ming so‘m to‘lashimni aytib, dadamga oddiy qog‘ozchaga yozilgan hisob raqamni tashlab ketibdi…»

Murojaat mazmuni: SHIKOYAT Farg‘ona tumani «Shohimardonobod» MFYda “Mahkam Fayz Niholi” fermer xo‘jaligiga dadam Ergashev Ma’rifjon rahbarlik qilib kelmoqda. Fermer xo‘jalik yer maydoni 6 gektarni tashkil etadi. Bog‘dorchilikga ixtisoslashtirilgan. Yer maydoniga tutash hududda tik suv qudug‘i (nasos) bor. Tik suv qudug‘i mening — Dilmurod Maxkamov nomida.

  • 25.06.2025
  • 46
Murojaatchi: «Mening hisobim bo‘yicha qarzim 423 000 so‘m, lekin elektr energiya xodimlari qarzim 2,0 mln so‘mdan oshiqligini aytishyapti. Shuni kim to‘g‘ri hisoblab bera oladi?»

Murojaat mazmuni: Assalom aleykum! 3 ta omborxonam bor, har biriga 2024-yil 4-yanvar sanasida elektr hisoblagich (schyotchik) o‘rnatilgan va hozirgi ko‘rsatkichi 1 — 4560 kV, 2 — 1380 kV,3 — 260 kV ko‘rsatmoqda (03.06.2025 sana holatiga). Bizda bir kilovatt uchun 1070 so‘mdan to‘langanda, hamma ko‘rsatgichlar qo‘shilganda: 6200 kV × 1070 = 6 634 000 so‘m bo‘ladi. Men 2024-yil dekabrgacha 4 810 000 so‘m to‘laganman va 2025-yil 3-iyungacha 1 400 000 so‘m to‘laganman. Mening hisobim bo‘yicha qarzim 423 000 so‘m, lekin elektr energiya xodimlari qarzim 2,0 mln so‘mdan oshiqligini aytishyapti. Shuni kim to‘g‘ri hisoblab bera oladi?

  • 10.06.2025
  • 79
Murojaatchi: «Bizga 220/110/10 kV kuchlanishli «Suvli» podstansiyasi SSH-3 dan zaxira quvvati uchun texnik shart olish uchun amaliy yordam berishingizni suraymiz...»

Murojaat mazmuni: “Alisher Poliz ekinlari fermer xo‘jaligi maʼmuriyati shuni yozib maʼlum kiladiki, bizga 220/110/10 kV kuchlanishli “Suvli” podstansiyasi SSH-3 dan zaxira quvvati uchun texnik shart olish uchun amaliy yordam berishingizni so‘raymiz.”

  • 14.05.2025
  • 61
Murojaatchi: «Sizlardan iltimos qilaman, hisoblagichga hisob raqami kerak! Hammasi bir-biriga tashayapti, unga bor, bunga deb...»

Murojaat mazmuni: Assalom aleykum! Sizlardan iltimos qilaman, yordamingiz kerak! Hisoblagich (schetchik raqami 023198006355), shu raqam bo‘yicha hisob raqami (litsevoy schyot) kerak bo‘layapti.

  • 22.04.2025
  • 109
Murojaatchi: «Hozirda 2-kursman. METga ishga kirish niyatim bor. Oliy taʼlimni endi bitirib borgan kadrlar qanday qilib 3 yil staj to‘playdi?»

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum. Men elektr energetika yo‘nalishida tahsil olaman. Hozirda 2-kursman. METga (magistral elektr tarmoqlariga) ishga kirish niyatim bor. Menda nimam bo‘lsa (masalan, til sertifikati) MET meni ishga darhol olib qoladi? Oliy taʼlimni endi bitirib borgan kadrlar qanday qilib 3 yil staj to‘playdi?

  • 24.03.2025
  • 141
Murojaatchi: «Hozirda yog‘och stolba 45 gradusga og‘ib qolgan va shamol bo‘lgan vaqtda ag‘darilib ketishi 90% aniq, mahalladagi barcha uylarda yong‘in chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin...»

Murojaat mazmuni: Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani elektr tarmoqlariga murojaatim shundan iboratki, Qo‘shtepa tumani Kattaboltako‘l qishlog‘i, Yoshlik ko‘chasi 234-uy yonidagi mahallada yog‘och stolbalarni beton stolbaga almashtirish bo‘yicha 2 yildan buyon murojaat yo‘llab kelaman.

  • 24.03.2025
  • 127
Murojaatchi: «Vaholanki, masʼuliyati cheklangan jamiyatimiz 2024-yil dekabr oyida o‘z faoliyatini to‘liq yuritmagan, bu esa bizda elektr hisoblagich hisoblagan aktiv/reaktiv maʼlumotlari to‘g‘ri hisoblaganligiga shubha uyg‘otdi...»

Murojaat mazmuni: «Next construction» masʼuliyati cheklangan jamiyati, Sizga ushbu orkali shuni maʼlum kiladiki, Jamiyatimizning 344483-sonli elektr energiyasi tashkiloti bilan tuzilgan shartnomasi mavjud.

  • 11.03.2025
  • 194
Murojaatchi: «MG1733208024/135-unikal raqamli yer uchastkasi Jayxun havo liniyasining muhofaza zonasiga kirmaydi. Bu murojaatim tuman prokuraturasi tomonidan to‘liq o‘rganilmadi...»

Murojaat mazmuni: Xorazm viloyati, Gurlan tumanida auksionga chiqarilishi kerak bo‘lgan bo‘sh yer uchaskalarini tuman mutasaddi tashkilotlar tomonidan asossiz ravishda rad qilish holatlari kuzatilmoqda.

  • 07.02.2025
  • 216
Murojaatchi: «3-4 yildan buyon elektr tarmoqlarida yetishmovchilik kuzatilmoqda, 135V. Bizlarga transformator qo‘yib berishlaringizni so‘raymiz»

Murojaat mazmuni: Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani, Xo‘jaqishloq mahallasining chekka hududida 30 xo‘jalik yashaymiz.

  • 14.01.2025
  • 210
Murojaatchi: «Elektr hisoblagich kimning hisobidan qo‘yiladi? Kim tomonidan tarmoqqa ulanadi va kimning hisobidan? Yana nimalarga xarajat qilinadi?»

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Tarmoqqa yangi ulanishim kerak. Shu vaqtgacha ulanmagan uy. Shunga tarmoqga ulanish uchun sarflanadigan mablag‘lar to‘g‘risida maʼlumot olmoqchiman.

  • 10.01.2025
  • 454