2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Kelib tushgan murojaatlar
Navbatchi elektr montyorlar belgilangan shtat birligiga muvofiq mehnat faoliyati yuritmoqdalar
  • 13.12.2025
  • 130

Murojaat egasi: Jamoaviy murojaat

Murojaat mazmuni: “Assalomu alaykum soyalar xabari adminlari. Biz Andijon Milliy Elektr Tarmoqlari xodimlari nomidan yozyapmiz. 2025-yil 1-iyun oyida Xududiy elektr tarmoqdan, Milliy elektr Tarmoqlariga o‘tdik, shundan buyon to‘rt kishilik navbatchilarni uch kishi qilib qo‘ydi, kuzda to‘rt kishi bo‘lasilar deb vada bergandi, mana qish keldi jim, kamiga ish xaqlarimiz tushub ketdi, ish soat ko‘p, talab ko‘p, bir so‘m bermaydi, faqat qilasan deydi, bo‘lmasa ishdan xaydayman deb qo‘rqitadi, biz xodimlarni xam tarafimizni oladigan tashkilot bormi, biz yonimizdan sarflasak bola chaqaga nima qilib beramiz, iltimos sizlardan chora ko‘rib beringlar, uch kishilik navbatchilarni to‘rt kishi qilib bersa yaxshi bo‘lardi.

Murojaatga javob: “Soyalar” nomli telegram mesenjeri kanalida "Andijon magistral elektr tarmoqlari" filiali elektr montyorlari nomidan yozilgan jamoaviy murojaatga izoh. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2024-yil 17-dekabrdagi “Uzatish va taqsimlash tizimlarini rivojlantirish va tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ-844-son qaroriga asosan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidan Andijon viloyatdagi 142 ta 35-110 kV kuchlanishdagi “Podstansiya va elektr tarmoqlari”ni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ "Andijon magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufiga o‘tkazilgan.

142 ta podstansiyalardan 86 tasidagi 120 nafar navbatchi va xizmat ko‘rsatuvchi elektr montyorlari ham o‘z ish joylari bilan ishga qabul qilingan.

Shundan 14 dona 110 kV kuchlanishli podstansiyada 4 nafar navbatchilar va 72 tasida 1 nafardan xizmat ko‘rsatuvchi elektr montyorlari ishlab kelgan.

Taqsimlovchi elektr tarmoqlariga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida 14 ta podstansiyada navbatchi xodimlari vaqtinchalik navbatchi xodimlari bo‘lmagan 14 ta podstaniyalarga biriktirilgan.

2025-yil noyabr oyida 20 nafar qo‘shimcha navbatchi elektr montyori shtati berilgan bo‘lib, ushbu shtatlarga xodimlar ishga qabul qilingan. Yangi ishga qabul qilingan xodimlarni navbatchilikka tayyorlash (o‘qitish, avariya va yong‘inga qarshi amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, dublyorlikda turish) ishlari olib borilmoqda. 

Ushbu yangi qabul qilingan xodimlar imtihonlardan muvaffaqqiyatli topshirib, elektr kurilmalarida ishlashga ruxsat olganidan so‘ng navbatchilikka qo‘yiladi.

 “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali 

http://t.me/AndijonMET_Axborot

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati