Mehnat faxriylari
MUHANDIS-ENERGETIK YERJAN TURGANALIYEVICHNI TABRIKLAYMIZ!
  • 04.03.2021
  • 845

  Energetika sohasida ham boshqa soha va tarmoqlardagi kabi ustoz-shogird an'analari bor... Bu haqda Jamiyatimizning uzbekistonmet.uz veb-saytidagi «Mehnat faxriylari» ruknida maqola va ma'lumotlar berib boramiz.

  Misol uchun,

  XALQIMIZDA BIR DONO NAQL BOR: USTOZ OTANGDAY ULUG‘...

  http://uzbekistonmet.uz/oz/

  MUHANDIS-ENERGETIK RAVSHANBEK ARIFOVICH HASANOV 70 YOSHDA!

  http://uzbekistonmet.uz/oz/

  Energetika sohasida chorak asrdan ortiq faoliyat yuritgan, faoliyati davomida juda ko‘p shogirdlar tayyorlagan, bugungi kunda ham shogirdlari qatori ishlab, yurtimiz ravnaqi, sohaning rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan energetiklarga “ustoz” maqomini berish an'ana. Bunday ustozlarning juda ko‘pchiligi hozirda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida ham faoliyat yuritmoqda. «Mehnat faxriylari» ruknining bugungi qahramoni esa ana shunday ustoz energetiklardan biri — muhandis Yerjan Turganaliyevich Mashenovdir.

  Yerjan Turganaliyevich ayni paytda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filialining Nimstansiyalar xizmati boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda. 1971-yilda Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumanida tavallud topgan. 1993-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutida tahsil olgan. Mutaxassisligi bo‘yicha — muhandis-elektrik.

  Y.T.Mashenov mehnat faoliyatini 1988-yilda maishiy xizmat bo‘limi elektrigi vazifasidan boshlagan. 1993-yildan Suv xo‘jaligi davlat qo‘mitasi nasos stansiyalari energetika va aloqa boshqarmasi 4-darajali elektr montyori, 1994-yildan Toshkent ta'mirlash tajriba mexanika zavodida xavfsizlik texnikasi muhandisi, so‘ng «Toshkent elektr tarmoqlari» nimstansiyalar xizmati, «Toshkent» podstansiyasi elektr chilangari, keyin «Qo‘yliq» nimstansiyasi elektr montyori, ustasi, so‘ngra boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

  2004-yilda “O‘zbekenergo” AJ “O‘zelektrtarmoq” UK Markaziy magistral elektr tarmoqlarida bosh muhandis o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi, Nimstansiyalar xizmati boshlig‘i, 2019-yilga kelib “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi yetakchi mutaxassisi sifatida mehnat faoliyati yuritgan.

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori A.Boymuxamedov:

  – Yerjan Mashenovni 1989-yildan beri bilaman. Institutni birga tugatib, birga “Toshkent elektr tarmoqlari” korxonasiga ishga kirganmiz. Ishni 3-darajali elektr chilangarlikdan boshlaganmiz. Shu kungacha birga ishlab kelmoqdamiz. Avvalambor, Yerjan juda yaxshi inson, oilaparvar, o‘z ishini mutaxassisi. Juda ko‘p shogirdlar tayyorlagan. O‘z soxasini ustasi. Butun jamoa nomidan yubiley sanasi bilan chin yurakdan tabriklayman. Sog‘lik-salomatlik, oilaviy baxt va farzanlaringiz kamolini ko‘rishingizni tilab qolaman.

 

«O‘zbekiston milliy elekr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>