Yangiliklar
2019-yil sarhisobi: «Ma'nan va jismonan eskirgan elektr uskunalari yuqori quvvatli yangi uskunalarga almashtirilmoqda»
  • 03.02.2020
  • 1396

     «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati markaziy apparati tarkibidagi Podstansiyalardan foydalanish boshqarmasining asosiy vazifalari Jamiyat tasarrufidagi 35-500 kV kuchlanishli podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, elektr uskunalari va bino-inshootlarda joriy va mukammal ta'mirlash ishlari bajarilishini tashkillashtirish va nazoratini olib borish, texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va nazorat qilish, podstansiyalarda ekspluatatsiya qilinayotgan elektr uskunalarini rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlash, podstansiyalarning estetik holatini talab darajasida saqlash, ishonchliligini oshirish va barqaror ishlashini ta'minlash bo‘yicha amaliy ishlarni olib borishdan iborat.

     Shu bilan birga, boshqarma mutaxassislari ishtirokida aholi va sanoat tarmoqlarining elektr energiyasiga talablarini qondirish, mustahkam va ishonchli elektr energiyasi yetkazib berish, podstansiya elektr uskunalari va bino-inshootlarida mukammal ta'mir, joriy ta'mir, texnik xizmatlar, shuningdek investitsiya dasturlariga asosan yangi qurilish ishlari bajarib kelinmoqda.

Podstansiyalarning estetik holatini talab darajasida saqlanishiga katta e'tibor berilmoqda

      Podstansiyalarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan 2019-yilda umumiy quvvati 719 MVA bo‘lgan 6 dona kuch transformatorlari, 89 dona 110-500 kVli o‘chirgichlar, 14 dona havo kompressorlari mukammal ta'mirlandi. Shu bilan bir qatorda 188 dona kuch transformatorlari, 122 dona o‘chirgichlar, 47 dona havo kompressorlari joriy ta'mirlandi.

Avtotransformatorning oldingi va keyingi holati

      Bundan tashqari, boshqarma va hududiy filiallar tomonidan 2019-yilda amalga oshirilgan quyidagi amaliyotlarni sanab o‘tishimiz mumkin:

     - Barcha podstansiyalarda obodonlashtirish, estetik holatini yanada yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirildi;

     - Xodimlar bilim va malakasini oshirish, texnik o‘quv seminarlar o‘tkazish maqsadida «Toshkent MET» filialiga qarashli 220/110/10 kVli «Keles» podstansiyasida «Texnik o‘quv xonasi» va «Texnik kutubxona» tashkil qilindi. Hozirda muntazam ravishda xodimlar bilim va malakasi oshirib borilmoqda;

     - Respublikamizda ijtimoiy sohaning jadal sur'atlarda o‘sib borishi, aholi sonining ortishi sababli elektr energiyasiga bo‘lgan talabning ortib borishini hisobga olgan holda mavjud quvvatlarni oshirish bo‘yicha takliflar kiritildi;

     - Podstansiyalarda texnik audit ishlari olib borilib, ma'nan va jismonan eskirgan elektr uskunalar aniqlanib, ularni almashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Podstansiyalarda elektr uskunalarida joriy va mukammal ta'mirlash ishlari muntazam ravishda olib boriladi

     Podstansiya elektr uskunalarida olib borilayotgan joriy va mukammal ta'mirlash ishlari, shuningdek investitsiya loyihalariga asosan olib borilayotgan eskirgan uskunalarni yangisiga almashtirish va postansiyalar quvvatini oshirish maqsadida mavjud transformatorlarni katta quvvatlisiga almashtirish orqali energo tizimning mustahkamligi yanada oshirilib, xizmat ko‘rsatish quvvati oshishiga olib keladi.

Kompressor qurilmalari

     Elektr energiyasiga ortib borayotgan talabni to‘liq qondirish maqsadida «Janubi-g‘arbiy magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish» loyihasiga asosan 12 ta podstansiyada eskirgan elektr jihozlari va transformatorlar katta quvvatlisiga almashtirildi.

     Xususan, Qashqadaryo viloyati podstansiyalarida quvvati 125 MVA bo‘lgan 2 dona transformator («Qarshi», «G‘uzor» podstansiyalarida) 200 MVA transformatorlarga almashtirildi yoki umumiy quvvat 150 MVA ga oshirildi.

O'chirgichlar

     Shuningdek, Jizzax viloyatida quvvati 125 MVA bo‘lgan 2 dona transformatorlar 200 MVA transformatorlarga almashtirildi yoki quvvat 150 MVA oshirildi. Andijon viloyatida quvvati 125 MVA bo‘lgan transformator quvvati 200 MVA transformatorga almashtirildi yoki quvvati 75 MVAga, Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida quvvati 63 MVA bo‘lgan transformatorni quvvati 125 MVAga almashtirildi yoki quvvati 62 MVAga oshirildi.

     Bundan tashqari, o‘tgan 2019 yilda modernizatsiya loyihasi doirasida ma'nan va jismonan eskirgan o‘chirgichlar o‘rniga jami 108 dona zamonaviy elegaz o‘chirgichlar o‘rnatildi. Xususan, Buxoro viloyatida jami 28 dona, Navoiy viloyatida 9 dona, Samarqanda viloyatida 11 dona, Qashqadaryo viloyatida 21 dona va Toshkent viloyatida 39 dona o‘chirgichlar almashtirildi.

     Shu bilan bir qatorda, elektr energiya ta'minoti ishonchliligini oshirish maqsadida Xorazm viloyatining «Xorazm» podstansiyasiga qo‘shimcha quvvati 200 MVA bo‘lgan uchinchi transformator o‘rnatildi.

Podstansiyalarning estetik holati ishchi-xodimlarning mehnat faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan omil hisoblanadi

     Amalga oshirilgan ishlar natijasida:

     1. Podstansiyalarning elektr energiyani uzatish quvvati keskin oshirildi va qo‘shimcha ishlab chiqarish korxonalarini tarmoqga ulanishiga imkoniyat yaratildi;

     2. Zamonaviy elegazli o‘chirgichlar o‘rnatilishi evaziga podstansiyalarda favqulotda o‘chishlar oldi olindi;

     3. Jismonan va ma'nan eskirgan, katta energiya yo‘qotishlarga olib keluvchi, ekspluatatsiya xarajatlari ko‘p sarflanadigan uskunalar o‘rniga zamonaviy hamda ishonchli qurilmalar o‘rnatilishida 122 mln. kVt•soat elektr energiyasi tejalishiga erishildi.

Podstansiyalarda ishchilarga yaratilayotgan sharoitlar yildan-yilga yaxshilanib bormoqda

     2020-yilda Toshkent viloyatida quvvati 200 MVA bo‘lgan transformatorni 250 MVA bo‘lgan transformatorga, Andijon viloyatida quvvati 125 MVA bo‘lgan ikkinchi transformatorni quvvati 200 MVA transformatorga, Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida quvvati 63 MVA bo‘lgan bo‘lgan ikkinchi transformatorni quvvati 125 MVA bo‘lgan transformatorga almashtirish ishlari davom ettirilmoqda.

     Buning natijasida Toshkent viloyati Olmaliq shahrida qo‘shimcha 50 MVA, Andijon viloyatida qo‘shimcha 75 MVA, Jizzax viloyatida qo‘shimcha 62 MVA quvvat o‘tkazish imkoni yaratiladi.

     2020 yilda quvvati 881 MVA bo‘lgan 10 ta kuch transformatorlari, 89 ta 110-500 kVli havoli va moyli o‘chirgichlar, 18 ta havo kompressorlari mukammal ta'mirlanadi.

Jamiyat tasarrufida jami 77 podstansiya bo'lib, ularning ish faoliyatida raqamli texnologiyalarni joriy etish, yangi, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan raqamli podstansiyalarni qurish bo'yicha birmuncha ishlar olib borilmoqda

     Shu bilan bir qatorda joriy ta'mirlash rejasiga asosan 110-500 kVli elektr uskunalarida 228 dona kuch transformatorlari va avtotransformatorlar, 1370 dona o‘chirgichlar, 41 dona havo kompressorlarida joriy ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi.

        

Shamsiddin Kuliboyev,

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati

Podstansiyalardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 Kanalga a'zo bo‘ling! t.me/uzmetaxborotxizmati

>