Иқтисодиёт ва ижтимоий ривожлантириш бошқармаси ҳисоботи
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida belgilangan O‘zbekiston Respublikasini 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasida iqtisodiyotning mazkur yo‘nalishning naqadar ahamiyatli ekanligi alohida ta’kidlab o‘tilgani barchamizga ma’lum.
Jumladan, ushbu Konsepsiyada makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o‘sish bararorligini ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini, investitsion va eksport salohiyatini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va himoya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mehnat bozorida keskinlik darajasini pasaytirish, aholi daromadlari o‘sishi va kam ta’minlanganlikni qisqartirish nazarda tutiladi.
Ижтимоий-иқтисодий соҳанинг барқарор ривожланиши ишчи-ходимларнинг турмуш даражасини оширишга хизмат қилади
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi tarkibidagi Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish boshqarmasi ham 2019-yilda iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning hozirgi holatidan barqaror rivojlanishga o‘tishning maqsadlari va ustuvorliklarini belgilash hamda Jamiyatimiz ishchi-xodimlarining turmush darajasini oshirishga qaratilgan bir qancha ishlarni amalga oshirdi. Masalan:
- «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ filiallari bo‘yicha 2019-yilda mukammal va joriy ta’mirlash uchun, jami 18,1 mlrd. so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, 2019-yilning yanvar–noyabr oylari bo‘yicha olingan ma’lumotlariga asosan, amalda 14,6 mlrd. so‘mga bajarilgan. Bu esa 11 oylik rejaga nisbatan 88,1% ni, yillik rejaga nisbatan esa 80,7% ni tashkil etmoqda.
- 2019-yilda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJda ishlab chiqarish xarajatlarni qisqartirish va mahsulot tannarxini pasaytirish bo‘yicha prognoz rejasi 2,5 mlrd. so‘m miqdorida belgilangan bo‘lib, amalda 6,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi yoki 240,0 %ni tashkil etdi.
- 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi «Sanoat sohasida ishlab chiqarish sarf-xarajatlarini qisqartirish, shuningdek jismonan eskirgan va foydalanish muddatini o‘tab bo‘lgan asbob-uskunalarni yangilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ–2692-sonli qaroriga asosan, jamiyat bo‘yicha 10,1 mlrd. so‘mlik ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mahsulot tannarxini pasaytirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
- 2019-yil yakunida tizim korxonalari bo‘yicha jami 30 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan bo‘lib, amalda 45 ta ish o‘rinlari yaratildi, ya’ni reja 150,0 foizga bajarildi.
- 2020-yilda jami bo‘lib 80 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi prognozlashtirilmoqda.
- 2019-yilda energetika tizimida ishlovchi xodimlar va ularning oila a’zolaridan 76 000 nafariga «O‘zbekiston MET» AJga qarashli «Tibbiy-sanitariya qismi»da tibbiy muolaja va sog‘lomlashtirish xizmatlari ko‘rsatildi hamda mavjud sihatgohlarda dam olib, salomatliklarini tiklab olishga zarur shart-sharoitlar yaratib berildi.
2019 йилда Жамият ходимлар ва уларнинг оила аъзоларидан 76 000 нафарига тиббий муолажа ва соғломлаштириш хизматлари кўрсатилди
Farrux Muxamedov,
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati
Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
Kanalga a’zo bo‘ling! t.me/uzmetaxborotxizmati