Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning tashabbuslari bilan energetika sohasini isloh qilish maqsadida «O‘zbekenergo» AJ qayta tashkil etildi. Buning natijasida boshqa turdosh tashkilotlar qatorida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ, uning negizida esa «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali tashkil topdi.
«Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali
«Farg‘ona MET» filiali o‘tgan 2019-yil davomida o‘zining elektr xo‘jalik ob'ektlari, ya'ni 500 kV li «O‘zbekiston», 220 kVli «O‘zgarish», «Farg‘ona», «Pavulgon», «Sokin» hamda 110 kVli «2A» podstansiyalari, shu bilan birga, uzunligi 585,762 kilometr bo‘lgan 110-500 kVli elektr uzatish liniyalariga xizmat ko‘rsatgan holda keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirildi.
Jumladan, 2019-yil mobaynida filial tarmoqlari orqali jami bo‘lib 8,3 mln kVt•soat elektr energiyasi transportirovka qilindi. Elektr energiyasini uzatish jarayonidagi texnologik sarfi 0,15 mln kVt•soatni tashkil qildi. Bu bilan texnologik sarf rejasiga nisbatan 55% yoki 0,9 mln kVt•soat elektr energiyasini iqtisod qilishga erishildi degani.
Shu alohida ta'kidlash joizki, elektr qurilmalarini belgilangan muddat ichida sifatli ekspluatatsiya qilish oldimizdagi muhim vazifalarimizdan biri hisoblanadi. 2019-yil mobaynida 110-500 kV havo tarmoqlarining 114,43 km qismida mukammal ta'mir ishlari bajarildi, bu tasdiqlangan rejaga nisbatan 100% ni tashkil etadi. Shu bilan birga, 80 kilometr uzunlikdagi elektr tarmoqlarning joriy ta'mir ishlari bajarildi. 24 dona metall tayanchlarga yemirilishga (korroziyaga) qarshi bo‘yoq tortildi.
Bo‘yoq tortilgan metall tayanch ustunlar elektr uskuna-jihozlarini ekspluatatsiya qilish muddatini uzaytirish bilan birga obodonchilik ishlarida o‘zgacha estetik zavq bag‘ishlovchi ko‘rsatkich ham hisoblanadi
Shuningdek, 220 va 110 kVli o‘chirgichlardan 15 donasi mukammal ta'mirlangan bo‘lib, bu belgilangan rejaga nisbatan 115% ni tashkil etadi. 148 dona o‘chirgichlarda esa joriy ta'mir ishlari bajarildi. Bundan tashqari, 15 dona transformatorlar hamda 10 dona kompressorlarda joriy ta'mirlash ishlari rejaga muvofiq to‘liq amalga oshirildi.
Filialda joriy ta'mir ishlari bajarildi
Bino va inshootlarni estetik holatini yaxshilash maqsadida ta'mirlash ishlari olib borildi. Xodimlarga qulay mehnat sharoitlarini yaratish maqsadida Farg‘ona PSga filial hisobidan chiroyli, zamonaviy qorovulxona qurib bitkazildi.
Xodimlarga qulay mehnat sharoitlarini yaratildi
«Magistral tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish» investitsion loyihasi doirasida energotizimni tashkil qiluvchi 220 kVli «Fargona», «Sokin» hamda «O‘zgarish» podstansiyalariga 3 dona quvvati 200 MVA va 2 dona quvvati 250 MVA ega bo‘lgan avtotransformatorlar hamda mikroprotsessorli rele himoyasi shkaflari «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati mablag‘lari hisobidan xarid qilinib, filialga yetkazib kelindi. Ularni o‘rnatish bo‘yicha topshirilgan vazifalar bajarilmoqda.
Modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-sentabrdagi 269-sonli qaroriga asosan elektrlashtirilgan «Angren-Pop» temir yo‘lining tashqi elektrlashtirish ob'ektlaridan «Pop–Qo‘qon–Andijon» loyihasiga asosan «Qo‘qon» TPSni tashqi elektr ta'minoti uchun 220 kVli 6,1 km (kirish-chiqish) elektr uzatish tarmog‘ini qurilish ishlari olib borildi. 13 dona metall tayanchlari o‘rnatildi hamda 5,4 km uzunlikda sim tortildi va GZT o‘rnatildi.
«Farg‘ona MET» filialining tasarrufidagi elektr qurilmalariga sifatli xizmat ko‘rsatish, xodimlarni o‘z ishiga mas'uliyat bilan yondashib filial oldiga qo‘yilgan maqsadlar sari birdamlik bilan amalga oshirilgan ishlar natijasida 2019-yil davomida barcha elektr xo‘jaligi ob'ektlarini barqaror ishlashi, avariyali uchishlarni sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmagan holda Farg‘ona vodiysidagi elektr energiyasi iste'molchilarini sifatli elektr energiyasi yetkazib berilishida o‘z hissasini qo‘shdi.
Ekspluatatsiya ishlari va boshqa turdagi ishlarni amalga oshirishda avtotransport vositalari va mexanizmlarning munosib xizmati ham beqiyosdir. Avtotransport vositalari va mexanizmlarni doimo soz va ishga shay holatda bo‘lishini ta'minlash maqsadida 12 dona avtotransport vositalari mukammal ta'mirdan chiqarildi. Avtopark tarkibini yangilash maqsadida 2019-yil davomida 1 dona «KamAZ» rusumli yuk avtomashinasi xarid qilindi.
«KamAZ» rusumli yuk avtomashinasi xarid qilindi
2019-yilda neft mahsulotlarini iqtisod qilish rejasi hamda mahsulot tannarxini kamaytirish bo‘yicha tuzilgan chora-tadbirlarga asosan 8 ta avtotransport vositalari tabiiy gaz yoqilg‘isiga qayta jihozlandi.
To‘g‘ri, filial faoliyatida ham o‘ziga yarasha xato va kamchiliklar mavjud. Ijro intizomi, matbuot hamda jamoatchilik bilan ishlash masalalarida, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, yosh kadrlar malakasini oshirishga doir ishlar hali qoniqarli ko‘rsatkichlarga ega emas. Biroq bu kamchiliklar jamoa tomonidan bartaraf etilmoqda.
Xodimlarning bilim-saviyalari va mahoratlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan «Kasb mahorati» ko‘rik tanlovi podstansiya va havo tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ishtirokida o‘tkazildi. Tanlov davomida umumiy xizmat turiga oid fikr-mulohazalar muhokama etildi. Tanlov yakunida hakamlari hay'ati tomonidan g‘olib deb topilgan jamoa va xodimlarga qimmatbaho sovg‘alari taqdim etildi.
Podstansiya va havo tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ishtirokida ko‘rik tanlovlar o‘tkazildi
Bundan tashqari, filial jamoasi 2019-yil 10-iyun–10-iyul kunlari «O‘zbekiston MET» AJ miqyosida o‘tkazilgan «xavfsizlik texnikasi ko‘rigi»da munosib ishtirok etishdi. Filialda xodimlarga xavfsiz ish sharoitlari yaratilganligi, xodimlar o‘rtasida jarohatlanishning oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilganligi hamda belgilangan vazifalar to‘liq bajarilganligi natijasida ushbu ko‘rik oyligi yakunlariga ko‘ra «Farg‘ona MET» filiali jamoasi «O‘zbekiston MET» AJ tomonidan «eng namunali jamoa» deb topilib, faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
«Farg‘ona MET» filialida mehnat qilayotgan xodimlarning 22 nafari va ularning oila a'zolari Jamiyat tarkibidagi sog‘lomlashtirish va dam olish maskanlariga yuborildi. Shuningdek, 25 nafar xodimning Samarqand va Buxoro shaharlariga ichki turizm sayohatiga yuborish tashkil etildi.
Xizmatga oid fikr-mulohazalar ish jarayonida muhokama etiladi
Bir so‘z bilan aytganda, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Farg‘ona MET» filiali jamoasi Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimizning turmush farovonligi uchun o‘zining munosib hissasini qo‘shayotganidan mamnun holda xizmat qilib kelmoqda.
G‘ayrat Shermatov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ
«Farg‘ona MET» filiali direktori
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
Kanalga a'zo bo‘ling! t.me/uzmetaxborotxizmati