Yangiliklar
2020-yil SARHISOBI: "Filialimiz ishchi-xodimlari "Yilning eng yaxshi..."5 ta nominatsiyasi bo'yicha e'tirofga sazovor bo'lishdi!"(№5)
  • 13.01.2021
  • 866

   "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi "Farg'ona magistral elektr tarmoqlari" filiali tomonidan 2020-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi

 

   "Farg'ona magistral elektr tarmoqlari" filialining asosiy vazifasi boshqa magistral elektr tarmoqlari kabi — elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalardan qabul qilib, hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga uzatish, shu bilan birga, qo'shni davlatlarning elektr energetikasi tizimlari hamda magistral elektr tarmoqlari bilan o'zaro hamkorlikni amalga oshirish, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalarda mavjud elektr qurilma va jihozlarini joriy hamda mavsumiy ta'mirlash, bundan tashqari, tarmoqda qurilish-montaj va modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarida ishtirok etishdan iborat.

   Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/1499

 

 Filialda o'tgan 2020-yil davomida elektrtarmoq xo'jaligi ob'ektlari, ya'ni 500 kv li "O'zbekiston", 220 kVli "O'zgarish", "Farg'ona", "Pavulg'on", "Sokin" va 110 kVli "2A" podstansiyalari hamda umumiy uzunligi 585,762 kilometrni tashkil etgan 110-500 kVli elektr uzatish liniyalariga texnik xizmat ko'rsatilgan holda keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi.
 
Jumladan: 2020-yil mobaynida filial tarmoqlari orqali 7 310 928 608 kVt•soat elektr energiyasi transportirovka qilindi. Elektr energiyasini uzatish jarayonidagi texnologik sarf 130 597 657 kVt•soatni yoki 1.79 % tashkil qildi.

   Sirasini aytganda, elektr qurilmalarni sifatli ekspluatatsiya qilish oldimizdagi muhim vazifalarimizdan biridir. 2020-yil mobaynida 110-500 kVli elektr uzatish liniyalarining 104,62 kilometr qismida mukammal ta'mir ishlari bajarildi, bu tasdiqlangan rejaga nisbatan 106,7 foizni tashkil etadi. Joriy ta'mir ishlari elektr uzatish liniyalarining 110,4 kilometr qismida bajarilib, belgilangan rejaga nisbatan 115,84 foiz ko'rsatkichiga erishildi.

   Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/1517

 

   "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ mablag'lari hisobiga xarid qilingan zamonaviy LK-70/220 rusumidagi polimerli izolyatorlaridan 160 donasi filial tasaruffidagi 220 kV li elektr uzatish liniyalarida o'rnatilishi hisobiga jismonan va ma'nan eskirgan PF va PS rusumidagi izolyatorlar almashtirildi, bu orqali liniyalarda elektr energiyasini o'tkazishdagi mustahkamligi oshirildi. Shuningdek, 19 dona metall tayanchlar yemirilishga qarshi bo'yoqlandi.

   Shu bilan bir qatorda, 220, 110 va 35 kVli o'chirgichlarning 21 donasi mukammal ta'mirlandi. Bu tasdiqlangan rejaga nisbatan 110,5 foizni tashkil etadi. 149 dona o'chirgichlarda joriy ta'mir ishlari bajarildi.

   Bundan tashkari, mavjud havo kompressorlarining 5 donasi mukammal va 7 donasi joriy ta'mirlandi. 14 dona transformatorlarda joriy ta'mirlash ishlari tasdiqlangan rejaga ko'ra tashkil etilib, amaliyotlar to'liq bajarildi.

   Batafsil:  https://t.me/uzmetaxborotxizmati/2634

 

   Bino va inshootlarning davriy ta'mirlash ishlarini tashkillashtirish hamda estetik holatini yaxshilash maqsadida 220 kVli "O'zgarish" podstansiyasida, aniqrog'i boshqaruv pulti binosining tom qismida profnastil qoplamali tom yopish ishlari bajarildi, binoning tashqi fasad qismi ta'mirlandi. Shuningdek, ZVN-ZRU binosining tom qismi folgoizol qoplamasi bilan qoplandi va bino mukammal ta'mirlandi.

   500 kVli "O'zbekiston" podstansiyasining ma'muriy hamda yordamchi binolarning tashqi fasad qismlarida ta'mirlash ishlari olib borildi.

 

   220 kVli "Pavulg'on" va 110 kVli "2A" podstansiyalarida binolarning tom qismlari joriy ta'mirlandi.

   Xodimlarga qulay mexnat sharoitlarini yaratish maqsadida, 220 kVli "Sokin" va 220 kVli "Pavulg'on" podstansiyalarining nazorat-o'tkazish binosi (punkti) qurib bitkazildi.

   Batafsil:  https://t.me/uzmetaxborotxizmati/3652

 

   Elekr tarmoqlari korxonalarida eksplutatsiya ishlari va boshqa turdagi qurilish-ta'mirlash ishlarni amalga oshirishda avtotransport vositalari hamda mexanizmlarning munosib o'rni bor. Joriy yilda filial tasaruffidagi mavjud 21 dona maxsus avtotransport va mexanizmlarni ta'mirlash maqsadida 83,5 mln. so'mlik ishlar bajarildi, transport vositalari 48 dona avtoshina va 10 dona akkumulyator bilan jihozlandi.

   Shuni alohida ta'kidlash joizki, "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ mablag'lari hisobidan 356.8 mln. so'mlik 1 dona yangi avtoko'targich maxsus avtomashinasi xarid qilindi va avtopark tarkibi yangilandi.

 

   Bir so'z bilan aytganda, yuqorida qayd etilgan ishlar, o'z-o'zidan ma'lumki, filialda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlarning samarali mehnatlari hisobiga amalga oshirilmoqda. Har tomonlama yetuk, bilimli mutaxassislarni tayyorlash, ularni muntazam ravishda malakalarini oshirib borish, filialning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Filialda yosh muhandis-texnik xodimlarni tayyorlash borasida "Ustoz-shogird" an'analari asosida ishlar tashkil etilgan. 2020-yil mobaynida xodimlarning bilim-saviyalarini aniqlash va ularning malakasini oshirish maqsadida 304 nafar xodimlar bilim sinovlaridan o'tkazildi.

   Avariyali holatlarning oldini olish va tezkor bartaraf etish ko'nikmalarini rivojlantirishga yo'naltirilgan amaliy mashg'ulotlar 36 marta o'tkazilganidan ham hikmat borki, mas'uliyatli vazifalarni bajaruvchi xodimlarning bilim-tajribasi tez-tez turli mashg'ulotlarda sinab-takrorlanib turilishi lozim.

   Batafsil:  https://t.me/uzmetaxborotxizmati/3771

 

   Bundan tashqari, ob'ektlarda kelib chiqishi mumkin bo'lgan yong'in holatlarini oldini olish bo'yicha xodimlarning tayyorgarliklarini yanada mustahkamlash maqsadida favqulotda vaziyatlar vazirligining yong'in xavfsizligi boshqarmasi xodimlarni jalb etgan holda yong'inga qarshi 8 marta amaliy mashg'ulotlar o'tkazdik.

   O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabr sanasidagi 3284-sonli "Jahon banki ishtirokida magistral tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish investitsion loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida, "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJning 22 ta podstansiyalarida amalga oshirilayotgan modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari doirasida, "Farg'ona MET" filiali tarkibidagi energotizimni tashkil qiluvchi 220 kV li "Sokin», "O'zgarish" va "Farg'ona" podstansiyalarida ma'nan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarni zamonaviylariga almashtirish ishlari olib borildi.

   Batafsil:  https://t.me/uzmetaxborotxizmati/4619

 

   Jumladan, "Sokin" podstansiyada quvvati 125 MVA bo'lgan avtotransformatorni yangi va energosamarador ko'rsatkichlarga ega bo'lgan, o'tkazgich quvvati 200 MVA bo'lgan avtotransformatorga almashtirish ishlari bajarildi. O'z o'rnida yangi avtotransformator mikroprosessorli rele himoyasi shkaflari bilan ta'minlandi va statsionar avtomatik yong'in o'chirish tizimi bilan jihozlandi.

   Batafsil:  https://t.me/uzmetaxborotxizmati/3792

 

   Shu bilan birga, podstansiyada 128 elementdan iborat yangi akkumulyator batareyalari 2 dona zaryadlovchi qurilmalari bilan birga o'rnatildi. "Sokin" podstansiyada modernizatsiya yo'nalishida yangi xarid qilingan 110 kV kuchlanishli tok transformatorlarini o'rnatish ishlari davom ettirildi.

   "Farg'ona" podstansiyasida jismonan eskirgan eski rusumdagi akkumulyator batareyalari o'rniga yangi, 108 elementdan iborat yangi akkumulyator batareyalari va quvvatlovchi qurilmalar o'rnatildi.

   "O'zgarish" podstansiyasida, o'tkazish quvvati 250 MVA bo'lgan, yangi va energosamarador ko'rsatkichlarga ega 1 dona avtotransformator qo'shimcha ravishda o'rnatildi. Avtotransformator uchun 220 kV, 110 kV va 10 kVli yacheykalar qurildi va zamonaviy elegazli o'chirgichlar, ajratgichlar hamda tok transformatorlari bilan jihozlandi. Shuningdek, yangi avtotransformator mikroprosessorli rele himoyasi shkaflari hamda statsionar avtomatik yong'in o'chirish tizimi bilan ta'minlangan holda ishga qo'yildi.

   Batafsil:  https://t.me/uzmetaxborotxizmati/4015

 

   O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2015-yilning 17-sentabr sanasidagi 269-sonli qaroriga asosan "Elektrlashtirilgan "Pop–Qo'qon–Andijon" temir yo'lining tashqi elektr ta'minoti ob'ektlarini qurish" invest loyihasiga ko'ra, "Qo'qon" tayanch podstansiyasining elektr ta'minoti uchun 220 kVli umumiy uzunligi 6,1 kilometr (kirish, chiqish) bo'lgan elektr uzatish tarmog'ini qurish ishlari olib borildi. 26 dona metall tayanchlar o'rnatildi hamda 6,1 kilometr uzunlikda sim va gzt montaji ishlari olib borildi.

2020-yil davomida filialda madaniyat va ma'rifat ishlari bo'yicha ham bir qator ishlar amalga oshirildi.

   Jumladan: yilning 4-yanvar kuni filial ishchi-xodimlarning farzandlari uchun "Archa bayrami" tadbir o'tkazildi. Bayram tadbirida ertak qahramonlari o'z chiqishlari va sovg'alari bilan bolajonlarga bir olam quvonch takdim etdilar.

   Batafsil:  https://t.me/uzmetaxborotxizmati/4510

 

   Filialda tarkibida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning mehnati o'zgacha qadrli. Ularga bo'lgan hurmat va e'tibor ko'rinishi sifatida har yili bayram tadbirlari o'tkazilib kelinadi. 2020-yilda ham "8-mart — Xotin-qizlar kuni" bayrami munosabati bilan tantanali tadbir o'tkazildi.

   O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 21-oktabr sanasini "O'zbek tili bayrami kuni" deb e'lon qilinishi to'g'risidagi qarori asosida filialda 2020-yilning 21-oktabr kuni "Qadring baland bo'lsin, ona tilim!" shiori ostida filial yosh mutaxassislari o'rtasida bayram tadbiri tashkil etildi. Bayram tadbirida o'tgan davrlarda tilimizni rivojlantirish yo'lidagi olib borilgan izlanishlar, qabul qilingan qarorlar, ona tilimiz rivojiga hissa qo'shgan ulug'ajdodlarimiz haqida davra suhbati o'tkazildi.

   Batafsil:  https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5093

 

   Bundan tashkari, filialda xizmat ko'rsatuvchi xodimlarning huquqiy savodxonligini va huquqiy madaniyatini oshirishga hamda korrupsiyaga qarshi kurashni targ'ib qilishga bag'ishlangan davra suhbatlari, shu bilan birga "8-dekabr — O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni" bayrami munosabati bilan turli tadbirar o'tkazildi.

   2020-yil davomida (pandemiya sharoitida) qishloq xo'jaligi mahsulotlariga bo'lgan talabni oshishini inobatga olgan holda, filial tarkibidagi mavjud bo'sh yer maydonlarda qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish ishlari tashkil etildi. Bu amaliyot, ikkinchi tomondan, podstansiyalardagi yordamchi xo'jaliklarning ekologik va estetik holatiga birmuncha ijobiy o'zgarishlar kiritishga zamin yaratdi. Filial ishchi-xodimlari yetishtirilgan meva va turli poliz mahsulotlari bilan ta'minlandi.

 

    "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJning 2020-yil 1-dekabr sanasidagi 377-sonli buyrug'i asosida "Yilning eng yaxshi..." nominatsiyalarini aniqlash maqsadida o'tkazilgan ko'rik-tanlovda "Farg'ona magistral elektr tarmoqlari" filialining tarkibiy bo'linma va xodimlari alohida e'tirof etildi.

   "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJning 2020-yil 28-dekabrdagi 412-sonli buyrug'i asosida 5 ta nominatsiya bo'yicha, ya'ni "Yilning eng yaxshi podstansiyasi", "Eng yaxshi dispetcherlik xodimi", "Eng yaxshi podstansiya mutaxassisi", "Eng yaxshi rele himoyasi va avtomatika xizmati mutaxassisi", "Eng yaxshi elektr izolyatsiya va yuqori kuchlanishli sinov guruhi mutaxassisi" nominatsiyalari bo'yicha filial xodimlari taqdirlandilar.

   Batafsil:  https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5516

2020-yil davomida erishilgan ijobiy natijalar samoqli bo'lgani qatorida, kamchiliklar ham yo'l qo'yilgan. Xususan, 4 marotaba podstansiya elektr qurilmalarida va 1 marotaba elektr uzatish liniyasida favqulotda o'chish qayd etildi. Favqulotda o'chishga sabab bo'lgan ta'sir omillar tezkor aniqlanib, barcha nosozliklar bartaraf etildi.

   Batafsil:  https://t.me/uzmetaxborotxizmati/4516

   "Farg'ona magistral elektr tarmoqlari" filiali jamoasi 2021-yilda ham belgilangan vazifalarni o'z vaqtida, sifatli bajarilishini ta'minlash maqsadida "2021 yilda bajariladigan ishlar rejasi"ni ishlab chiqdi.

   Batafsil:  https://t.me/uzmetaxborotxizmati/4846

   Filial xodimlarining harakatlari zamirida jamoada sog'lom va betalofat ish muhitini yaratish, elektr energetika tarmog'ining ilg'or jamoasi sifatida shakllanish hamda Prezidentimizning 2017-yil 16-sentabr sanasida tasdiqlagan PQ-3284-sonli "Jahon banki ishtirokida magistral tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish invest loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ijrosini o'z vaqtida ta'minlashga erishish kabi ustivor vazifalarga qaratilgan.

   Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/4937

 

  Farg'onalik energetiklar tunu kun xalqimiz xizmatida!

   G'ayratjon Shermatov, "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati "Farg'ona magistral elektr tarmoqlari" filiali direktori

Qo'shimcha ma'lumotlar:

   ELEKTR TA'MINOTI TIZIMINING BARQAROR FAOLIYATI — TADBIRKORLIKNI QO'LLAB-QUVVATLASH BO'YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLARNING TAYANCHI HISOBLANADI

   http://uzbekistonmet.uz/uz/

   "FARG'ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI JAMOASINING MEHNAT FAOLIYATIGA BIR NAZAR

   http://uzbekistonmet.uz/uz/

   KABEL KANALLARINING BETON QOPQOQLARI — TEMIR-BETON MAHSULOTLARINI TAYYORLASH JARAYONI

   http://uzbekistonmet.uz/uz/

   FARG'ONA VILOYATIDAGI "SOKIN" PODSTANSIYASIDA AVTOTRANSFORMATORNI YUQORI QUVVATLISIGA ALMASHTIRISH AMALIYOTI YAKUNLANDI

   http://uzbekistonmet.uz/uz/


"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo'lish uchun   t.me/uzmetaxborotxizmati

>