Yangiliklar
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4971-sonli qarori ijrosi: "CENERGO" MCHJ taqdimoti, investitsion loyihaning atrof-muhitga ta'siri bo'yicha ommaviy eshituv, "Fidokor" MFY faollari bilan muloqot
  • 25.03.2021
  • 782

Ma'lumki, mamlakatimizda elektr energiyasiga bo'lgan talab-ehtiyoj yildan-yilga, mavsumdan-mavsumga, ta'bir joiz bo'lsa, kundan-kunga ortib bormoqda. Bu ehtiyoj aholi sonining ko'payishi, xalqimiz turmush tarzining yuksalishi, yurtimizda ishlab chiqarish, xususan o'rta va kichik biznes rivoji bilan bir qatorda yirik sanoat korxonalarining soni ko'payib borayotgani bilan asoslanadi.

 

"DOIMIY MAVSUM»

Kuni kecha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida o'tkazilgan "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari doirasida videoselektor yig'ilishda so'z olgan Energetika vaziri Alisher Sultonov "Energetika sohasida o'zimiz uchun kuz-qish mavsumini unutdik. Bizlarda endi doimiy mavsum" deya energoresurslarga nisbatan ortib borayotgan talab darajasini shu so'zlar ifodasida izohladi.

Shuningdek, mazkur videoselektor yig'ilishida qay etilganidek, joriy yilda "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari doirasida 508 kilometr gaz tarmoqlari va 1677 ta gaz taqsimlash punktlari ta'mirlanadi. Bundan tashqari, 60 foiz mahallalarda elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash maqsadida 15 ming kilometr elektr uzatish tarmoqlari va 4 mingdan ortiq transformator yangilanadi.

Batafsil:  https://t.me/uzmetaxborotxizmati/6361

Bu haqda batafsil: Qishloq va mahallalarni obod qilish bo'yicha ishlar belgilab olindi

http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/870

O'zbekiston energetika sohasida, xususan elektr energetika tarmog'ida ham ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Xorij moliya institutlarining investitsiya mablag'lari jalb etilib, tarmoqda yirik qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Birgina Qashqadaryo viloyatida olib borilgan ishlar ko'lami haqida kechagi maqola orqali batafsil ma'lumot taqdim etdik.

Bu haqda batafsil: Qashqadaryo viloyati iste'molchilarining elektr ta'minoti yaxshilanishi uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

 http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/866

 

Navbat Toshkent viloyatiga. Aniqrog'i viloyatning Qibray tumanida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar xususida...

Bir so'z bilan aytganda, Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo'lgan issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha qiymati 150 mln. AQSh dollari (to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiya) hisobida. Davlat-xususiy shekrikligi asosida (qurish, egalik va ekspluatatsiya qilish) amalga oshirilayotgan mazkur loyihaning huquqiy asosini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-fevralda qabul qilingan PQ-4971-son qarori tashkil etadi.

Bu haqda batafsil:

Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan navbatdagi issiqlik elektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida https://lex.uz/docs/-5260682
Тошкент вилоятида қуввати 240 МВт бўлган навбатдаги иссиқлик электр станцияси қурилишини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида https://lex.uz/docs/5260682
О мерах по организации строительства очередной тепловой электростанции мощностью 240 МВт в Ташкентской области https://lex.uz/docs/5260685
 

KELISHUV BITIMLARI

Dastlab loyihani amalga oshiruvchi "CENERGO" MCHJ mahalliy loyiha kompaniyasi tashkil etildi. So'ngra investor kormpaniya — Cengiz Enerji hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi o'rtasida Investitsiya kelishuvi, "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati bilan "Elektr energiyasini xarid qilish kelishuv bitim"lari imzolandi. Loyiha hujjatlari tegishli tartibda qayd etilganidan so'ng elektr energiyasi, tabiiy gaz va texnik suv ulanish nuqtalari aniqlandi. Shu bilan birga, ayni paytda loyihani amalga oshirish bo'yicha Toshkent viloyati Qibray tumani "Toshkent IES" AJ yonidan 4,5 gektar yer ajratish choralari ko'rilmoqda.

Shu o'rinda bir narsani alohida ta'kidlash lozimki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti PQ-4971-son qarorining bir nechta bandlarida "O'zbekiston MET" AJ zimmasiga bir qator vazifa-topshiriqlar yuklatilgan bo'lib, aksiyadorlik jamiyati mutasaddilar ularning ijrosini bosqichma-bosqich amalga oshirib kelmoqdalar.

 

Demak, loyiha quvvati 240 MVt bo'lib, uni sovuq holatda ishga tushirish muddati 2021-yilning dekabr oyiga rejalashtirilgan. Shunisi ahamiyatliki, qurilajak bug'-gaz qurilmasining foydali ish koeffisienti 51 % ni tashkil etadi. Bu uning raqamli texnologiyalarga asoslangan zamonaviy jihozlardan tarkib topganligidan dalolat. 240 MVt bo'lgan bug'-gaz (yopiq siklli) issiqlik elektr stansiyasi bir yilda o'rtacha 1,9 mlrd. kVt•soat hajmda elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega. Qaror bo'yicha elektr energiyasini sotib olish bitimining muddati 25 yil etib belgilangan va, eng muhimi, loyiha doirasida 400 ta yangi ish o'rinlari yaratiladi.

OMMAVIY ESHITUV

Kecha, 2021-yil 24-mart kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi "Fidokor" mahalla fuqarolari yig'ini faollari bilan loyihaning ekologik muhitga ta'siri yuzasidan ommaviy eshituv tadbiri o'tkazildi. Unda "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatidan axborot xizmatining rahbari hamda mustaqil elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan ishlash bo'limi bosh mutaxassisi ishtirok etdi.

Xullas, Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo'lgan yopiq sikldagi issiqlik elektr stansiyasining qurilishi har biri 100 MVt quvvatga ega 2 ta gaz turbina agregati va 40 MVt quvvatga ega bitta bug' turbinasi agregatini o'rnatish bilan to'liq tsikl 240 MVt quvvatga ega investitsiya loyihasini amalga oshirishni nazarda tutadi.

 

Loyihaning asosiy maqsadlari:

Mamlakat energetika sanoatining jadal rivojlanishini va raqobatbardoshligini oshirishni ta'minlash;

Yangi ishlab chiqarish quvvatlarini qurishga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;

Elektr va issiqlikka resurslariga tobora ortib borayotgan ehtiyojni qondirish;

Yoqilg'i sarfining o'ziga xos ko'rsatkichlarining pasayishi;

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish;

Atrof-muhitga salbiy ta'sirini kamaytirish;

Issiqxona gazlari chiqishini kamaytirish.

Shuningdek, IES qurilishi uchun atrof-muhitga ta'sirini baholanishi va shu borada jamoat eshituvi — xalqaro moliya tashkilotlarining "Atrof-muhitni muhofaza qilish va ijtimoiy himoya qilish bo'yicha chora-tadbirlar" talablariga muvofiq, shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi (O'zbekiston Respublikasining "Ekologik ekspertiza to'g'risida"gi qonuni)ga muvofiq holda o'tkaziladi.

 

ATMOSFERA HAVOSIGA TA'SIRI

Atmosfera havosiga ta'sir tabiiy gazning yonishi natijasida yuzaga keladi. Uch turdagi ifloslantiruvchi moddalarning (azot oksidi, azot dioksidi, uglerod oksidi) umumiy emissiyasi yiliga 1128 tonnani tashkil qiladi. Chiqarish balandligi 35 metr bo'lgan ikkita quvur orqali amalga oshiriladi.

Yoqilg'i yoqish uchun bug'-gaz ilg'or texnologiyalardan, shuningdek, gaz turbinasining yonish kamerasiga minerallashtirilgan suvni yuborish orqali azot oksidlarini bostirish bo'yicha texnik yechimlardan foydalanilishi tufayli, qurilmaning chiqindi gazlaridagi NOx kontsentratsiyasi 55 mg/m3 dan oshmaydi va bu Davlat ekologiya qo'mitasi tomonidan belgilangan me'yorlarga butunlay javob beradi umuman olganda, ushbu ko'rsatkich O'zbekistonda ishlaydigan eskirgan energiya bloklaridan o'rtacha 2,2 barobar past.

TEXNIK SUV TA'MINOTI

- Yangi IESni texnik suv bilan ta'minlash uchun bo'z-suvdan kelib chiqqan Toshkent IES ta'minot kanalining suvidan foydalanish rejalashtirilgan;

- Ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan soatlik suv sarfi 600 m3/soatni tashkil qiladi. Suvning katta qismi uskunalarni sovutish (turbinaning kondensatorlari, yog'va havo sovutgichlari, harakatlanuvchi mexanizmlar va boshqalar), shuningdek, suvni tozalash tizimiga (bug' va kondensat yoqotishlarini to'ldirish uchun), gaz turbinalaridagi azot oksidlarini bostirish uchun suv purkash uchun ishlatiladi;

- O'zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-iyundagi 837-XP-sonli "Suv va suvdan foydalanish to'g'risida"gi qonuniga muvofiq va ushbu mintaqada suv tanqisligi sababli, fan sovutish minoralari (gradirnya) yordamida texnik suv ta'minoti teskari (yopiq) tizim bilan ta'minlangan.

 

Bundan tashqari,

- Sovutish minorasi shamollatuvchi suvlari, bug'-fan qurilmalari va yog'li oqava suvlar — texnologik chiqindi suvlariga kiradi. Sanoat chiqindi suvlarining umumiy hajmi 100,0 m3/soat yoki yiliga 780,0 ming metr/kubni tashkil qiladi;

- Sanoat chiqindi suvlari hajmi quyidagicha hosil bo'ladi: sovutish minorasi oqadigan suv, bug'-gaz qurilmalari suvi, va yog'li oqava suv;

- Sovutish minorasidan chiqadigan chiqindi suvlari shartli ravishda tozalanadi;

- Chiqarilgan suvning sifati va haroratini yangi IES kuchlari tomonidan baliq ovlash ahamiyatiga ega suv havzasiga ruxsat etilgan suv quyish me'yorlariga muvofiq (eng yuqori tozalikda) nazorat qilish rejalashtirilgan.

Chiqindi suvlari boz-suv kanaliga yuqorida keltirilgan normalarga muvofiq tozalash jarayonidan o'tgan holda chiqariladi.

 

CHIQINDILARINI QAYTA ISHLASH

IESning xavfli va qattiq chiqindilarining ta'sirini kamaytirish uchun chiqindilarni boshqarish rejasi ishlab chiqilmoqda;

IES chiqindilarini boshqarish rejasi chiqindilarni hosil bo'lish miqdorini, ularning xavfliligini kamaytirish va chiqindilarni yo'q qilish joylari samaradorligini oshirishdan iborat.

AKUSTIK TA'SIRI

Shovqinni bostirish usullarini qo'llaganligi sababli, bug'-gaz uskunasidan kutilayotgan shovqin darajasi amaldagi xalqaro standartlardan (uskunadan 1 m masofada 85 DBA) va O'zbekiston standartlaridagi KMK 2.01.08-96 bo'yicha (aholi turar joylariga yaqin joylarda tunda 45 DBA dan va kun davomida 55 DBA dan oshmasligi kerak) va 0325-16-sonli SanPiN "Ish joylarida ruxsat etilgan shovqinning sanitariya me'yorlari" (doimiy ish joylarida 80 DBA dan ko'p bo'lmasligi kerak)ga muvofiq yuqori bo'lmaydi.

 

IESni ishlatishda shovqinning yaqin atrofdagi ob'ektlarga ta'sirini aniqlash uchun beshta nuqta olindi:

- 1-nuqta — eng yaqin turar-joy binosi №1 (Sharqiy tomoni);

- 2-nuqta — eng yaqin turar-joy binosi №2 (Sharqiy tomoni);

- 3-nuqta — eng yaqin turar-joy binosi №3 (Janubiy tomoni);

- 4-nuqta — turar-joy maydoni (Sharqiy tomoni, "MU-4" korxonasi yonida);

- 5-nuqta — mahalla qo'mitasi binosi (janubi-Sharqiy tomoni).

Bug'-gaz uskunasidan shovqin darajasini boshqarish ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

 

ATROF-MUHITGA TA'SIRI

Qurilish jarayonida:

- Havoning sifatini nazorat qilish;

- Suv sifatini nazorat qilish;

- Chiqindi suvlarning paydo bo'lishi va chiqarilishini nazorat qilish;

- Chiqindilarni to'planishi va harakatlanishini kuzatish;

- Qurilish uskunalaridan shovqin darajasini kuzatish ishlar nazarda tutilgan.

Ishga tushish va ishlatilish jarayonida:

- Bug'-gaz qurilmasining chiqindi gazlaridagi ifloslantiruvchi moddalar kontsentratsiyasi monitoringi;

- Havoning sifatini nazorat qilish;

- Hosil bo'lgan chiqindi suvlarning sifatini nazorat qilish;

- Suv sifatini nazorat qilish;

- Chiqindilarni to'planishi va harakatlanishini kuzatish;

- IES uskunalaridan shovqin darajasini kuzatish;

- IES maydoni atrofida yashil zona tashkil etish.

АТРОФ-МУҲИТГА ТАЪСИРИ

 

IJTIMOIY JIHATLAR:

- Iste'molchilarga ishonchli va barqaror elektr ta'minoti;

- Elektr va issiqlikka bo'lgan talabning o'sishini qondirish;

- Aholini ish bilan ta'minlash muammosini qisman hal etish (yangi 400 ish o'rinlarini yaratish).

Shuningdek, kadrlarni yangi turdagi stansiyalarni ekspluatatsiya qilishning zamonaviy texnologiyalari ko'nikmalari bo'yicha tayyorlash.

 

Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, dastlabki ekologik baholash natijalarida Toshkent viloyati Qibray tumanida quvvati 240 MVt bo'lgan yopiq sikldagi issiqlik elektr stansiyasining qurilishi, loyiha tomonidan belgilangan barcha tabiat va ijtimoiy yo'naltirilgan texnik yechimlar atrof-muhitga salbiy ta'sir ko'rsatmaslikni ta'minlashi nazarda tutilgan. Masalaning doimiy nazorati va yechimi shundaki, O'zbekiston Respublikasining standartlariga muvofiq ekologik vaziyat darajasini saqlab qolish uchun atrof-muhitga ta'sirning barcha turlari bo'yicha monitoring o'tkazish zarur.

 

Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi "Fidokor" mahalla fuqarolari yig'ini faollari bilan o'tkazilgan ommaviy eshituvda taqdimotda ko'rsatilgan va yuqorida sanab o'tilgan barcha masalalar atroflicha muhokama qilindi. Mahalla faollari, ayniqsa qurilish ob'ektiga yaqin masofada yashaydigan oila vakillari mahalliy loyiha kompaniyasi — "CENERGO" MCHJ vakillariga o'z savollari berib, aholining infratizim va obodonchilik bo'yicha bir qancha talablari borligini bildirishdi.

Shuningdek, ommaviy eshituvda tuman ekologiya bo'limi vakillari, mahalla oqsoqollari so'zga chiqishdi. Ma'lum bo'ldiki, "CENERGO" MCHJ rahbariyati "Fidokor" MFY faollari bilan yana uchrashuvlar o'tkazib, aholi talab va takliflarini birma-bir o'rganib chiqadi va amaldagi qonunchilikka muvofiq ularga yechim topadi.

Maqola tayyorlanishida "CENERGO" MCHJ ning taqdimot materiallaridan foydalanildi.

Ulug'bek Urunov, "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi


E'tiboringizga tabdir tashkilotchilari —

Loyiha kompaniyasi va loyihalash institutlari tomonidan tayyorlangan taqdimot slaydlarini taqdim etamiz:

 

 

 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>