Yangiliklar
2020-yil SARHISOBI: Yuqori kuchlanishli podstansiyalardagi elektr qurilmalarning barqaror faoliyati — elektr ta'minoti tizimida o'tkazuvchanlikning ishonchliligini ta'minlaydi (№15)
  • 16.02.2021
  • 1074

"O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi podstansiyalar elektr uskunalarini 2020-yil davomida 2020/2021-yil kuz-qish mavsumiga tayyorlash borasida amalga oshirgan ishlari hisoboti, shuningdek, 2021/2022-yil kuz-qish mavsumiga munosib tayyorgarlik ko'rish bo'yicha rejalashtirilgan ishlar to'g'risida ma'lumot.

 

"O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati balansida 2021-yil 1-yanvar holatiga jami 84 dona podstansiyalar (7 dona 500 kV, 69 dona 220 kV, 7 dona 110 kV va 1 dona 35 kV) ekspluatatsiya qilinib kelinmoqda. Ma'lumot o'rnida, 2020-yilda jamiyat balansida 78 dona podstansiyalar ekspluatatsiya qilingan.

Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan va qo'shni davlatlardan import qilinayotgan elektr energiyasini iste'molchilarga taqsimlovchi hududiy elektr tarmoqlariga uzatish jarayonidagi ishonchlilik darajasini oshirish maqsadida Jamiyatimiz tomonidan bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Xo'sh, bu nima degani?

Iste'molchilarni sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun yuqori kuchlanishli podstansiyadagi elektr uskuna va jihozlarini doimiy soz holatda saqlash, sodir bo'lishi mumkin bo'lgan nosozliklarning oldini olish, texnik-muhandislik ehtimol shartlari muvofiq sodir bo'lgan nosozliklarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko'rish — "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi barcha podstansiyalarda mehnat faoliyati olib borayotgan ishchi-xodimlarning asosiy vazifasidir. Buning uchun yil davomida podstansiya elektr uskunalarida mavsumiy, mukammal (kapital) va joriy ta'mirlash ishlari bajarilib, favqulodda holatlarni bartaraf etish uchun avariyaviy navbatchi brigadalar tashkil etilgan.

Misol uchun, 2020/2021-yil kuz-qish mavsumiga munosib tayyorgarlik ko'rish, elektr uskunalarining ishonchli ishlashini ta'minlash maqsadida 2020-yilda 11 dona kuch transformatorlari (yillik rejaga nisbatan 110 foiz), 110-500 kVli o'chirgichlardan 91 dona (101 foiz), havo kompressorlari 19 dona (105,5 foiz), 1 148,2 km (100,6 foiz) havo liniyalari mukammal ta'mirlandi.

 
Mukammal ta'mirlash — bazaviy va korpus detallari va uzellarini to'liq ajratib yig'ish va ta'mirlash, barcha eskirgan detallar va uzellarni yangi, yanada zamonaviyroqlariga almashtirish yoki tiklash hamda, zaruriyat bo'lganda, ob'ektni ishlab chiqarish jarayonidan ajratib olish (yechish), sozlash va sinab ko'rish ishlari amalga oshiriladi. Detallarni ob'ektdan foydalanish imkoniyatlarini yanada yaxshilaydigan, ya'ni mustahkam va tejamkor ehtiyot qismlarga almashtirish yoki ularni sozlash orqali tiklash muhim ahamiyat kasb etadi. Mukammal ta'mirlash, ta'mirlashning eng to'liq va uzoqroq vaqt talab qiladigan sermehnat yo'li bo'lib, Jamiyat ishchi-xodimlari yoki ta'mirlash korxonalari tomonidan bajariladi.

110-500 kVli elektr uskunalarida 247 dona podstansiya transformatorlari va avtotransformatorlari (yillik rejaga nisbatan 108 foiz), 1391dona o'chirgichlar (102 foiz), 43 dona havo kompressorlari (105 foiz) hamda 3844,7 km uzunlikdagi havo elektr tarmoqlarida (106 foiz) joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.

 
Joriy ta'mirlash ishlari ob'ektini ishchi holatida saqlab turish maqsadida amalga oshiriladi. Joriy ta'mirlash o'z ichiga uzel va detallarni almashtirish yoki tiklash, mayda shikastlanishlarni bartaraf etish, shuningdek tartibga solish ishlarini oladi. Joriy ta'mirlashni xizmat ko'rsatuvchi xodimlar yoki ta'mirlash brigadasi ish joyida, ko'pincha profilaktik ko'rikdan o'tkazish mobaynida amalga oshiradilar. Odatda joriy ta'mirlash 1 yildan kam bo'lgan davriylikda o'tkaziladi. Ko'chmas mulk ob'ektlari ta'mirlash (yaxlit butun ob'ektni emas), ayrim ta'mirlov ishlarini o'tkazish joriy ta'mirlash jarayonidir.
 

Tashkil etilgan avariyaviy brigadalar tomonidan elektr uskunalarda sodir bo'lgan nosozliklar zudlik bilan bartaraf etilib, iste'molchilarga sifatli elektr energiyasini yetkazib berish vazifasi bajarildi.

Shu jumladan, korxonalar elektr uskunalaridagi qizishlarning o'z vaqtida aniqlash maqsadida 4 dona teplovizor qurilmasi xarid qilindi va mos ravishda hududlarga taqsimlandi. Teplovizor qurilmasi Toshkent shahar, Samarqand, Farg'ona va Buxoro magistral elekr tarmoq filiallariga biriktirilib, shu hududga yaqin pudratchi tashkilotlar jalb qilmagan holda Jamiyat xodimlari tomonidan elektr qurilmalari teplovizor nazoratidan o'tkazildi.

 

Bundan tashqari, magistral elektr tarmoqlari filiallari podstansiyalari bino va inshootlarda ta'mirlash ishlari olib borildi. Bu bilan elektr uskunalari joylashgan bino va inshootlar zamon talablariga mos keltirildi, ishchi-xodimlarga qulay ish sharoitlari yaratib berildi.

Batafsil ma'lumotlar: http://uzbekistonmet.uz/oz/

2020-yi SARHISOBI: Yuqori kuchlanishli podstansiyalardagi bino va inshootlar zamonaviy talablarga mos ta'mirlanmoqda (№13)

Shu o'rinda bir narsani alohida ta'kidlash lozimki, 2020-yil davomida mutaxassis xodimlar tomonidan har bir hudud kesimida o'rganishlar olib borilib, elektr ta'minotidagi uzilishlarning oldini olish, qish mavsumini betalafot o'tkazish bo'yicha 2021-yil rejalari ishlab chiqildi.

 

Misol uchun,

2021-yilda 7 dona kuch transformatorlari, 71 dona 110-500 kVli o'chirgichlar, 18 dona havo kompressorlari hamda 1 206,1 km havo liniyalarini mukammal ta'mirlash, shuningdek 110-500 kVli elektr uskunalarida 281 dona podstansiya transformatorlari va avtotransformatorlari, 1242 dona o'chirgichlar, 30 dona havo kompressorlari hamda 4320,0 km uzunlikdagi havo elektr tarmoqlarida joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirish rejalashtirilgan.

 

Bundan tashqari, elektr energiyasiga bo'lgan talabning ortib borishini hisobga olgan holda, modernizatsiya dasturiga asosan 2021-yilda magistral elektr tarmoqlari tasarrufida bo'lgan 15 dona podstansiyada ma'nan va jismonan eskirgan past quvvatli transformatorlarni yuqori quvvatli zamonaviy transformatorlarga almashtirish natijasida 1554 MVA qo'shimcha o'tkazuvchanlik quvvati yaratilishi rejalashtirilgan.

Shamsiddin Kulibayev, "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati elektr tarmoqlaridan foydalanish boshqarmasi boshlig'i


 "O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

Kanalga a'zo bo'lish uchun  https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>