Yangiliklar
2020-yil SARHISOBI: Yuqori kuchlanishli podstansiyalardagi bino va inshootlar zamonaviy talablarga mos ta'mirlanmoqda (№13)
  • 10.02.2021
  • 1230

   2020-yilda "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi filiallar bino va inshootlarini zamon talablariga mos ravishda ta'mirlash, xodimlarga qulay mehnat sharoitlarini yaratib berish bo'yicha bajarilgan ishlar, shuningdek, ushbu yo'nalishdagi 2021-yil rejalari to'g'risida qisqa hisobot.

 

   "O'zbekiston MET" AJ rahbariyati tomonidan tasdiqlangan ta'mirlash fondiga asosan 2020-yilda bino va inshootlarni ta'mirlash ishlari rejaga muvofiq to'liq bajarildi.

   Jumladan,

   "Toshkent shahar MET" filialining ma'muriy binosi va energetiklarning "UCHQUN" sport majmuasi qayta ta'mirlanib, 2020-yilda foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimidan fotosuratlar jamlanmasi

   Ishchi-xodimlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, bu orqali mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar har bir tashkilot va korxona uchun muhim ko'rsatkichlar hisoblanadi. Shularni e'tiborga olib, "O'zbekiston MET" AJ tasarufidagi "Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filiali ma'muriy binosining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda Jamiyat ma'muriyati, energetika sohasining taniqli mutaxassislari, hozirda nafaqada bo'lgan faxriy energetiklar jamoasi, O'zbekiston Respublikasi Tennis federaTsiyasi ustoz-murabbiylari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi va Jamiyat tomonidan ishchi-xodimlarga yaratilayotgan sharoitlar, ayniqsa ularni sport mashg'ulotlariga jalb etish tadbirlari alohida e'tirof etildi.

Foydalanishga topshirilgan binoning avvalgi ko`rinishi

   Batafsil:

   Energetiklarning "UCHQUN" sport majmuasida "Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filiali ma'muriy binosining ochilish marosimi bo'lib o'tdi http://uzbekistonmet.uz/oz/

   Ommaviy axborot vositalarida: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5770

   Gazeta sahifalarida: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/4978

   "O'zbekiston" telekanali dasturida: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/4971

 

   Shu bilan birga, "O'zbekiston MET" AJ tasarrufidagi "Andijon MET" filiali uchun yangi ma'muriy bino qurib, 2020-yil 5-dekabrda foydalanishga topshirildi.

   Batafsil:

   Andijonlik energetiklar o'z faoliyatini yangi binoda davom ettirishadi http://uzbekistonmet.uz/oz/

   O'zbekiston milliy axborot agentigi: https://uza.uz/

   Videolavha: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5277

   utube.uz: https://utube.uz/ru/video/ee45aa2f1d2c9dd

   "Yangiliklar-24" dasturida: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5289

 

   Shuningdek, tasarrufidagi "Andijon MET" filiali tarkibidagi 220/110/10 kVli "Yulduz" podstansiyasining elektr energiyasi o'tkazuvchanlik quvvatni oshirish maqsadida 2 dona 125 MVAli avtoransformator o'rniga 2x200 MVA avtotransformatorlari o'rnatildi va ishga tushirildi. Bundan tashqari, 220 kV havoli o'chirgichlardan 9 donasini, 110 kV o'chirgichlarning 14 donasini zamonaviy elegaz o'chirgichlariga, shuningdek, rele himoyasi va avtomatikasi hamda aloqa kurilmalarini zamonaviy qurilmalarga almashtirish ishlari olib borilmoqda. Bunday modernizatsiya-rekonstruksiya amaliyotlari, o'z-o'zidan ma'lumki, podstansiyadagi bino va inshootlarni qayta ta'mirlashni talab etadi. Bir so'z bilan aytganda, 2022-yilda "Yulduz" podstansiyasida bir qator ta'mirlash ishlari olib borilib, podstansiyaning estetik qiyofasi birmuncha yaxshilandi.

 

   500 kVli "Lochin" podstansiyasida ham bir qancha ta'mirlash ishlari olib borildi. Misol uchun, podstansiyaning birinchi posti va boshqa xo'jalik binolariga metall panjaralar yasash, eshik va deraza romlari o'rnatish ishlari yakunlangach, bo'yoqlash va sim to'siqlarni ta'mirlash ishlari davom etirildi. Podstansiyadagi oshxona hamda yuvinish xonalari joylashgan binoning tom qismi metall konstruksiyali karkaslar yasash orqali qoplandi. Podstansiya hududidagi yong'inga qarshi suv quvurlar, gidrantlar, suv nasoslari va tablichkalarni bo'yash, kabel kanallarni temir-beton plita bilan yopish ishlari bajarildi.

   220 kVli "Xakan" podstansiyasi tezkor boshqaruv pulti (OPU) binosi, yordamchi va suv nasos binosining singan deraza oynalari almashtirildi. TBP (tezkor boshqaruv pulti) binosi, yordamchi bino pol qismlarini linoleumlar bilan qoplab chiqildi. Kabel kanallarni temirbeton plita bilan yopildi.

   220 kVli "Bobur" podstansiyasi kabel kanallarni temir-beton plita bilan yopish ishlari nihoyasiga yetkazildi.

 

   "Sirdaryo MET" filialiga qarashli 220/110/10 kVli "Go'zal" podstansiyasi 1978-yilda qurilgan bo'lib, boshqaruv pulti binosi fasad va tom qismida ta'mirlash ishlari bajarilib, bugungi kunda ta'mirlash ishlarining so'nggi bosqichilari davom ettirilmoqda.

   Hozirgi kunda filialdagi barcha bino va inshootlarning 1200 metr/kvadrat tom qismlari qayta ta'mirlanib, zamonaviy profnastil qoplamalariga almashtirildi. Shuningdek, tezkor boshqaruv pulti (OPU) binosini tashqi va ichki devor qismlari 2000 metr/kvadrat tunikafon bilan qoplandi, 200 metr/kvadrat eskirgan eshik-romlari zamonaviy alyumin-plastmassa qoplamali eshik-romlarga almashtirildi. Shu bilan birga, tezkor boshqaruv pulti binolarining 100 metr/kvadrat pol qismi linolium to'shamasi bilan qoplandi. Bundan tashqari, elektr uskunalariga o'rnatilgan mavjud 500 donaga yaqin UQT (universal qurilish tayanch)larini mustahkamlik darajasini oshirish maqsadida qo'shimcha armatura karkasli betonlar quyilib, burchaklari temir tayanchlar bilan mustahkamlandi. "Go'zal" podstansiyasi atrofini o'rab turuvchi yaroqsiz holga kelib qolgan 187 metr devor qismi qayta yangilandi.

   "Namangan MET" filiali 220 kVli "Sardor" podstansiyasining birinchi va ikkinchi tezkor boshqaruv pulti (OPU) binolarining tom qismi qurib bitkazildi, ichki qismida pardozlash (otdelka) ishlari bajarilmoqda.

   "Buxoro MET" filiali tarkibidagi 500 kVli "Qorako'l" podstansiyaga kirish yo'laklaridagi 2 dona temir darvozalar yangisiga almashtirildi, podstansiya ichki hududlarida setkali to'siqlar o'rnatildi. Ichki va tashqi yoritish chiroqlari to'liq almashtirildi. Shu bilan birga, qo'riqlash xizmati xodimlari xonasi, 3 dona kuzatuv punktlari to'liq ta'mirlandi. Podstansiyaga kirish yo'lagidagi nazorat yo'laklari, podstansiya ichidagi kirish yo'laklar va 500 kVli ochiq taqsimlash qurilmasi (ORU) ichidagi yurish yo'laklari beton qoplamalari bilan to'liq ta'mirlandi. Aniqroq aytganda, toifalangan ob'ekt hisoblanadigan podstantsiya peremetri bo'yicha aylanma yo'laklarga temir-beton plitalar yotqizilib, harbiylashtirilgan qo'riqlash bo'linmasi xizmatchilari navbatchiligi uchun sharoit yaratildi. Shuningdek, yopiq taqsimlash qurilmasi binosi tom qismi to'liq profnastil qoplamasi bilan yopilib, podstansiya hududidagi barcha binolarning ichki hamda tashqi qismlari suvoq va ranglash ishlaridan to'liq chiqarildi.

   220 kVli "Buxoro" podstansiya peremetri bo'ylab 120 metr joyi temir-beton to'siq bilan yopildi. Podstansiya tezkor boshqaruv pulti (OPU) binolari eshik-derazalari zamonaviy romlariga almashtirildi. Podstansiya hududidagi barcha binolarda ichki va tashqi fasadlarning suvoq hamda bo'yoq tortish ishlari bajarildi. Podstansiya hududidagi bo'sh yotgan barcha yerlar tozalandi va ishlov berildi. TBP, YOTQ, binolari tom qismi profnastil bilan yopildi.

   220 kVli "Qorovulbozor" podstansiyasida reaktor va nasos joylashgan binoning tom qismi to'liq profnastil qoplamasi bilan yopildi.

Binoning tom qismi yoplish jarayoni

   "Samarqand MET" filiali 500 kVli "So'g'diana" podstansiyasidagi nasos, omborxona, KPZ binolarining (jami 592 metr/kvadrat) tom kismi, 220 kVli "Suvli" podstansiyasidagi tezkor dispetcherlik boshqarma pulti (TDBP) binosining 40 metr/kvadrat tom qismi, 220 kVli "Samarqand" binosining 60 metr/kvadrat tom qismi, podstansiya liniya xizmati (PLX) bazasi binosining 350 metr/kvadrat tom qismida ta'mirlash ishlari olib borildi.

   Shu bilan birga, 220 kVli "Suvli" yopiq taqsimlash qurilmasi (yotq) yangi binosi qurildi, podstansiya atrofi, ya'ni peremetri bo'ylab temir-beton devor qurildi.

   Bundan tashqari, 220 kVli "Samarqand" podstansiyasidagi OTQ-110-220kV metallkonstruksiyalarni buyoqlash ishlari bajarildi.

 

   Bir so'z bilan aytganda, 2020-yilda ushbu yo'nalishda Jamiyat rejasiga kiritilgan ishlar to'liq bajarildi. To'g'ri, ayrim amaliyotlar pandemiya karantini tufayli biroz muddatga kechiktirildi yoki muddati uzaytirildi, ammo yuqori kuchlanishli podstansiyalarda xizmat qiluvchi ishchi-xodimlarga zarur shart-sharoitlar yaratish bilan birga qimmatbaho elektr uskuna va jihozlari uchun zarur bo'lgan bino hamda inshootlar ta'mirlanib, yangilanib bormoqda.

 

   2021-yil rejasiga muvofiq Jamiyat tasarrufidagi bino va inshootlarni ta'mirlash uchun yetarli miqdorida pul mablag'lari ajratilgan bo'lib, ta'mirlash ishlari bino va inshootlarning oldingi va keyingi holat fotosuratlari orqali uzbekistonmet.uz veb-sayti sahifalarida jamoatchilikka ma'lum qilib boriladi.

   Saodat Raimova, "O'zbekiston MET" AJ elektr tarmoqlardan foydalanish boshqarmasining yetakchi muhandisi

 

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

Kanalga a'zo bo'lish uchun  https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>