OAV va jamoatchilik bilan ishlash
ANDIJONLIK ENERGETIKLAR O'Z FAOLIYATINI YANGI BINODA DAVOM ETTIRISHADI
  • 04.12.2020
  • 531

   "O'zbekiston MET" AJ tasarrufidagi "Andijon magistral elektr tarmoqlari" filiali elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalardan hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga yetkazib berish, magistral elektr tarmoqlarini ta'mirlash va rivojlantirish bilan shug'ullanadi.

   E'lon! Ertaga, 2020-yil 5-dekabr kuni soat 11:00 da "Andijon MET" filiali yangi binoning ochilish marosimi bo'lib o'tadi. Tadbirga Andijon viloyati hokimiyati, energetika sohasi va elektr energetika tarmog'i turdosh tashkilotlari vakillari, shuningdek, faxriylar va mahalla faollarini taklif etamiz.

   Shuningdek, ochilish marosimiga Andijon viloyati hokimiyatining matbuot xizmati bilan hamkorlikda OAV — jurnalist va blogerlarni taklif etamiz.

   Manzil: Andijon shahri, Shimoliy sanoat hududi, "Bo'ston" dahasi.

   Telefon: 74 224-4991 (qabulxona); 99 994-1004 (R.Umrzoqov).

   Veb-sahifa: http://uzbekistonmet.uz/oz/

 

"O'zbekiston met" AJ axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati

>