Yangiliklar
Qoraqalpog'iston Respublikasidagi 220 kVli "Beruniy" podstansiyasiga 125 MVA qo'shimcha quvvat qo'shildi
  • 27.03.2021
  • 1198

Yodingizda bo'lsa, joriy yilning yanvar oyida "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov Qoraqalpog'iston Respublikasidagi 220 kVli "Beruniy" hamda Xorazm viloyatida joylashgan 220 kVli "Xorazm" podstansiyalarining kuz-qish mavsumidagi faoliyati, umuman elektr energetika tarmog'i, xususan magistral elektr tarmoqlari tizimida olib borilayotgan qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bevosita o'rganish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga uyushtirgan xizmat safari tafsilotlari bilan tanishtirgan edik.

 
"O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi deputati D.A.Isaqulovning Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga xizmat safari tafsilotlari
Batafsil: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/693

"O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati tomonidan mamlakatimizning barcha viloyatlarida elektr ta'minoti ishonchliligini oshirish maqsadida qurilish-montaj ishlari, modernizatsiya-rekonstruksiya dasturi asosidagi bajarilayotgan amaliyotlar olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublika Bosh vazirining o'rinbosari S.Umurzakovning Qoraqalpog'iston Respublikasiga 2020-yil 23-aprel kungi tashrifi yakunlari bo'yicha qabul qilingan 24/1-son bayonida Beruniy tumanida joylashgan 220/110/10 kV "Beruniy" podstansiyasida quvvati 125 MVA bo'lgan qo'shimcha avtotransformator o'rnatish orqali hududdagi elektr ta'minoti yaxshilanishi, shuningdek, ishlab chiqarish quvvatlarini birmuncha oshirish bo'yicha bir qator toppshiriqlar berilgan edi.

 

 

Hozirgi kungacha "Beruniy" podstansiyasida quvvati 125 MVA bo'lgan 1 dona avtotransformator ishlab turgan edi va ushbu podstansiya orqali Beruniy, To'rtko'l, Ellikqal'a va Amudaryo tumani aholisi, shuningdek Qorao'zak tumanida joylashgan sanoat korxonalari elektr energiya bilan ta'minlanadi. Modernizatsiya loyihasi doirasida "Beruniy" podstansiyasining hozirgi kundagi elektr sxemasi o'zgartirilib, 220 kV, 110 kV va 10 kV taqsimlash qurilmalari kengaytirilib, o'tkazuvchanlik quvvati ikki baroborga oshirildi.

 

 
Yuqorida ta'kidlanganidek, modernizatsiya loyihasi doirasida 1 dona 125 MVAga ega bo'lgan ATDSTN-125 tipidagi avtotransformator, 2 komplekt 220 kVli elegazli o'chirgich, 1 komplekt 110 kV elegazli o'chirgich, jami 7 komplekt 110-220 kVli ajratgichlar, 1 komplekt 220 kV kuchlanish transformatori, 3 komplekt 110-220 kV tok transformatori, 3 komplekt 10 kV KRU yacheykasi va 1 dona 400 kVA quvvatga ega bo'lgan (podstansiyaning o'z ehtiyoji uchun) transformator o'rnatildi.
 

Bundan tashqari, loyihaning ikkinchi bosqichida "Beruniy" podstansiyasida AT-1 va AT-2 avtotransformatorlarining rele himoyasi va avtomatikasi qurilmalarini zamonaviy mikroprosessor terminalli shkaflarga o'zgartirishi ko'zda tutilgan bo'lib, mazkur amaliyotlar ham nihoyasiga yetkazilmoqda.

Xullas, 2021-yil 15-fevral kuni "Beruniy" podstansiyasida 125 MVA quvvatga ega bo'lgan AT-2 avtotransformatoriga kuchlanish berildi, sinov muddati belgilangan tartibda muvaffaqiyatli o'tkazildi va avtotransformator ishga tushirildi.

Ushbu loyihaning amalga oshirilishi Qoraqalpog'iston Respublikasining janubida joylashgan Beruniy, To'rtko'l, Ellikqal'a va Amudaryo tumani aholisini uzluksiz elektr energiya bilan ta'minlash ishonchliligini oshiradi. Shu bilan birga, quvvati oshirilgan yuqori kuchlanishli podstansiya o'zining barqaror faoliyati bilan yuqorida nomlari sanab o'tilgan tumanlar hamda Qorao'zak tumani Qaratau tog'hududida joylashgan sanoat korxonalarining yanada rivojlanishiga zamin yaratadi.

 

 

Ayni paytda ob'ektning estetik holatini yaxshilash maqsadida podstansiya bino va inshootlarini mukammal ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Bino va inshootlar zamonaviy energiya tejovchi elektr yoritish uskunalari, isitish tizimi, oyna va eshik romlariga almashtirilishi rejalashtirilgan.

Bir so'z bilan aytganda, hukumat qarori va topshiriqlari, Energetika vazirligining ko'rsatmalari hamda "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati rahbariyatining modernizatsiya-rekonstruksiya dasturi bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasida bir qator qurilish-montaj ishlari davom ettirilmoqda.

Sergey Umbetov, "O'zbekiston MET" AJ "Qoraqalpog'iston magistral elektr tarmoqlari" filiali direktori


"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>