Ko‘pchilikka ma'lumki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27 martdagi PQ-4249-sonli qaroriga asosan «O‘zbekenergo» AJ, «Energosotish» filiali va «O‘zelektrtarmoq» UK negizida o‘z faoliyatini boshladi.
Ma'lumot o‘rnida shuni ta'kidlash lozimki, «O‘zbekenergo» AJ, «Energosotish» filiali va «O‘zelektrtarmoq» UK korxonalarda kasaba uyushma tashkilotlari tuzilgan bo‘lib, qo‘mitalar samarali faoliyat olib borishayotgan edi. Yangi tashkil etilgan jamiyat tasarrufidagi filiallar va tarkibiy bo‘linmalarda ishchi-xodimlarning tashabbusiga ko‘ra barcha filiallarda kasaba uyushma qo‘mitalari yig‘ilishlari o‘tkazildi va yangi kasaba uyushma qo‘mitalari shakllantirildi.
Xuddi shunday 2019-yil 17-sentabrda «O‘zbekiston MET» AJ kasaba uyushma konferensiyasi chaqirildi va 22 ta filiallardan va tarkibiy bo‘linmalardan kelgan 44 nafar delegatlar Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi a'zolarini, qo‘mita raisi, rais o‘rinbosari va taftish komissiyasini saylashdi. Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi o‘z tasarrufiga 22 ta boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalarini birlashtirgan bo‘lib, jami 4433 nafar kasaba uyushma a'zolari, shu jumladan 1002 nafar ayollar va 1035 nafar yoshlardan iborat.
«O‘zbekiston MET» AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi, «Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida»gi va nodavlat-notijorat tashkilotlar faoliyatini tartibga soluvchi boshqa Qonunlar, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda tarmoq kasaba uyushmalari Ustavlariga muvofiq olib boradi.
Quyidagilarga erishish Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining asosiy maqsadi hisoblanadi:
Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi o‘z maqsadlariga erishish uchun o‘zining saylab qo‘yiladigan va kollegial organlari orqali:
2019-yilda Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining ishtiroki bilan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ va O‘zbekiston energetika xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi o‘rtasida jamiyat oldida turgan vazifalarni hal qilishda ijtimoiy sheriklik tamoyili ostida konstruktiv hamkorlikni ta'minlash va bozor munosabatlari sharoitida jamiyat mehnatkashlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish maqsadida 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan Tarmoq Kelishuvi (tarif) tuzildi va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2019-yil 29-avgustda 429-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi.
2019-2021-yillarga mo‘ljallangan Tarmoq Kelishuviga asosan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ va Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasi tuzildi va 2019-yil 17-sentabrda jamoa konferensiyasida tasdiqlandi.
Jamoa shartnomasi 16 bobdan iborat: ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi lokal normativ hujjatdir. Ushbu yangi jamoa shartnomasida avvalgi shartnomada nazarda tutilmagan ko‘plab imtiyoz va kafolatlarni kiritishga muvaffaq bo‘lindi.
Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tasarrufidagi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari tomonidan 2019-yil davomida ko‘plab madaniy-ma'rifiy tadbirlar, shu jumladan teatr, konsert dasturlari, sirk va istirohat bog‘lariga xodimlar va ularning oila a'zolari tashriflari uyushtirildi.
Xodimlar va ularning oila a'zolarida Vatanga muhabbat, vatanparvarlik hislarini shakllantirish maqsadida Respublikamizning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor qadamjolari — Xiva, Buxoro va Samarqand shaharlariga sayohatlarga 32 nafar xodimlar olib borildi. Ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha «Chorvoq oromgohi» va «Chimyon» tog‘ zonalariga 150 nafar xodimlar sayohatga olib chiqildi.
Jamiyat xodimlarining 100dan ortiq farzandlariga «Chotqol» bolalarni sog‘lomlashtirish lageriga yo‘llanmalar berilib, sog‘liklari tiklandi.
Bayramlar munosabati bilan jamoalarda bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Barcha filiallar va tarkibiy bo‘linmalarda Yangi-yil bayrami va 22 dekabr — kasb bayrami tadbirlari tashkil etildi. Bu tadbirlarga energetika tizimi rivojiga samarali mehnatini qo‘shgan Energetika faxriylari taklif qilindi. Yangi-yil bayrami munosabati bilan jamiyat xodimlarining 4595 nafar farzandlariga yangi-yil sovg‘alari berildi.
Har bayramlar arafasida kam ta'minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oila vakillariga moddiy yordam ko‘rsatildi. 1-sentyabr o‘quv-yili arafasida 50 dan ziyod kam ta'minlangan oila farzandlariga o‘quv-qurollari xarid qilindi.
Xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida sportning shaxmat-shashka, stol tennisi va minifutbol turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Sovrinli o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Yoz oylarida xodimlar va ularning oila a'zolarini sog‘lomlashtirish uchun basseynlarga 600 dan ortiq abonementlar tarqatildi. Xodimlar minifutbol bilan shug‘ullanishlari uchun futbol maydonlari arendasi mablag‘lari to‘lab berildi.
Xodimlar va ularning oila a'zolarini sog‘liklarini tiklash ishlariga ham alohida e'tibor qaratildi. 2019-yil davomida Farg‘ona viloyatidagi «Nurafshon» sihatgohida 110 dan ziyod xodimlar va ularning oila a'zolari, energetika faxriylari sog‘liklarini tiklashdi. Namangan viloyatidagi «Nurchi» dam olish uyida ham 150 nafardan ortiq xodimlar va oila a'zolari 12 kunlik va 2 kunlik hordiq olishlari ta'minlandi.
Xodimlar va ularning oila a'zolariga kasaba uyushmalariga qarashli Respublikadagi «Turon», «Xumson», «Zomin», «Oqtosh», «Chortoq», «Botanika» va «Chinobod» sihatgohlariga 26 ta, «Chorvoq oromgohi», «Navro‘z», «Kumishkon» dam olish uylariga 13 ta imtiyozli — 45 foizlik yo‘llanmalar ajratildi.
Mehnat muhofazasi tadbirlariga og‘ishmay rioya qilinishi borasida texnika xavfsizligi kitoblari xarid qilindi va filiallarga tarqatildi. «Nurafshon» sihatgohining badiiy kutubxonasi yangi adabiyotlar bilan to‘ldirildi.
Respublikaning ommaviy axborot vositalari gazeta va jurnallarga 2020-yil uchun «Ishonch», «Ishonch-Doverie», «Darakchi» va boshqa gazetalarga obunalar tashkil qilindi.
2020-yilda ham «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan barcha sa'y-harakatlarini amalga oshirishda kuch va imkoniyatlarini ishga solgan holda xizmat qiladi.
Nodira Xidirova, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
Kanalga a'zo bo‘ling! t.me/uzmetaxborotxizmati