Yangiliklar
2020-YIL SARHISOBI: ELEKTR TARMOQLARINING ISTIQBOLLI QURILISH DASTURLARI SHAKLLANTIRILMOQDA (№14)
  • 12.02.2021
  • 1038

   "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati Markaziy boshqaruv apparati tarkibidagi kapital qurilish, smeta va loyihalarni ekspertiza qilish boshqarmasi aksiyadorlik jamiyatining mintaqaviy elektr tarmoqlarini qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash va ob'ektlarni moliyalashtirish hamda ularni amalda bajarilishi, shuningdek elektr tarmoqlarining istiqbolli qurilish dasturlarini shakllantirilishini nazorat qiladi.

 

   Boshqarma magistral elektr tarmoqlarda olib borilayotgan loyiha-qidiruv ishlari, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirilishi va o'z vaqtida moliyalashtirilishi ustidan monitoring faoliyatini yuritadi.

   Shuningdek, mazkur boshqarma "O'zbekiston MET" AJ tarkibiy korxona va bo'linmalaridan loyihaning bajarilishini nazorat qilish jarayonida pudratchi tashkilotlarning shartnoma majburiyatlarini, zarur bo'lganda, shartnomada nazarda tutilgan sanksiyalarni taqdim etishni talab qiladi.

   Boshqarma O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, topshiriq va farmoyishlari hamda shaharsozlik arxitektura normalari va xavfsizlik qoidalari, shu bilan birga boshqa normativ hujjatlar asosida ish olib boradi.

 

   2019-yil 2-oktabrda O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan loyihalarni tarmoq ekspertizasidan o'tkazish guvohnomasi olindi va boshqarma tomonidan 2020-yilda quyidagi loyihalarga tarmoq ekspertizasi taqdim etildi:

§ "Pop–Namangan–Andijon temiryo'l liniyasini elektrifikatsiyalash" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan "Qizil-Rovot" va "Haqqulobod" podstansiyalari oralig'ida 110 kVli yuqori kuchlanishli havo tarmog'i qurilishi" loyihasi;

§ "Navoiy IES" va "Ximiya" podstansiyasi oralig'ida 220 kVli yuqori kuchlanishli havo tarmog'i qurilishi" loyihasi;

§ Sirdaryo viloyatining "Sirdaryo erkin iqtisodiy zonasi" tarkibidagi Shirin shahrida tashkil etilgan "Wang Da Rolling Steel" MCHJ qo'shima korxonasi "metalni qayta ishlash zavodi" loyihasining tashqi elektr energiyasi bilan ta'minlash" loyihasi;

 

§ "Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish" loyihasi doirasida "Saodat" va Adolat" podstansiyalar uchun akkumlyator batareyalarini o'rnatish loyihasi;

§ "500 kVli Surxon–puli-Xumri (Xo'ja-Alvon) elektr uzatish tarmog'ini qurish" (O'zbekiston Respublikasi hududi) loyihasi;

§ "220/110/10 kv "Saribozor" podstansiyasida mavjud 63 MVA avtotransformatorlarni 125 MVA avtotransformatorlariga almashtirish" loyihasi;

§ "Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish" loyihasi doirasida "Yulduz" podstansiyada qo'shimcha bino qurilishi loyihasi;

§ "Sirdaryo IES"dan "Metallurgiya"–"Pechnaya" podstansiyalarigacha 220 kVli ikki zanjirli yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog'ini qurish" loyihasi;

§ "220/110/10 kVli "Saribozor" PSda 110 kVli OTQni kengaytirish hamda 2 dona 110 kVli "Karaman–1" va "Karaman–2" tarmoq yacheykalarini yangidan o'rnatish" loyihasi;

 

§ "500 kv "G'uzor" PSdan chiquvchi loyihalashtirilayotgan podstansiya oralig'ida 110 kVli (220kV o'lchamli) elektr uzatish tarmog'ini qurish" loyihasi;

§ "Navoiy IES"dan 220 kVli "Besopan" o'chirib-yoqish punktigacha 177 km uzunlikdagi 220 kV bo'lgan elektr uzatish tarmog'ini 500 kV gabaritda qurish" loyihasi;

§ "220/110/10 kVli "Sardor" PSda 110 kVli OTQni kengaytirish hamda 110 kVli "L-Park-Istiqlol" tarmoq yacheykalarini yangidan o'rnatish" loyihasi.

   O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-yanvardagi "O'zbekiston Respublikasining 2020-2022-yillarga mo'ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4563-son qaroriga asosan "O'zbekiston MET" AJ tomonidan 2020-yilda umumiy qiymati 703,4 mln.doll. bo'lgan 8 ta yirik investitsiya loyihalar bo'yicha barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 121,3 mln.doll. mablag' o'zlashtirish rejalashtirilgan edi.

 

   Shundan,

Chet el mablag'lari hisobidan – 43,9 mln. AQSh doll.;

Taraqqiyot va tiklanish jamg'armasi (FRR) – 16,5 mln. AQSh doll.;

"O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ ning o'z mablag'lari – 60,9 mln. AQSh doll.

   2020-yilda 3 ta ob'ektda qurilish-montaj ishlari yakunlanib, ishga tushirildi hamda ishchi hay'at dalolatnomasi tasdiqlandi.

 

   Shu bilan birga, 2020-yil davomida boshqarma xodimlari bevosita ish olib borgan quyidagi investitsion loyihalarni sanab o'tish mumkin:

   1. Loyiha nomi: "Toshkent metallurgiya zavodining tashqi elektr ta'minoti ob'ektlarini qurish" investitsion loyihasi

   Huquqiy asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ–3638-sonli qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-iyundagi VMQ–540-sonli qarori;

   Hududiy qamrovi: Toshkent shahri Sirg'ali tumani hamda Toshkent viloyati Yuqorichirchiq, O'rtachirchiq, Quyichirchiq, Yangiyo'l va Zangiota tumanlari.

   Loyiha qiymati: 29,022 mln. AQSh dollari hisobida;

   Loyiha maqsadi: "Toshkent metallurgiya zavodi" yirik sanoat korxonasi, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining poytaxt bilan chegaradosh hududlarida istiqomat qiluvchi aholi hamda ishlab chiqarish ob'ektlarini elektr energiyaga bo'lgan ehtiyojini to'laqonli qondirish;

   Loyiha natijasi: loyihaning qurilish-montaj ishlari 2020-yil may oyida to'liq yakunlandi. Loyiha doirasida dastlab 220 kV li "Qo'yliq" va "Adolat" podstansiyasi oralig'ida kesma tugun hosil qilindi (Toshkent viloyatining Yik-ota mavzesida), so'ngra umumiy uzunligi (2x23) 46 km bo'lgan "kirish-chiqish" yuqori kuchlanishli elektr tarmog'i qurilib, 220 kVli "Sirg'ali" podstansiyasiga 2 dona 200 MVA quvvatli transformatorlar o'rnatildi. Qurilish-montaj ishlari olib borilgan hududlarda obodonchilik ishlari olib borilib, yangi, zamonaviy podstansiyaning estetik qiyofasi yaxshilandi.

 

   2. "500 kV Surxon–puli-Xumri (Xo'ja-alvon) elektr uzatish tarmog'ining qurilishi" (O'zbekiston Respublikasi hududida) loyihasi

   Huquqiy asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-fevraldagi PQ-3531-sonli qarori va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-noyabrdagi VMQ-157-sonli qarori;

   Hududiy qamrovi: Surxondaryo viloyati;

   Loyiha qiymati: 32,0 mln. AQSh dollari hisobida;

   Loyiha maqsadi: Afg'oniston Islom Respublikasi bilan qo'shnichilik munosabatlarni yaxshilash va rivojlantirish, Afg'oniston Islom Respublikasi iqtisodiyotini rivojlanishiga va halqining turmush farovonligini oshirishga hissa qo'shish, Afg'oniston Islom Respublikasiga elektr energiya eksportini oshirish, "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan Afg'oniston energetika tizimining texnikaviy qo'llab-quvvatlash, Afg'oniston energetika tizimini O'zbekiston va Markaziy Osiyo energetika tizimiga ulash uchun texnik sharoitlar yaratish;

   Loyiha natijasi: Loyiha doirasida 45 km uzunlikdagi 500 kV havo liniyasi qurilish ishlari yakunlandi, ishchi hay'at dalolatnomasi rasmiylashtirildi. 500 kV "Surxon" podstantsiyasida tarmoq portallari o'rnatildi. Qurilish-montaj ishlari olib borilgan hududlarda obodonchilik ishlari olib borilib, estetik qiyofasi yaxshilandi.

 

   3. Xorazm viloyatida "Taxiatosh IES"dan "Xorazm" podstansiyasi orqali Sarimoy aholi punktigacha 220 kV havo liniyasining qurilishi" loyihasi

   Huquqiy asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-iyundagi PQ-2541-sonli qarori;

   Hududiy qamrovi: Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm va Navoiy viloyatlari;

   Loyiha qiymati: 258,5 mln. doll. AQSh dollari hisobida;

   Loyiha maqsadi: Xorazm viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasi aholisini uzliksiz elektr energiyasi ta'minlash, Navoiy viloyati yirik sanoat korxonalari tashqi ob'ektlarini elektr energiyasi bilan ta'minlash ishonchliligini oshirish;

   Loyiha natijasi: 220 kV li "Taxiatosh IES"–"Xorazm" PS–Sarimay aholi yashash punkti EUL kurilishi 363,8 km uzunlikdagi 220 kV xavo liniyasi va 220/500 kVli "Sarimay" o'chirib-yoqish punktini qurish ishlari yakunlandi. Qurilish-montaj ishlari olib borilgan hududlarda obodonchilik ishlari olib borilib, zamonaviy o'chirib-yoqish punktining estetik qiyofasi yaxshilandi.

   "O'zbekiston MET" AJ o'z navbatida respublika iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va biznes sub'ektlari hamda aholi tomonidan elektr energiyasiga bo'lgan talabni ortib borayotgan qismini to'liq qoplash maqsadida, 2019-2022-yillarda jamiyat tasarrufidagi elektr tarmoqlarini modernizatsiya hamda rekonstruksiya qilish ishlarini jadal olib bormoqda.

   Xususan, 2020-yilda modernizatsiya va rekonstruksiya dasturi asosida jami 12 ta podstansiyada qo'shimcha 1542 MVA o'tkazuvchanlik quvvati yaratildi.

 

   Jumladan modernizatsiya dasturi asosida 11 ta podstansiyada qo'shimcha 1142 MVA o'tkazuvchanlik quvvati, ya'ni:

Ø Andijon viloyatida "Yulduz" PS – 1 dona (200 MVAli) 75 MVA;

Ø Farg'ona viloyatida "Sokin" PS – 1 dona (200 MVAli) 75 MVA, "o'zgarish" PS – 1 dona (250 MVAli) 250 MVA;

Ø Jizzax viloyatida "Sari-Bozor" PS – 2 dona (125 MVAli) 124 MVA;

Ø Surxondaryo viloyatida "Denov" PS – 2 dona (63 MVAli) 66 MVA,

PS "Sherobod" – 2 dona (40 MVAli) 54 MVA;

Ø Toshkent viloyatida "Adolat" PS – 2 dona (250 MVAli) 100 MVA;

Ø Toshkent shahri "Yuksak" PS – 2 dona (63 MVAli) 23 MVA, "Qo'yliq" PS – 2 dona (200 MVAli) 150 MVA;

Ø Buxoro viloyatida "Buxoro" PS – 2 dona (200 MVAli) 150 MVA;

Ø Xorazm viloyatida "Xorazm" PS – 1 dona (200 MVAli) 75 MVA.

 

   Yangilash dasturi asosida Toshkent viloyati aholisi va tadbirkorlik sub'ektlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida yangi 2 dona (200 MVAli) yuqori kuchlanishli transformatorlari o'rnatilib, qo'shimcha quvvati 400 MVA "Sergeli-220" PS ishga tushirildi.

   Bundan tashqari, dastur doirasida quyidagi birlamchi uskunalar magistral elektr tarmoq filiallarida o'rnatildi:

   "Toshkent MET" filiali:

Ø Elegaz o'chirgich 110 kV – 11 dona.

   "Buxoro MET" filiali:

Ø Elegaz o'chirgich 110 kV – 10 dona;

Ø Elegaz o'chirgich 220 kV – 10 dona;

Ø 110 kVli tok transformatori – 30 dona;

Ø 220 kVli tok transformatori – 30 dona.

 

   "Navoiy MET" filiali:

Ø Elegaz o'chirgich 110 kV – 10 dona;

Ø Elegaz o'chirgich 220 kV – 3 dona;

Ø 220 kVli tok transformatori – 18 dona.

   "Samarqand MET" filiali:

Ø Elegaz o'chirgich 110 kV – 12 dona;

Ø Elegaz o'chirgich 220 kV – 8 dona;

Ø 110 kVli tok transformatori – 26 dona;

Ø 220 kVli tok transformatori – 34 dona.

   "Qashqadaryo MET" filiali:

Ø Elegaz o'chirgich 220 kV – 4 dona;

Ø 220 kVli tok transformatori – 12 dona.

 

   "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJda 2021-yilda amalga oshirilgan investitsiya dasturlari to'g'risida ma'lumot

   O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasining 2021-2023-yillarga mo'ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4937-sonli qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida 2021-yil 5-yanvarda "O'zbekiston MET" AJ 5-sonli buyrug'i ishlab chiqildi.

   2021-yil umumiy qiymati 124,0 mln AQSh dollar (1 351,6 mlrd. so'mli) 10 ta loyiha amalga oshirilishi ko'zda tutilgan, jumladan:

Soha mablag'lari hisobidan – 16,59 mln AQSh dollar (180,9 mlrd. so'mli);

Davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar – 107,4 mln AQSh dollar (1 170,7 mlrd. so'm).

   Joriy yil yakuniga qadar umumiy qiymati 58,0 mln.dollarli 3 ta loyihalar ishga tushirilishi rejalashtirilgan, jumladan:

- "O'zbekiston Respublikasining hududida joylashgan 500 kv "G'uzor–Regar" (L-507) yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog'ini tiklash" investitsiya loyihasi qiymati 14,7 mln.doll.

- "500 kv Surxon–Puli-Xumri (Xo'ja-alvon) elektr tarmog'ini qurish loyihasi doirasida 500kvli "Surxon" PSdagi Otqni kengaytirish" investitsiya loyihasi qiymati 32,0 mln.doll.

- "Pop–Namangan–Andijon elektrlashtirilgan temiryo'l liniyasining tashqi ob'ektlarini elektr ta'minoti bilan ta'minlashda tayanch podstansiyasini qurish" investitsiya loyihasi qiymati 11,22 mln.doll.

 

   2021-yilda podstansiyalarni modernizatsiya qilish hisobiga quvvatni jami 1 554 MVA oshirish rejalashtirilgan, shu jumladan:

Ø Qashqadaryo viloyatida – 200 MVA;

Ø Buxoro viloyatida – 111 MVA;

Ø Samarqand viloyatida – 105 MVA;

Ø Navoiy viloyatida – 246 MVA;

Ø Farg'ona viloyatida – 200 MVA;

Ø Toshkent shahrida – 75 MVA;

Ø Surxondaryo viloyatida – 143 MVA;

Ø Xorazm viloyatida – 75 MVA;

Ø Toshkent viloyatida – 150 MVA;

Ø Jizzax viloyatida – 124 MVA;

Ø Qoraqalpog'iston Respublikasida – 125 MVA.

 

   Kapital qurilish, smeta va loyihalarni ekspertiza qilish boshqarmasida jami 10 nafar xodimlar ish olib boradi. Jamiyatimiz tomonidan o'tkazilayotgan barcha tadbirlarda boshqarma xodimlari faol qatnashib kelmoqdalar. 2020-yil o'tkazilgan sport musobaqalarida boshqarma qizlari sovrinli o'rinlarni egallab, Jamiyat ma'muriyati tomonidan taqdim etilgan sovrinlarga ega bo'ldilar.

 

   2020-yil 22-dekabr energetiklar kuni munosabati bilan boshqarma xodimasi R.Azimova energetika sohasida kamtarona xizmatlari uchun "MDH mamlakatlari energetika faxriysi" unvoni bilan taqdirlandi.

   "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati Markaziy boshqaruv apparati tarkibidagi kapital qurilish, smeta va loyihalarni ekspertiza qilish boshqarmasi energetika sohasida, xususan elektr energetika tarmog'idagi kapital qurilishlar, smeta va loyihalarni jahon standartlari asosida tayyorlashga o'zining munosib hissasini qo'shib kelayotganidan faxrlanadi.

   Hurmat bilan,

   "O'zbekiston MET" AJ kapital qurilish, smeta va loyihalarni ekspertiza qilish boshqarmasi jamoasi


"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

Kanalga a'zo bo`lish uchun https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>