OAV va jamoatchilik bilan ishlash
2020-YIL SARHISOBI: Axborot xizmati tomonidan hayotimizdagi muammo va hodisalarga tezkor munosabat bildirilmoqda (№ 2)
  • 07.01.2021
  • 595

   «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining Axborot xizmati (matbuot kotibi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining topshiriq va ko‘rsatmalariga binoan 2020-yil davomida OAV hamda keng jamoatchilik e'tiboriga e'lon qilingan elektron axborotlar: iqtisodiy-moliyaviy hisobotlar va boshqa statistik ma'lumotlar, shuningdek modernizatsiya-rekonstruksiya va qurilish-montaj ishlari, investitsion loyihalarni amalga oshirish ko‘rsatkichlari, davlat xaridlari hamda elektr energiyasini yuqori kuchlanishli podstansiya va elektr uzatish tarmoqlari orqali transportirovka qilish hajmi, shu bilan birga, Jamiyatning madaniy, ma'naviy-ma'rifiy hayoti, ishchi-xodimlarga yaratilayotgan sharoitlar, fuqarolar murojaati, adliya xabarlari va huquqiy axborot, bo‘sh ish o‘rinlari, tender va tanlov natijalari hamda boshqa ma'lumotlarni belgilangan tartibda Jamiyatning rasmiy veb-sayti uzbekistonmet.uz va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga (Telegram, Facebook, Twitter, Instagram, UTube) joylashtirib bormoqda.

   Shu bilan birga, elektron hisobotlar, ya'ni faoliyatning ochiqligi va shaffofligini ta'minlashga qaratilgan tahliliy maqola, rasmiy bayonot, o‘tkazilgan matbuot anjumanlari va brifinglarda so‘ralgan savollarga javoblar, xabar va jadvali shaklidagi ma'lumotlarda aks etmoqda.

  

   «...Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash maqsadida o‘tgan bir yil davomida ko‘plab vazirlik va idoralarda axborot xizmatlari zamon talablari asosida qaytadan, 201 ta tuman va shahar hokimliklarida esa birinchi marta tashkil etildi.

   Ana shu xizmatlar tomonidan ijtimoiy jarayonlar haqida ishonchli axborot berish maqsadida matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etilmoqda, hayotimizdagi muammo va hodisalarga tezkor munosabat bildirilmoqda, ularning veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar, mobil messenjerlardagi sahifalari yangilab borilmoqda.

   Oxirgi yillarda mamlakatimizda katta auditoriyaga ega bo‘lgan qariyb 290 ta xususiy va idoraviy Internet nashrlari tashkil etildi. Ular boshqa materiallar qatorida eng muhim rasmiy axborotlar, normativ-huquqiy hujjatlarni o‘zbek, rus va ingliz tillarida tarqatmoqda.

   Eng asosiysi, ommaviy axborot vositalari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarish va yangilanish jarayonlarini har tomonlama tahlil qilib, joylardagi ijtimoiy muammolar, xato va kamchiliklarga davlat idoralari va jamoatchilik e'tiborini qaratayotganini alohida qayd etish lozim.»

Shavkat Mirziyoyev,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Manba: https://president.uz/oz/

 

   Ma'lumot o‘rnida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son qaroriga asosan Jamiyat boshqaruvi raisining 2019-yil 3-iyuldagi 29-sonli buyrug‘iga binoan «O‘zbekiston MET» AJ tarkibida Axborot xizmati tashkil etilgan; Jamiyat boshqaruvi raisining 2019-yil 23-avgustdagi 66/k-sonli buyrug‘i bilan Axborot xizmati rahbari, ya'ni Jamiyat boshqaruvi raisining matbuot kotibi ― axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi tayinlangan.

   Axborot xizmati rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining dastlabki suhbat sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan, bu haqda Jamiyat boshqaruvi raisi nomiga tavsiyanoma xati taqdim etilgan.

   Axborot xizmatida Jamiyat shtat jadvaliga muvofiq bir nafar mutaxassis (xizmat rahbari) mehnat faoliyatini olib boradi, unga texnik ta'minot bo‘yicha yordamchilar, ya'ni veb-saytga ma'lumotlarni joylashtirish uchun «Energo–IT» filialining ikki nafar xodimi biriktirilgan.

   Axborot xizmati rahbariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining attestatsiyasidan o‘tganligi to‘g‘risida 000010-sonli guvohnoma berilgan.

   Shuningdek, Aksiyadorlik jamiyati markaziy bosma va elektron matbuot nashrlariga, shu bilan birga, energetika, xususan elektr energetika sohasidagi ilmiy-amaliy va MDH davlatlarida chop etiladigan muhandislik yo‘nalishidagi davriy nashrlariga obuna tashkil etgan, Jamiyat kutubxonasida 40 mingga yaqin turli janrdagi adabiyotlar mavjud, ishchi-xodimlarga uzluksiz internet va mobil aloqa sharoitlari yaratilgan.

   «O‘zbekiston MET» AJning rasmiy veb-sayti: uzbekistonmet.uz va uning ijtimoiy tarmoqdagi (Telegram, Facebook, Twitter, Instagram, UTube) sahifalari barqaror faoliyat yuritmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar — media makonda Jamiyat faoliyatiga tegishli negativ ma'lumotlarga zudlik bilan munosabat bildirilib, tegishli tartibda tahliliy maqola, xabar va ma'lumotlar e'lon qilib borilmoqda.

   Jamiyat veb-saytida «MUROJAATLAR» nomli rukn tashkil etilgan bo‘lib, unda internet foydalanuvchilari (iste'molchilar, tadbirkorlar) o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita muloqotga kirishish imkoniyatiga ega.

   Boshqaruv raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jamiyat rahbariyatining topshiriqlari, Axborot xizmati Nizomi, Matbuot kotibi yo‘riqnomasi va Agentlik ko‘rsatmalariga binoan OAV hamda jamoatchilik bilan ishlash faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.

   Shuningdek, Jamiyatning uzbekistonmet.uz veb-saytiga:

   8 ta O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari http://uzbekistonmet.uz/oz/

   25 ta Prezident Qarorlari http://uzbekistonmet.uz/oz/

   12 ta Prezident Farmonlari http://uzbekistonmet.uz/oz/

   12 ta Vazirlar Mahkamasi qarorlari http://uzbekistonmet.uz/oz/

   7 ta Normativ hujjatlar  http://uzbekistonmet.uz/oz/

   2 ta Xalqaro hujjatlar http://uzbekistonmet.uz/oz/

   joylashtirilgan.

   Shu bilan birga, muhokamadagi qaror loyihalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havolalar berilgan bo‘lib, uzbekistonmet.uz veb-saytining «Yangiliklar» ruknidagi maqola, e'lon va ma'lumotnomalarda huquqiy axborot (qonunchilikdagi yangiliklar) berib boriladi. Bundan tashqari, Jamiyatning rasmiy telegram kanalida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” maxsus ilovasidagi sohaga taalluqli ma'lumotlar tez-tez qayta e'lon (repost) qilib turiladi.

   «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy telegram kanalida ("O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ t.me/uzmetaxborotxizmati) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirig‘iga binoan 3 ta ISHONCH RAQAMI: Yagona telefon (Axborot xizmati) 71/236-68-08; Ishonch raqami (jismoniy va yuridik shaxslar murojaati bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi raqami) 71/208-56-46; Devonxona (Ijro intizomini nazorat qilish va ishlarni yuritish boshqarmasi) 71/236-6865 telefon raqamlari ishlab turibdi.

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Monitoring markazi tomonidan taqdim etilgan materiallar tahlili, mediamakondagi negativ ma'lumotlarga tegishli tartibda munosabat bildirish amaliyoti muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.

   Shu bilan birga, elektr ta'minotidagi nosozliklar, ta'minotdagi uzilishlar, iste'molchilarning to‘lov majburiyatlari, to‘lov madaniyati yuzasidan targ‘ibot ishlarida elektr energiyasi iste'molchilari bilan bevosita ishlaydigan turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ faoliyatiga Axborot hamkori sifatida ko‘mak berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining muhim xabarlari ham tegishli tartibda «O‘zbekiston MET» AJning ijtimoiy tarmoq sahifalarida qayta e'lon qilinadi.

 

E'tiboringizga «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati tomonidan 2020-yil media-rejasiga asosan amalga oshirilgan ishlar: tahliliy maqolalar, sohaga oid xabarlar, Jamiyat faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflik siyosati, bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot-ma'lumotnomalar haqida qisqacha ma'lumotlar (havolalari bilan) taqdim etiladi:

 

 U.P.Urunov,  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati

Axborot xizmati rahbari

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>