Yangiliklar
2019-YIL SARHISOBI: «JAMIYAT FAOLIYATINING HUQUQIY ASOSLARI — TARAQQIYOT SARI ODIMLASHDAGI ISHONCHLI QADAMLARGA TENG»
  • 05.02.2020
  • 1022

     «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati va uning quyi tizimlarida 11 ta oliy ma'lumotli va 2 ta o‘rta maxsus ma'lumotga ega jami, 13 ta yuriskonsultlar faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarori orqali davlat tashkilotlari yuridik xizmati uchun belgilangan vazifalar bajarib kelinmoqda.

 

     2019-yilda Jamiyatning yuridik boshqarmasi tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirildi. Xususan, boshqaruv raisi va o‘rinbosarlari tomonidan 258 ta buyruqlar, 182 ta ko‘rsatmalar hamda XDFU 214 ta hujjatlar huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, ularning qonuniyligi o‘rganilgandan so‘ng rahbarlar tomonidan imzolashga tavsiya qilingan. Shuningdek, rasmiy hujjatlarning 50 dan ortig‘i amaldagi qonunchilikka muvofiqlashtirish, xato va kamchiliklarini baratarf etish uchun qaytarilgan.

     Shartnomalar va yuridik xususiyatga ega bo‘lgan 318 ga yaqin boshqa hujjatlarning loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, tuzishga tavsiya etilgan.

     Xususan, 2019-yil 13-sentabr kuni «O‘zbekiston MET» AJ va «Tutly Solar» MChJ o‘rtasida «Samarqand viloyatida 100 MVt quyosh elektr stansiyasini tashkil etish» bo‘yicha hamda 2019-yil 13-dekabr kuni «O‘zbekiston MET» AJ va «Abdu Dhabi Future Energy Cjmpany PJSC-Masdar» o‘rtasida «Navoiy viloyatida 100 Mvatt fotoelektr stansiyasi»ni tashkil etish yuzasidan yirik shartnomalar imzolangan.

"O'zbekiston MET" AJ va "Abdu Dhabi Future Energy Company PJSC-Masdar" o'rtasida shartnoma imzolash jarayonidan lavhalar

     Shu bilan birga, Jamiyatning Qonun-norma ijodkorligi faoliyatida ishtirok etib, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida tarkibiy bo‘limlar bilan hamkorlik o‘rnatib, ularning bu boradagi faoliyati muvofiqlashtirib kelinmoqda.

     Boshqaruv raisining matbuot kotibi hamkorligida Jamiyat tizim korxonalarida xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirib, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati yetkazib berilmoqda, shu maqsadda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda targ‘ibot ishlari rejasi tuzilib, ijro qilinib kelinmoqda.

     Masalan, 2019-yilning 5-dekabr kuni Respublika miqyosidagi 14 ta magistral elektr tarmoq filiallari vakillari, tibbiy-sanitariya qismlari, Jamiyat tasarrufidagi pudratchi korxonalar rahbarlari, o‘rinbosarlari, bosh hisobchilar va boshqa mansabdor shaxslar ishtirokida «Korrupsiyaga qarshi kurash, biznes etika va shaffoflik» mavzusida video-seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.

"Korrupsiyaga qarshi kurash, biznes etika va shaffoflik" mavzusida video-seminar

     Bugungi kunda boshqarma Jamiyatning quyi tizimlari yuridik xizmati xodimlarining ishlarini monitoring qilish hamda amalga oshirilayotgan ishlarini tahlil qilib kelmoqda.

     Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, shu kunga qadar filial yuriskonsultlari tomonidan fuqarolarning muhofaza hududiga o‘zboshimchalik bilan 237 ta qurilgan obyektlari aniqlanib, ulardan  229 tasiga ogohlantirish xatlari berilgan. Shulardan 9 tasi ogohlantirish xati olgandan so‘ng obyekt egasi tomonidan buzildi.

     Shuni alohida ta'kidlash joizki, qolgan 200 tadan ortiq obyektlar yuzasidan mahalliy davlat hokimyatiga arizalar yuborildi. 20 tadan ortig‘iga joylardagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlariga da'vo tartibida arizalar kiritilib, ulardan 14 tasi sud qaroriga asosan joylardagi MIBga qaratilgan holda 7 ta obyektlar buzdirilishi ta'minlangan.

     Bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 15 dan ortiq ariza hamda shikoyatlar joyiga chiqib qonuniy hal qilindi.

     Boshqaruv raisi va o‘rinbosarlari tomonidan 20 nafarga yaqin fuqarolarning qabul qilinishida ishtirok etib, ushbu fuqarolarga yuridik maslahatlar berildi.

     2019-yilda samarali faoliyat yuritgan «O‘zbekiston MET» AJ tarkibidagi Yuridik boshqarmasi 2020-yilda ham o‘z faoliyatida izchillik va samaradolik tamoyili asosida ish faoliyatini davom ettirish niyatida. Negaki, soha faoliyatining huquqiy asoslari mazkur boshqarma faoliyatida mustahkamlanib, taraqqiyot sari odimlashdagi ishonchli qadamlarda ko‘rinadi.

 

Sherzod Axmedov,

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ

 Yuridik boshqarmasi boshlig‘i 

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Kanalga a'zo bo‘ling! t.me/uzmetaxborotxizmati

>