"O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 martdagi "O'zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog'ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to'g'risida"gi PQ-4249-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Aksiyadorlik jamiyati O'zbekiston Respublikasi energetika vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.
"O'zbekiston MET" AJ Axborot xizmati tomonidan joriy yilning sentabr-dekabr oylarida amalga oshirilgan ishlar ro'yxati:
Axborot xizmati rahbari, ya'ni boshqaruv raisining matbuot kotibi ― axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi lavozimiga Urunov Ulug'bek Pulatovich tayinlandi (23.08.2019 yildagi 66/k-sonli buyruq)
1. Aksiyadorlik jamiyatining yangi logotipi yaratildi va ushbu logotip "O'zbekiston MET" AJning barcha boshqarma, bo'lim, filial va xizmatlar faoliyatida keng qo'llanilishi ta'minlandi;
Mazkur logo "O'zbekiston MET" AJ ning imijini yaratish, tashkilot blankasi va muhrida aks ettirish, uzbekistonmet.uz veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida foydalanish maqsadida ishlatiladi
2. "O'zbekiston MET" AJ ning rasmiy veb sayti — uzbekistonmet.uz ishga tushdi. Undagi 30 dan ortiq ruknlarga 170 dan ziyod ma'lumotlar o'zbek tili kirill hamda lotin grafikasida, shuningdek, rus va ingliz tillariga tarjima qilinib joylashtirildi;
uzbekistonmet.uz veb-sayti shartnoma asosida "Yagona integrator Uzinfocom" MCHJ tomonidan yaratilgan bo'lib, uning texnik ta'minoti axborot xizmati ishtirokida jamiyat tasarrufidagi "Energo IT" tashkiloti xodimlari tomonidan amalga oshiriladi
3. Aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati bir nechta brifing, matbuot anjumanlari, o'quv-seminar kurslari, teleko'rsatuvlar va davra suhbatlarida ishtirok etdi va ushbu ishtiroklardan ko'zlangan maqsad va erishilgan natijalar keng jamoatchilikka ma'lum qilib borildi;
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida matbuot kotiblari ishtirokidagi anjumandan fotolavha
"Yuksalish" umummilliy harakati tomonidan tashkil etilgan seminar
4. "O'zbekiston MET" AJ O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi topshirig'iga binoan Toshkent viloyati Bo'ka tumanidagi 4-sonli umumta'lim maktabini rasman o'z otalig'iga oldi. Axborot xizmati o'quv muassasasida turli tadbirlar o'tkazib, jamiyat ma'muriyati ishtirokida homiylik ishlarini amalga oshirdi;
Toshkent viloyati Bo'ka tumanidagi 4-sonli umumta'lim maktabi 315 o'rinli bo'lib, ayni paytda muassasada 481 nafar o'quvchi (1,52 koeffitsentda, 2 smenada) tahsil olishmoqda. Ularga 40 ga yaqin o'qituvchi-pedagoglar ta'lim-tarbiya berib kelishmoqda
O'quv muassasasida 1 oktabr — O'qituvchi va murabbiylar kuni bayrami "O'zbekiston MET" AJ ma'muriyati ishtirokida o'tkazildi
5. Axborot xizmati tomonidan energetika sohasiga taalluqli (o'zbek va rus, qisman ingliz tillarida) 14 ta tahliliy maqola, bevosita "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga tegishli 40 ga yaqin yangiliklar, 200 dan ziyod turli mavzulardagi habarlar, ma'lumot hamda tavsiyalar e'lon qilindi;
6. "O'zbekiston MET" AJ Axborot xizmati Birlashgan kasaba uyushmasi tashkiloti, Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti hamkorligi va Jamiyat mutaxassislari ishtirokida bir nechta o'quv muassasalarida energiya samaradorligi va tejamkorligiga bag'ishlangan uchrashuvlarda ishtirok etdi, turli mavzularda mahorat darslari amalga oshirildi;
Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 17-sonli umumta'lim maktabida o'tkazilgan tadbirdan fotolavha
7. Jamiyatning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari (Telegram, Facebook, Tvitter, Instagram, Youtube hamda Utube) faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Ular orqali sohaga taalluqli 700 dan ziyod xabar va ma'lumotlar mediamakonga tarqatildi, ushbu amaliyotlar, o'z o'rnida, sohaga oid olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, samarasi hamda natijalari xususida jamoatchilikda lozim tushunchalar shakllanishi uchun xizmat qildi;
1. Veb-sahifa: uzbekistonmet.uz 2. Telegram: https://t.me/uzmetaxborotxizmati 3. Facebook: https://www.facebook.com/o'zbekiston-milliy-elektr-tarmoqlari-111830440191533 4. Twitter: https://twitter.com/uzbekistonmet 5. Instagram: https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz
8. Aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati tomonidan "O'zbekiston MET" AJ devonxonasi, veb-sayti hamda ishonch telefoni orqali kelib tushgan 100 dan ortiq murojaatlarga tegishli tartibda javob berilib, ijro intizomi ta'minlandi.
Xorijiy nashrlarda e'lon qilingan noto'g'ri ma'lumotlar yuzasidan raddiya
Fuqarolar murojaatlariga munosabatlar bildirilmoqda...
"O'zbekiston MET" AJ Axborot xizmati