«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi Milliy dispetcherlik markazi O‘zbekiston Respublikasi yagona elektr energetikasi tizimining elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash rejimlarida uzluksiz tezkor-dispetcherlik boshqaruvini amalga oshiradi, shuningdek, yagona elektr energetikasi tizimining boshqa davlatlar elektr energetikasi tizimlari bilan hamkorligini ta'minlaydi.
Milliy dispetcherlik markazining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Bundan tashqari, energetika tizimi elektr xo‘jaligining turli ish sharoitlari, jumladan, yangi uskunalarni ishga tushirish bilan bog‘liq rejimlarni ishlab chiqish, aktiv va reaktiv quvvat oqimlarini taqsimlanish hisob-kitoblarini amalga oshirish, YaET nazorat nuqtalari uchun kuchlanish grafiklarini ishlab chiqib nazoratini olib borish, elektr stansiyalari va energetika tizimi bo‘yicha statik va dinamik turg‘unlikni hisoblash, avariya qarshi avtomatika uchun rejim talablarini ishlab chiqish, tarmoqlarni rivojlantirish, avariyaga qarshi avtomatika bo‘yicha loyihalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish, yuklamani o‘chirishni maxsus avtomatikasi kurilmalarini ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, energetika tizimidagi bajarilayotgan loyihalarda elektr rejimlarga, avtomatikaga (avariyaga qarshi avtomatika) oid masalarni hal qilinishini, uni tahlil qilish va zaruriy tadbirlarni bajarish, kelgusi yil qish va yoz mavsumiga energotizimning kelajak rejimini hisoblash, energotizimda haqiqiy quvvat taqsimlanishini hisoblash, O‘zbekiston energosistemasi obyektlarining normal sxemalarini qayta ko‘rib chiqish va muvofiqlashtirish, ishlab chiqarilayotgan elektr energiyani va quvvat oqimlarini har soatda va kunlik oqimlarni haqiqiy qiymatlarini teleo‘lchov, vattmetr hisoblagichlardan keladigan ma'lumotlar asosida tahlil qilish, avariyani oldini olish avtomatikasi uskunalarining ishini tahlil qilish va statistikasini olib borish va kerakli choralarni qo‘llash, kelgusi kun uchun ishlab-chiqarish va saldo grafiklarini hamda energetik tizim iste'mol buyicha prognoz tayyorlash, iste'mol, ishlab chiqarish va saldo oqimlari bo‘yicha energetik tizim rahbariyatiga ma'lumot tayyorlash, elektr tarmog‘i korxonalari uchun iste'mol bo‘yicha topshiriq tayyorlash va tahlilini olib borish kabi ishlar bilan shug‘ullanadi.
Shuningdek, 2019-yil MDM energetika tizimida yosh malakali kadrlarni tayyorlash jarayonida faol ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasida birinchilardan bo‘lib Milliy dispetcherlik markazi yosh muhandis texnik xodimlaridan besh nafari AQShning USAID agentligi tomonidan ko‘rsatilgan texnik yordam doirasida, elektr rejimlarini hisoblashning DigSILENT PowerFactory zamonaviy dasturida ishlash va rejimlar hisoblash bo‘yicha Ukrainaning «DMCC-Engineering» kompaniyasi tomonidan Toshkent shahrida tashkil etilgan o‘quv seminarlari va kurslarda ishtirok etib, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha malakalarini oshirib maxsus sertifikatlarga ega bo‘lishdi:
Yana mazkur o‘quv seminarlari davomida MDM tomonidan energetika tizimi rejimlarini hisoblashning zamonaviy dasturiy ta'minoti hisoblangan DigSILENT PowerFactory qabul qilib olindi. Mazkur dasturiy ta'minot yordamida energetik rejimlar oson, tezkor va aniq hisoblash ishlari amalga oshirilmoqda.
Abdurashid Mirzayev, Tizim xizmatlari bo‘yicha bosh boshqarma boshlig‘i;
Muzaffar Boboyev, Milliy dispetcherlik markazi boshlig‘i
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
Kanalga a'zo bo‘ling! t.me/uzmetaxborotxizmati