Yangiliklar
O'ZBEKISTON–SAUDIYA ARABISTONI: ENERGETIKA SOHASIDAGI HAMKORLIK YANGI BOSQICHGA KO'TARILMOQDA
  • 24.01.2021
  • 1309

  Yodingizda bo'lsa, 2020-yilning 5-mart kuni Hyatt Regency mehmonxonasida "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi bilan umumiy qiymati 1,2 milliard AQSh dollariga teng bitim imzolangan edi. Hyatt Regency mehmonxonasidagi tantanali marosimda Energetika vazirligi tomonidan yana ikkita investitsion loyihalar imzolangani hamda mazkur loyihalar amaliyotga tatbiq etilayotgani haqida xabar bergan edik. 

   Batafsil:  https://t.me/uzmetaxborotxizmati/1735

  Bugun, 2021-yil 24-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda "ACWA Power" kompaniyasi o'rtasidagi hamkorlik yuzasidan kelishuv va memorandumlarni imzolash marosimi bo'lib o'tdi. Unda "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov ham ishtirok etib, imzolangan investitsiya kelishuvlari bo'yicha "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati nomidan ishlab chiqariladigan energoresurslarning yagona xaridor sifatida xalqaro kelishuv hujjatlarini imzoladi.

   Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/1737

   Bir so'z bilan aytganda, O'zbekiston Respublikasi hamda Saudiya Arabistonining energetika sohasidagi hamkorligi yangi bosqichga ko'tarilmoqda. 2020-yil mart oyida imzolangan kelishuvlar ijrosi yuzasidan O'zbekistonda ekologik toza energiya ishlab chiqarish jarayonini 2500 MVtga oshirish bo'yicha investision loyihalari ijrosi yo'lida uchta asosiy bosqich amalga oshirilmoqda.

  Sirdaryo viloyatida ishlab chiqarish quvvati 1500 MVt bo'lgan issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasini boshlash marosimi ikki mamlakat delegatsiyalari rahbarlari ishtirokida bo'lib o'tdi. So'ng Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi shamol elektr stansiyalari bo'yicha investitsiya kelishuvlari imzolandi.

 

   "Hilton" mehmonxonasining marosimlar zalida o'tkazilgan tadbirda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari — investisityalar va tashqi savdo vaziri S.Umirzakov hamda vazirlik vakillari, O'zbekiston Respublikasi Energetika vaziri A.Sultanov va vazirlik vakillari, "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.Isaqulov va aktsiyadorlik jamiyati mutasaddi xodimlari, Saudiya Arabistoni delegatsiyasi tarkibida Investisiyalar vaziri Xolid bin Abdulaziz Al-Folih, Saudiya Arabistonining O'zbekistondagi elchisi Xisham Mishal Al-Suvaylam, "ACWA Power" kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan va boshqa yuqori martabali mehmonlar, shuningdek, xorijiy hamda mahalliy OAV vakillari ishtirok etishdi.

 

  Alisher Sultonov, O'zbekiston Energetika vaziri:

  "...Tadbirda qayd etilgan bosqichlardan o'tish — biz o'zimizga yuklatilgan majburiyatlarni bajarayotganimizdan dalolat. O'zbekistonda ekologik toza energiya ishlab chiqarishni ko'paytirish amaliyotlari ma'lum vaqt davomida energetika sohasidagi ko'plab maqsadlarga erishishni nazarda tutadi. Rejalarimizning samarali amalga oshirilishi O'zbekistonga yirik miqdordagi investitsiyalarni jalb qilish va mamlakatimizda energetika sohasining barqaror faoliyatiga o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatadi. Energetika vazirligi Saudiya Arabistoni delegatsiyasiga, xususan "ACWA Power" kompaniyasiga hamkorlikda boshlangan ishlar uchun chuqur minnatdorlik izhor etadi. Biz saudiyalik energetiklar bilan uzoq muddatli, samarali hamkorlik qilish niyatidamiz".

 

  "ACWA Power" kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan:

  "...Biz — Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyasi vakillari O'zbekistonning ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlik to'g'risidagi amaldagi bitimiga muvofiq energetika tarmog'ini isloh qilish bo'yicha keng ko'lamli rejalarni amalga oshirishida muhim rol o'ynayotganimiz bilan faxrlanamiz. Bu yo'lda biz bir jamoa bo'lib mehnat qilmoqdamiz, shu sababli men loyiha qurilishi boshlanishi va O'zbekiston hukumati bilan investitsiyaviy bitimlarni imzolash marosimida ishtirok etib, bizga iltifot ko'rsatgan Investitsiyalar vaziri Xolid bin Abdulaziz Al-Folih va Saudiya Arabistonining O'zbekistondagi elchisi Xisham Mishal Al-Suvaylam boshchiligidagi rasmiy delegatsiyaga o'z minnatdorligimni izhor qilmoqchiman.

   Bu — Saudiya Arabistoni Qirolligi va O'zbekiston Respublikasi o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarga rahbariyatimiz tomonidan berilgan yuksak baho bo'ldi. Shuningdek, kamina O'zbekiston Respublikasi hukumati, Energetika vazirligi, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligiga "ACWA Power" kompaniyasining arzon narxlarda elektr energiyasi yetkazib berish borasidagi dunyo tajribasiga bildirilgan ishonch uchun minnatdorlik bildiraman. Mazkur uchta loyiha sababli bizning O'zbekiston bilan hamkorligimiz kengayishiga imkon yaratildi.

   "Sirdaryo IES" qurilishiga start berilishi, ESK va O'zbekistonning past darajali uglevodorod chiqindili resurslardan foydalanishga o'tishida muhim omil sanaladigan Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi "Bosh" hamda "Jonkeldi" shamol elektr stantsiyalari bo'yicha investitsiya kelishuvlarining imzolanishi bizning energetika tarmog'ini isloh qilish va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirilishini rag'batlantirish jarayonidan ilgarilab ketishga bo'lgan intilishimizni ifodalaydi. Bu, shuningdek, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, Saudiya Arabistoni Qirolligi tashqarisida xorijiy investitsiyalar hajmini yanada oshirish hisobiga bizning "Nigoh–2030" loyihalarimizga rioya qilayotganimizni tasdiqlaydi".

 

  Shu o'rinda bir narsani alohida ta'kidlash joizki, mazkur uchta loyihaning amalga oshirilishi O'zbekistonning energetik quvvatlarini talab darajasida oshirish kafolati hisoblanadi. Negaki, 2030-yilga borib elektr energiyasi iste'moli 110 milliard kVt•soatga yetishi kutilmoqda. Shu va boshqa shu kabi yirik investitsion loyihalar O'zbekistonda energiya samaradorlikni oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, shu bilan birga, energetika sektorida qayta tiklanadigan energiya manbalari salmog'ini oshirish bo'yicha milliy dasturlar takomillashuviga xizmat qiladi.

 

  1500 MVt quvvatga ega yangi issiqlik elektr stansiyasi

  Quvvati 1500 MVt bo'lgan yangi issiqlik elektr stansiyasining qurilishini boshlash marosimi onlayn rejimdagi aloqa bilan boshlandi. Sirdaryo viloyatidagi qurilish maydoni tantanali tadbirlar o'tkazilayotgan zalning katta ekranlarida aks etdi va tantanali ravishda qurilish ishiga start berildi.

 

  Umumiy qiymati 1,2 milliard AQSh dollari hisobida bo'lgan mazkur loyihaning foydali ish koeffitsienti qariyb 60 foizni tashkil etadi. Bu esa boshqa elektr stansiyalari bilan taqqoslaganda hozirgi vaqtda elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun iste'mol qilinayotgan tabiiy gaz miqdorini deyarli ikki barobar iqtisod qilish imkonini beradi. Loyiha real vaqt rejimida havo izolyatsiyasiga ega ochiq taqsimlash qurilmasi orqali O'zbekistonning elektr energetika tarmog'iga, dastlab "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral tarmoqlar, so'ngra "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatining past kuchlanishli taqsimlovchi tarmoqlari orqali iste'molchilarga yetkazib beriladi.

 

  1500 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyalari

  Tadbirda Energetika vazirligi tizimidagi "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati va "ACWA Power" kompaniyasi umumiy quvvati 1000 MVt bo'lgan ikkita shamol elektr stansiyalari bo'yicha elektr energiyasini sotib olish yuzasidan kelishuv imzolandi.

  Yodingizda bo'lsa, 2019-yil 20-sentabrda Toshkent shahrida bo'lib o'tgan energetika investitsion forum doirasida Energetika vazirligi va Saudiya Arabistonining "ACWA Power" kompaniyasi o'rtasida Navoiy viloyatida quvvati 500 MVtdan 1000 MVtgacha bo'lgan shamol elektr stansiyasi qurish bo'yicha kelishuvga erishilgan edi. So'ngra, 2020-yil 5-martda Energetika vazirligi va "ACWA Power" kompaniyasi o'rtasida O'zbekiston Respublikasida quvvati 500-1000 MVt bo'lgan shamol elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirish kelishuvi imzolandi.

  Batafsil: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/267

  Energetika vazirligi, Davlat geologiya qo'mitasi va "ACWA Power" kompaniyasi mutaxassislari tomonidan mamlakatimizning bir qancha hududlarida shamol oqimi va yo'nalishining darajasi o'rganib chiqildi. Natijada Buxoro viloyatining Peshku tumanida "Quvvati 500 MVt bo'lgan Jonkeldi shamol elektr stansiyasini qurish", shuningdek, G'ijduvon tumanida "Quvvati 500 MVt bo'lgan Bosh shamol elektr stansiyasini qurish" deb atalgan loyihalar qurilishi belgilandi. Shunday qilib, "ACWA Power Bash wind" MCHJ hamda "ACWA Power Dzhankeldy" MCHJ loyiha kompaniyalari tashkil qilindi. Loyihalarning umumiy qiymati qariyb 1,3 milliard dollarni tashkil etadi. Mazkur loyihalarni amalga oshirish uglevodorod chiqindilarini 1,6 million tonnaga qisqartirish imkonini berishi bilan ham ahamiyatlidir.

 

   Vodorod energetikasini rivojlantirish bo'yicha kelishuvlar

  Tantanali marosimda, shuningdek, Energetika vazirligi va "ACWA Power" kompaniyasi vodorod energiyasini rivojlantirish bo'yicha kelishuvlarga erishildi. Mazkur kelishuv nafaqat O'zbekiston, balki Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish hamda vodorod va qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi ilmiy izlanishlar orqali ekologiyaga ziyon Yetkazuvchi gaz chiqindilarini kamaytirish bo'yicha birinchi qadamlardir. Bu BMTning iqlim o'zgarishi to'g'risidagi konventsiyasi doirasida Parij bitimida ham ta'kidlangan.

 

 

 

  Ма'lumot o`rnida:

  "ACWA Power" kompaniyasi elektr energiyasi va chuchuk suv ishlab chiqarish bo'yicha uskunalarni ishlab chiqish, moliyalashtirish va ekspluatatsiya qilishga ixtisoslashgan yirik kompaniya hisoblanadi. Kompaniya 2004-yilda Ar-Riyod shahrida (Saudiya Arabistoni) ro'yxatga olingan va ta'sis etilgan bo'lib, undagi xodimlar soni qariyb 3 500 nafarni tashkil etadi. Xalqaro hamkorlik esa hozirgi kunda yaqin Sharq, Afrika, Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyoning 12 ta mamlakatlarini qamrab olgan.

  "ACWA Power" kompaniyasi portfeli investitsiya qiymati 61,2 milliard AQSh dollariga teng, sutkasiga kommunal xizmatlar va davlat-xususiy hamkorligi modellari autsorsingi asosidagi uzoq muddatli ofteyker shartnomalari doirasida davlat kommunal va sanoat korxonalari ehtiyojlarini qondirish uchun ulgurji yetkazib berilayotgan 38,7 GVt elektr energiyasi hamda 5,8 million metr kub chuchuk suv ishlab chiqaradigan 60 ta aktivni o'z ichiga oladi.

"ACWA Power" kompaniyasining asosiy maqsadi — iste'molchilarni arzon elektr energiyasi va chuchuk suv bilan ta'minlashdan iborat.

  Kompaniya shu tariqa jamiyat va mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga o'z hissasini qo'shib boradi. U dunyoning barcha mintaqalarida o'z faoliyati davom ettirar ekan, oliy maqsadi sifatida insonlar xavfsizligi va mehnat unumdorligi qadriyatlarga tayanib faoliyat yuritadi.

 

  "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident qarorlari, Hukumat topshiriq va ko'rsatmalari, Energetika vazirligining istiqboldagi rejalariga muvofiq Saudiya Arabistonining "ACWA Power" kompaniyasi bilan hamkorlikni o'z vakolatlari hamda majburiyatlari doirasida davom ettiradi.

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

Kanalga a'zo bo'lish uchun  t.me/uzmetaxborotxizmati

 

Ma'lumotnomani tayyorlashda Energetika vazirligi matbuot xizmatining materiallaridan foydalanildi.

 

  http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/481

  http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/481

 

  ПОСТАНОВЛЕНИЕ ПРЕЗИДЕНТА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН: В СЫРДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ БУДЕТ ПОСТРОЕНА НОВАЯ ТЕПЛОВАЯ ЭЛЕКТРОСТАНЦИЯ МОЩНОСТЬЮ 1500 МВт

  http://uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/481

 

  «ЯШИЛ ЭНЕРГИЯ»: ИНВЕСТИЦИОН ЛОЙИҲАЛАР, РАҚАМЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАР, ЯНГИ ИШ ЎРИНЛАРИ, ЭКОТИЗИМ БАРҚАРОРЛИГИ, ДАВР ТАЛАБИ

  http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/521

 

  «YASHIL ENERGIYA»: INVESTITSION LOYIHALAR, RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR, YANGI ISH O‘RINLARI, EKOTIZIM BARQARORLIGI, DAVR TALABI

  http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/521

 

  ПЕРЕХОД НА «ЗЕЛЕНУЮ» ЭКОНОМИКУ ТРЕБУЕТ И УВЕЛИЧЕНИЯ ОБЪЕМА «ЗЕЛЕНОЙ» ЭНЕРГЕТИКИ

  http://uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/521

  https://yuz.uz/ru/news/perexod-na-zelenuyu-ekonomiku-trebuet-i-uvelicheniya-obema-zelenoy-energetiki

 

  "O'ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI" AKSIYADORLIK JAMIYATI ACWA POWER KOMPANIYASI BILAN UMUMIY QIYMATI 1,2 MILLIARD AQSH DOLLARIGA TENG BITIM IMZOLADI

  http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/269

  http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/269

 

  O'ZBEKISTONDA QAYTA TIKLANUVCHI ELEKTR ENERGIYASI ISHLAB CHIQARUVCHI KORXONALAR SONI KO'PAYADI

  http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/530

  http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/530

 

  O'ZBEKISTONDA ELEKTR ENERGIYASI TAQCHILLIGIGA BARHAM BERUVCHI LOYIHALAR IMZOLANDI

  http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/267

  http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/267

 

  УЗБЕКИСТАН ПОДПИСАЛ ТРИ СОГЛАШЕНИЯ С ACWA POWER

  http://uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/267

 

  FM.87.9 — "O'ZBEKISTON–24" RADIOKANALI DASTURIDA "YASHIL ENERGIYA": INVESTITSION LOYIHALAR, RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR, YANGI ISH O'RINLARI, EKOTIZIM BARQARORLIGI, DAVR TALABI MASALALARI MUHOKAMA ETILDI

  http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/524

  http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/524

 

  "YASHIL ENERGIYA" SALMOG'INING OSHIB BORISHI: ELEKTR TA'MINOTI BARQARORLIGIGA HISSA, YANGI ISH O'RINLARI, ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR, EKOLOGIK BA'ZI MUAMMOLARGA YECHIM

  http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/444

  http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/444

 

  РОСТ ПОТЕНЦИАЛА «ЗЕЛЕНОЙ ЭНЕРГИИ»: ВКЛАД В УСТОЙЧИВОЕ ЭЛЕКТРОСНАБЖЕНИЕ, НОВЫЕ РАБОЧИЕ МЕСТА, СОВРЕМЕННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ, РЕЩЕНИЯ НЕКОТОРЫХ ЭКОЛОГИЧЕСКИХ ПРОБЛЕМ

  http://uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/444

 

  MUQOBIL ENERGIYA ULUSHINI OSHIRISH — YIRIK INVESTISIYALAR TALAB QILUVCHI BOSQICHLI JARAYON

  http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/189

  http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/189

 

  УВЕЛИЧЕНИЕ ДОЛИ ВОЗОБНОВЛЯЕМОЙ ЭНЕРГИИ — ПОЭТАПНЫЙ ПРОЦЕСС ТРЕБУЮЩИЙ ИНВЕСТИЦИЙ

  http://uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/189

 

 

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

Kanalga a'zo bo'lish uchun t.me/uzmetaxborotxizmati

>