Avval xabar berilganidek, 2019-yil 13-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ishtirokida (yagona xaridor sifatida) va Fransiyaning «Total Eren» kompaniyalari o‘rtasida umumiy quvvati 100 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasi qurish va ekspluatatsiya qilish yuzasidan investitsion kelishuv imzolangan edi.
Batafsil: http://uzbekistonmet.uz/oz/
Батафсил: http://uzbekistonmet.uz/uz/
Подробно: http://uzbekistonmet.uz/ru/
Umumiy energetika tarmog‘ida «yashil energiya» manbalarining ulushi oshib borishi uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi, ushbu imkoniyatlardan oqilona foydalanish yo‘lida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ishtirokida quyosh va shamol elektr stansiyalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar «2019-yil sarhisobi» ruknida alohida e'tirof etilgan edi.
Batafsil: http://uzbekistonmet.uz/oz/
Батафсил: http://uzbekistonmet.uz/uz/
Shuni alohida e'tirof etish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-sonli qaroriga muvofiq 2030-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarning ulushini 25% ga yetkazish ko‘rsatib o‘tilgan. Hozirgi kunda ushbu ko‘rsatkich 10% atrofida va yil sayin uning salmog‘i oshib bormoqda.
Batafsil: http://uzbekistonmet.uz/oz/
Батафсил: http://uzbekistonmet.uz/uz/
Подробно: http://uzbekistonmet.uz/ru/
Yaqinda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston-24» telekanali «Axborot 24» dasturida Fransiyaning «Total Eren» kompaniyasi vitse-prezidenti Fabien Demol xonimning qayta tiklanuvchi energiya manbalari yuzasidan hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xususidagi bayonoti e'lon qilindi. E'tiboringizga mazkur videolavhani havola etamiz.
#uzbekiston24
«O‘zbekiston MeT» AJ Axborot xizmati