“O‘zbekiston–2030” Strategiyasi asosida ishlab chiqilgan, Oliy majlisda taqdim etilgan Vazirlar Mahkamasining 5 yillik Harakat dasturi 10 ta ustuvor yo‘nalishni qamrab olgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 7-noyabr kuni qishloq xo‘jaligida suv va energiya manbalaridan oqilona foydalanish hamda yo‘qotishlarni kamaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev maishiy chiqindilarni qayta ishlash, ulardan elektr energiyasi va mahsulot ishlab chiqarish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Yurtimizda yiliga 14 million tonna chiqindilar hosil bo‘ladi. Lekin ularning atigi 4-5 foizi qayta ishlanadi. Chiqindi poligonlaridan 7 million tonnadan ziyod issiqxona gazlari atmosferaga chiqadi, 43 ming tonna zaharli filtratlar yer ostiga singadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 23-sentabr kuni qurilish industriyasi va qurilish materiallari tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Qurilish iqtisodiyotning barcha tarmoqlari rivojlanishiga katta turtki beradigan sohadir.
Ijtimoiy va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohalarida hamda iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish orqali respublika hududlarida energiya taqchilligi qoplanishini ta’minlash, bu boradagi ishlarni kompleks tashkil etish hamda investorlar uchun qulay sharoitlar va rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy qilish maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini bartaraf etish va oldini olish, ulardan samarali va oqilona foydalanish orqali iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, iste’molchilar tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida:
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-yanvar kuni aholini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. So‘nggi kunlarda yurtimizga sovuq havo oqimi kirib keldi. Energiya va issiqlik ta’minotida uzilishlar kuzatildi. Davlatimiz rahbari bu masalaga chuqur to‘xtalib, tezkor choralar ko‘rilishini ta’kidladi.