Kompaniya haqida
Qisqacha ma'lumot
  • 24.06.2022
  • 8456

«O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATI

   «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi «O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida»gi PQ-4249-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.

   O‘zbekiston Respublikasining magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish, elektr energiyani Respublikaning magistral elektr tarmoqlari orqali yetkazib berish va davlatlararo tranzitni amalga oshirish, qo‘shni davlatlarning elektr energetika tizimi bilan hamkorlik qilish «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining asosiy faoliyat turlari hisoblanadi.

   

  Asosiy elektr tarmoqlari chizma-xaritasi

   Bugungi kunda «O‘zbekiston MET» AJ tarkibida 14 ta hududiy magistral elektr tarmoqlari, markaziy rele himoyasi va avtomatika xizmati, loyihalashtiruvchi, qurilish va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi funksional filiallar mavjud. Jamiyatga qarashli 90 ta podstansiya va 12 250 km dan ortiq 220-500 kVli magistral havo elektr uzatish liniyalari mavjud. «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati markaziy apparati va tarkibidagi tuzilma hamda filiallarda jami bo‘lib 4300 nafardan ziyod mutaxassis-xodimlar mehnat faoliyati olib bormoqda.

 

Yuridik manzil: Toshkent shahri, 100084, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy

 

Telefon: +998 71-236-6035 (Axborot xizmati)

E-xat: uzbekiston_met@exat.uz

Veb-sahifa: uzbekistonmet.uz

Elektron pochta: info@uzbekistonmet.uz  

Telegram

Facebook

Twitter

Instagram

Utube

Youtube

Odnoklassniki

>