Yangiliklar
«O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATI ACWA POWER KOMPANIYASI BILAN UMUMIY QIYMATI 1,2 MILLIARD AQSH DOLLARIGA TENG BITIM IMZOLADI
  • 09.03.2020
  • 1361

     Avval xabar berganimizdek, 2020-yilning 5-mart kuni Hyatt Regency mehmonxonasida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi bilan umumiy qiymati 1,2 milliard AQSH dollariga teng bitim imzoladi.

     Bu haqda «O‘zbekiston-24» telekanali lavhasini tomosha qilishingiz mumkin. Lavha telekanal muxbiri Olima Hamroyeva, tasvirchi To‘lqin Inog‘omovlar tomonidan tayyorlangan.

     – O‘zbekiston elektr energetika sohasida alohida ahamiyat kasb etadigan bitim imzolandi. ACWA Power kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar mamlakatimiz aholisini sifatli elektr energiyasi bilan muntazam ravishda ta’minlashga xizmat qilishi shubhasiz, – deydi «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruv raisi Dadajon Isaqulov.

     Ma’lumot o‘rnida: Hyatt Regency mehmonxonasidagi tantanali marosimda Energetika vazirligi tomonidan yana ikkita investitsion loyihalar imzolandi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>