Dasturda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining qancha ulushi qayta tiklanuvchi energiya manbalariga xos ekanligi, quyosh fotoelektr va shamol generatorlari stansiyalarini qurish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, investitsion loyihalar, loyihalarning hududlar kesimidagi qamrovi, muqobil energiya manbalarining yangi turdagi stansiyalari qachon foydalanishga topshirilishi xususidagi ma'lumotlar, shuningdek, «yashil energiya»ning ahamiyati, foydali va murakkab tomonlari, ekotizmga ijobiy ta'siri, istiqboldagi rejalar, energiya tejamkorligi va samaradorligi masalalari haqida davra suhbati uyushtirildi.
Jonli efirda tinglovchilarning savollariga javob berildi.
Batafsil ma'lumotlarni quyidagi havolalar orqali olishingiz mumkin:
✅ «O‘zbekiston–24» radiokanali dasturida «O‘zbekiston MET» AJ Strategik rivojlantirish va standartlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Zafar Jo‘raev, Mustaqil elektr energiya ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi Dilshod Burxanxodjaev hamda Aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ulug‘bek Urunovlar ishtiroklar etishdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tarkibidagi aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv raisilarining matbuot kotiblari — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirokida FM.87.9 to‘lqinlari — «O‘zbekiston-24» radiosining «Bir nazar» dasturiga 2020/2021-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, energetika sohasidagi olib borilayotgan islohotlar, erishilgan yutuqlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari, xorijiy hamkorlar ishtirokida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar, shu bilan birga elektr ta'minotining o‘ziga xos jihatlari haqida davra suhbati uyushtirilgan edi.
Batafsil: http://uzbekistonmet.uz/oz/
Telegram: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/4611
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati