OAV va jamoatchilik bilan ishlash
FM 87.9 TO‘LQINLARI: «O‘ZBEKISTON-24» RADIOKANALINING «BIR NAZAR» DASTURIDA ELEKTR TA'MINOTI MASALALARI
  • 18.09.2020
  • 1411

  Hurmatli iste'molchilar, bugun O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tarkibidagi aksiyadorlik jamiyatlari  boshqaruv raisilarining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchilari FM.87.9 to‘lqinlari — «O‘zbekiston-24» radiosining «Bir nazar» dasturiga taklif etildi.

  Dastur loyihasi orqali radiotinglovchilar e'tiboriga 2020/2021 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, energetika sohasidagi olib borilayotgan islohotlar, erishilgan yutuqlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari, xorijiy hamkorlar ishtirokida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar, shu bilan birga elektr ta'minotining o‘ziga xos jihatlari haqida davra suhbati uyushtirildi. Onlayn muloqot paytida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va javoblar olishdi.

 Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston-24» radiosining «Bir nazar» dasturida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tarkibidagi «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ boshqaruvi raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muhammadjon Bekmuhammedov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ulug‘bek Urunov hamda «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining matbuot kotibi— axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Faxriddin Nuralievlar ishtirok etishdi.

  Dastur FM.87.9 to'lqinlari orqali shu kunning o'zida qayta efirga uzatildi. FM 87.9 "O'zbekiston-24" radiosining "bir nazar" dasturida muhokama etildi. Boshlovchi Nilufar Ahmedova.

  Qo‘shimcha ma'lumot: elektr ta'minotdagi texnik-muhandislik holatlari, tejamkorlik va samaradorlik masalalari, (2020-yil iyul oyi) cheklovlar tez orada bartaraf etilishi FM 87.9 «O‘zbekiston-24» radiosining "Fikrlar maydoni" dasturida muhokama etildi. Boshlovchi Nozima Toshpo'latova.

Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/4153

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>