Yangiliklar
O‘ZBEKISTONDA QAYTA TIKLANUVCHI ELEKTR ENERGIYASI ISHLAB CHIQARUVCHI KORXONALAR SONI KO‘PAYADI
  • 09.10.2020
  • 3021

   O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston-24» telekanali «FAKT» dasturida O‘zbekiston energetika tizimi, xususan elektr energetika tarmog‘ida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida lavha efirga uzatildi.

   Dastur lavhasidagi «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari F.Qurbonov intervyusida  quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha investitsion loyihalarning amaliyotdagi holati yuzasidan ma'lumotlar berilgan bo‘lsa, Investitsiyalarni jalb qilish va investitsion loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi mutaxassislari ushbu loyihalarning smeta hujjatlarini qanday tayyorlayotgani ish jarayonlari aks ettirilgan.

 

 

© «O‘zbekiston-24» telekanali «FAKT» dasturi, muxbir Dilrabo Muhammadyusupova

 

   Oxirgi 3 yilda «yashil energiya», «muqobil energiya» deb ta'riflanuvchi fotoelektrstansiyalari hamda shamol generatorlarini qurish bo‘yicha xabar-yangiliklar tez-tez qulog‘ingizga chalinib qoldi. Hukumat qarorlariga asosan Energetika vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari salmog‘ini 2030-yilgacha 25–30 foizgacha oshirishi strategik rejasi haqidagi eshitgan-o‘qigan bo‘lishingiz mumkin.

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-sonli qarorining 1-sonli ilovasida 2030-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarning ulushini 25% ga yetkazish ko‘rsatib o‘tilgan.

   Keling, avval muqobil (alternativ) yoki qayta tiklanuvchi energiya («yashil energiya») nima ekanligi bilan tanishib olsak...

   2019-yil 16-aprelda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va Senat tomonidan 2019-yil 3-mayda ma'qullangan «Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida (2019-yil 21-may, O‘RQ-539-son) unga quyidagicha ta'rif beriladi:

   qayta tiklanuvchi energiya manbalari atrof-muhitda tabiiy holda qayta tiklanuvchi quyosh, shamol energiyasi, yer harorati (geotermal), suv oqimlarining tabiiy harakati, biomassa energiyasi.

   Xullas, «yashil energiya»ning asosida Yer yuzidagi hayot manbayi bo‘lgan Quyosh yotibdi. Shamol ham, suvning tabiatda erkin aylanishi va boshqa iqlim sharoiti bilan bog‘liq jarayonlarning barchasi gallaktikamizning markaziy sayyorasi — Quyoshning faolligi hisobiga amalga oshadi. U qayta ishlangani uchun «qayta tiklanuvchi» deb, ekologiyaga deyarli zarari bo‘lmagani uchun «yashil energiya» deb ta'riflanadi va, yuqorida ta'kidlanganidek, bugungi kunda Yer yuzida, shu jumladan O‘zbekistonda ham asosiy ishlab chiqarish neft mahsulotlari evaziga bo‘lgani uchun unga «muqobil» maqomi berilgan.

   Xo‘sh, qayta tiklanuvchi energiya salmog‘ini oshirish bo‘yicha O‘zbekistonda qanday islohotlar, aniqroq aytganda, qanday loyihalar amalga oshirilmoqda?

   Batafsil manba: «YASHIL ENERGIYA»: INVESTITSION LOYIHALAR, RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR, YANGI ISH O‘RINLARI, EKOTIZIM BARQARORLIGI, DAVR TALABI

   http://uzbekistonmet.uz/oz/

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>