Ta'magirlik — hech qaysi mezon bilan oqlanmaganidek, hyech qaysi sohani chetlab o‘tmagan illat. Ta'magirlik pora oldi-berdisi bilan yonma-yon, shantaj, qo‘rqitish va aldovning xunuk ko‘rinishlarini akslantiruvchi oynadir. So‘z erkinligi bog‘ichlarining qo‘yib yuborilishi ortidan qator muammolar yuzaga qalqib chiqib, hal etilishga yo‘l ochilayotgan bo‘lsa, bu minbardan o‘z manfaati va xalqumi uchun foydalanib qolayotganlar bor. Andijonda, Qashqadaryo, Navoiy va boshqa viloyatlarda pora talab qilib, tovlamachilik yo‘li bilan bog‘cha mudirasidan pul undirmoqchi bo‘lgan, yer olib berishni rejalashtirgan “bloger”lar fikrimizga yaqqol dalil bo‘la oladi.
O‘zbekiston Energetika vazirligi Matbuot xizmatiga changli sharoitda quyosh panellarining samaradorligini qanday saqlab qolish mumkinligi haqida bir necha bor savollar kelib tushdi.
Avval habar berganimizdek, Energetika vazirligi va “ERIELL Group” kompaniyasi tomonidan bugungi kunda dolzarb bo‘lgan energotejamkorlik va energosamaradorlikka bag‘ishlangan kitob chop etilgan edi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Ijro intizomi nazorati bo‘limi tomonidan «Hujjatlar bilan ishlash, ijro intizomi nazoratini takomillashtirish — davr talabi» mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi
«O‘zbekiston MET» AJning rasmiy veb-sayti: uzbekistonmet.uz va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari (Telegram, Facebook, Twitter, Instagram, Utube, Youtube) barqaror faoliyat yuritmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda Jamiyat faoliyatiga tegishli masalalarga zudlik bilan munosabat bildirilib, tegishli tartibda tahliliy maqola, bayonot, xabar va ma'lumotlar e'lon qilinmoqda.
2022-2023-yillarda Toshkent shahrining barcha tumanlari, shuningdek, respublikaning barcha viloyat markazlarida elektromobillar uchun tezkor quvvatlash stansiyalari o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda.
Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xabar berishicha, Andijon shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan savdo majmuasi aniqlangan.
Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev 24–26-mart kunlari o‘tkazilgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “Daryo” nashriga intervyu berdi. Suhbatda vazirlik rasmiysi energetika sohasidagi muammolar, yanvarda ro‘y bergan blekaut va elektr energiyasi bilan bog‘liq savollarga javob berdi.
Yaqinda nasafnews.uz elektron nashrida “Qashqadaryo HET ogohlantirishsiz chiroq o‘chirilganiga «Milliy elektr tarmoqlari» AJ tizimidagi cheklovlarni sabab qilib ko‘rsatdi” nomli maqola e'lon qilingan edi.
“Sirdaryo viloyatida quvvati 1 600 MVt bo‘lgan bug‘-gaz issiqlik elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasi doirasida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va EDF (Fransiya) Nebras Power (Qatar) va Sojitz (Yaponiya) kompaniyalari konsorsiumi o‘rtasida elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha bitim imzolandi.
O‘zbekiston energetika sohasida monopoliyani yo‘q qilib bo‘lmaydi. Bu haqda energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev “Daryo” muxbiri bilan suhbatda aytib o‘tdi.
Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan prezident qarori loyihasiga ko‘ra, vazirlik, idora va barcha budjet tashkilotlari xizmat mashinalarining 2025-yilgacha kamida 10 foizi, 2030-yilgacha 100 foizi elektromobillarga almashtiriladi. Qolaversa, “tez yordam” mashinalari ham 2023−2026-yillarda elektrda harakatlanuvchi transportga o‘zgartiriladi.
So‘nggi to‘qqiz yil davomida Xitoy quyosh energiyasining yillik o‘sishi borasida dunyoda birinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Xitoy o‘tgan yili 53 GVt fotoelektr quvvatini ishga tushirdi.
Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energetika tizimlarining tizim operatorlari vakillaridan iborat “Energiya” muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazining maxsus komissiyasi 25-yanvar kuni sodir bo‘lgan elektr ta’minoti uzilishi sabablarini tekshirishni yakunladi. Bu haqda Qozog‘istonning KEGOC elektr tarmoqlarini boshqarish kompaniyasi xabar qildi.
Joriy yilning 25-yanvar kuni O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energotizimida yuz bergan avariyaga O‘zbekiston energetika tizimida elektr ta’minotidagi uzilish sabab bo‘lgan. “Energia” muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazining uch davlat energiya tizimlari operatorlari vakillari ham kirgan maxsus komissiya o‘tkazilgan tekshiruv natijasida shunday xulosaga kelgan.
25-yanvar kuni Markaziy Osiyo mamlakatlarida elektr energiyasining ommaviy uzilishiga O‘zbekiston energetika tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan. Avariya sabablarini o‘rganish bo‘yicha davlatlararo komissiya shunday xulosaga keldi.
Xalqaro energetika agentligi (XEA) ekspertlari energiya bilan bogʻliq global karbonat angidrid chiqindilari miqdorini hisoblab chiqdi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, u 2021-yilda 6 foizga oʻsib, 36,3 milliard metrik tonnani tashkil etgan.
2022-yilning yanvar-fevral oylarida AOKA tomonidan respublika darajasidagi 139 ta tashkilot va idora, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda 206 ta tuman va shahar hokimliklari matbuot kotiblarining 2021-yil II yarim yillikdagi faoliyati samaradorligi o‘rganildi hamda Adliya vazirligida 3187-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Nizomga ko‘ra 10 ta asosiy mezon bo‘yicha baholandi.
Yangihayot tumanida aholidan kommunal to‘lovlar uchun undirilgan mablag‘larni o‘zlashtirgan MCHJ rahbarlari aniqlandi
Do‘konlarda, supermarketlarda 300 so‘m bo‘lgan yelim xaltani pullik bo‘lgani uchun, afsuski, hech kim rad qilayotgani yo‘q. (2019-yil 1-yanvarda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi muhokama uchun e’lon qilgan «Sanitar tozalash tizimlarini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori muhokamasidan keyin do‘konlarda yelim xaltalar pullik bo‘ldi.)