OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Yong‘in xavfsizligi xodimi sifatida noqonuniy pul undirayotgan firibgarlardan ogoh bo‘ling
  • 01.02.2022
  • 959

⚠️ So‘nggi yillarda, asosan kuz-qish mavsumi boshlanishida aholi orasida, ayniqsa tumanlarda maxsus-formali kiyim-bosh kiyib yurgan yoki shu kiyimga juda o‘xshash kiyimdagi shaxslar o‘zlarini “davlat yong‘in nazorati organi xodimi” sifatida tanishtirib fuqarolardan yillik 20 000-40 000 so‘m atrofida majburiy tarzda soliq yoki kommunal to‘lov sifatida noqonuniy yig‘ish holatlari kuzatilmoqda.

☑️ Yuqoridagi masalalar bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar o‘rganilganda, ushbu harakatlar turli xil shaklda tashkil etilgan, asosan nomida “yong‘in”, “olov”, “qarshi kurash”, “xavfsizlik”, “himoya” kabi so‘zlardan iborat bo‘lgan va yong‘inning oldini olish aks etgan turli xil ramzlar tushirilgan muhr-shtamplardan foydalanib kelayotgan tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan amalga oshirib kelinayotganligi ma'lum bo‘ldi.

Mazkur holat bo‘yicha Adliya vazirligi ayrim shaxslar tomonidan o‘zlarini “davlat yong‘in nazorati organlari xodimi” sifatida tanishtirgan holda yolg‘on ma'lumotlar asosida fuqarolardan majburiy to‘lov to‘lanishini talab etishi noqonuniyligini ma'lum qiladi.

Eslatib o‘tish joizki, fuqarolar majburiy tarzda quyidagi kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni belgilangan tartibda to‘lab borishi lozim:

► Sovuq suv ta'minoti;

► Isitish va issiq suv ta'minoti (ko‘p qavatli uylarda);

► Elektr ta'minoti;

► Gaz ta'minoti;

► Kanalizatsiya (iste'molchi ulangan bo‘lsa).

❗️Shu o‘rinda takroran ma'lum qilinadiki, yong‘in va uning oldini olish bilan bog‘liq biron bir to‘lab borilishi shart bo‘lgan kommunal to‘lov yoki soliq qonunchilikda mavjud emas.

⇒ Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning  209?-moddasiga ko‘ra formali kiyim-bosh kiyib yurishi nazarda tutilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi harbiy, idoraviy va maxsus formali kiyim-boshini bunday huquqqa ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan kiyib yurish uchun javobgarlik belgilanganligini eslatamiz.

Kanalga ulanish ⇒ https://t.me/huquqiyaxborot

 

Manba: https://t.me/huquqiyaxborot/10929

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>