OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Jahon GESlarining quvvati tarixda birinchi marta 1200 GVtdan oshadi
  • 23.02.2022
  • 504

Energiya sarfi jadallashib, mamlakatlar kelajakdagi talabni bartaraf etish yo‘llarini loyihalarni qidirar ekan, gidroenergetika eng ommalashgan qayta tiklanuvchi energiya manbai (QTEM) sifatida o‘z mavqyeini mustahkamlamoqda.

Gidroenergetika jahon elektr energiyasi ishlab chiqarishning qariyb oltidan bir qismini tashkil etadi va ko‘mir hamda tabiiy gazdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Gidroenergetikaning elektr energiya ishlab chiqarishga qo‘shgan hissasi shamol, fotoelektr quyosh energiyasi, bioenergiya va geotermal energiyani o‘z ichiga olgan barcha qayta tiklanadigan manbalarnikidan ko‘proqdir.

«Rystad Energy» tadqiqotiga ko‘ra, gidroenergetika stansiyalarida energiya ishlab chiqarish 2021-yilda, 2020 yildagi 4 360 TVt soatdan, 4 414 teravatt-soatga (TVt•s) ko‘tarilgan. 2020- yilda umumiy quvvat 17 GVtni tashkil etgan bo‘lsa, 2021-yili esa ushbu ko‘rsatgichga yana 14 GVt quvvat qo‘shildi.

Xitoy umumiy gidroenergetika quvvati bo‘yicha 340 GVt dan ortiq quvvat bilan jahon yetakchisi bo‘lib qolmoqda. Bu esa 112 GVt quvvatga ega ikkinchi o‘rindagi Braziliyadan uch barobar ko‘proqdir. AQSh (84 GVt), Kanada (81 GVt) va Rossiya (50 GVt) gidroelektroenergiya ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi beshlikni tashkil etishadi.

#suvenergiyasi

@Clearenergy

Manba: https://t.me/clearenergy/1360

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>