Forum dasturida 24-Xalqaro “O‘zbekiston neft va gazi – OGU” va 2-Xalqaro energetika anjumanlari o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasida 2022-yil 24-iyun kuni Toshkentda ShHTga a'zo davlatlar energetika vazirlarining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Energetika vazirligi tomonidan 2022-yil 23-24-iyun kunlari Toshkentda O‘zbekiston energetika forumi – UEF 2022 o‘tkazilmoqda. Forum 2022-yil 18-20-may kunlari Toshkentda muvaffaqiyatli o‘tgan «OGU 2022», «Power Uzbekistan 2022» xalqaro ko‘rgazmalari va «GETCA 2022» ixtisoslashtirilgan bo‘limi kabi «Energetik tadbirlar bloki»ning mantiqiy davomi bo‘ladi.
Energetika sohasida bo‘lajak islohotlar, xususan, ayrim vakolatlarning xususiy kompaniyalarga berilishi o‘zbekistonliklar orasida ko‘plab savollarni tug‘dirmoqda. Ulardan ba'zilari, agar gaz va elektr tarmoqlari xususiy kompaniyalarga berilsa, oddiy fuqarolar narxlarning oshishidan himoyalanadimi, degan haqli savol berishmoqda.
Yaponiya mamlakat fuqarolari va kompaniyalariga elektr energiyasini tejash bo‘yicha murojaatlarni kuchaytirmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov elektr energiyasi narxlari oshishi mumkinligi bo'yicha xabarlarga munosabat bildirdi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Sh.Vafaev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining BAA tashrifi chog‘ida Masdar kompaniyasi bosh direktori Muhammad al-Ramahi bilan muzokaralar o‘tkazildi.
O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari yozda Rog‘un GESdan elektr energiya eksport qilish bo‘yicha memorandum imzoladi. Yil oxirigacha energiya sotib olish hajmi va tariflari bo‘yicha shartnoma tuzish rejalashtirilgan.
Xabaringiz bor, joriy yilning 1-iyulidan boshlab, aholi uchun 1 kVt soat elektr energiyasi iste’moli oyiga 250 kVt soatgacha – 325 so‘m, 250 kVt soatdan yuqori har 1 kVt soat uchun – 650 so‘m etib belgilanishi rejalashtirilib, ijtimoiy himoya samaradorligini oshirish uchun “ijtimoiy norma” tizimi butun respublika bo‘yicha amalga kiritilishi belgilanmoqda.
Mamlakatimizda qonunchilik hujjatlariga muvofiq tarzda amalga oshirilayotgan faoliyatning ochiqligi va shaffoligini ta'minlash bo‘yicha islohotlar (talab va takliflar) — korrupsiyaga qarshi kurash, jamoatchilik nazoratini o‘rnatish borasida muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz. Uning pirovard natijasi iqtisodiy taraqqiyot, demokratik tamoyillar asosida yashaydigan kuchli jamiyat hayotida aks etadi.
O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab, elektr energiyasi va tabiiy gaz narxi tabaqalashtirilgan tartibda oshirilishi belgilanmoqda. Narxlar ko‘tarilishi tokdan o‘g‘rincha foydalanish holatlariga sabab bo‘lmaydimi? Ushbu savolga 31-may kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi Ulug‘bek Mustafoyev javob qaytardi.
Elektr va gaz tariflarini oshirish bo‘yicha qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Kutilganidek, oylik bazaviy normani kiritish orqali tariflar tabaqalashtiriladi. Ma’lum qilinishicha, aksariyat oilalarda oshgan narxlardagi qo‘shimcha to‘lov miqdori bir oyga elektr uchun 7,5 ming so‘mgacha, tabiiy gaz uchun issiq oylarda 6 ming so‘mgacha, isitish mavsumida 21 ming so‘mgacha bo‘ladi.
Yil davomida qishloqlarda gaz yo‘qligi, "svet" tez-tez o‘chishi, Hukumat ayollarning qo‘lini haligacha tappidan tozalay olmayotgani tanqid qilinadi. Tan olish kerakki bugungacha har yili qish fasli kelishini fojiadek qabul qiladigan odamlar ko‘pchilikni tashkil qiladi, afsuski.
Nazirov Abdumalik Abdusalimovich “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Afsuski, bu xabarni mutasaddi vazirliklar inkor eta olmadi. Moliya vazirligi axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda gaz va elektr energiyasiga to‘lov narxlari oshirilishi bo‘yicha tarqalgan xabarlarga munosabatini e'lon qildi, munosabatda narxning oshish-oshmasligi haqida aniq bir javob yo‘q.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan va aholi xonadonlari uchun sotilayotgan elektr energiyasi davlatga moliyaviy zarar keltirmoqda. Bu haqda Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev “Daryo” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi. Vazirlik rasmiysining aytishicha, elektr energiyasi ishlab chiqarish, uni sotishdan qimmatga tushyotgani bir qancha omillarga bog‘liq.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida EDF (Fransiya), Nebras Power (Qatar) hamda Sojitz va Kyuden International Corporation (Yaponiya) kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida “Sirdaryo viloyatida quvvati 1600 MVt bo‘lgan bug‘-gaz issiqlik elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirishning bugungi kundagi holati, istiqbolda amalga oshiriladigan ishlar hamda loyihani o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan chora-tadbirlarni qo‘llash bo‘yicha fikr almashildi.
O‘zbekistonning yildan yilga oshib borayotgan energo resurslar talabini barqaror va to‘liq ta’minlab borish hamda sohaga xususiy investitsiyalarning kirib kelishini ta’minlash uchun respublika energiya resurslari bozorida narxlarni erkinlashtirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Energetika, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish va Moliya vazirliklari QALAMPIR.UZ'ga qo‘shma bayonot berdi.
Iqtisodiyot, Moliya va Energetika vazirliklari bergan qo‘shma bayonotga ko‘ra, O‘zbekistonda energoresurslar narxlarini subsidiyalash amaliyoti saqlab qolingan holda, ijtimoiy iste’mol normasi joriy etiladi. Amaldagi tizimda iste’molchining to‘lov qobiliyati qancha yuqori bo‘lsa, unga shuncha ko‘p subsidiya to‘lanyapti. Ma’lum qilinishicha, aholining mutlaq katta qismi – 80-85 foizi yetkazib berilayotgan elektr energiyasi va tabiiy gazning bor-yo‘g‘i 31-35 foizini iste’mol qilmoqda.