OAV va jamoatchilik bilan ishlash
bugun.uz — Afg‘oniston elektr enyergiyasi uchun O‘zbekiston va Tojikistondan qancha qarzdor ekani ma'lum bo‘ldi
  • 19.05.2022
  • 223

Afg‘oniston Enyergetika va suv resurslari vazirligi mamlakat O‘zbekiston va Tojikistondan import qilinadigan elektr enyergiyasi uchun 100 million dollardan ortiq qarzdor ekanini ma'lum qildi. Bu haqda “TOLOnews” xabar byerdi.

Foto: “The Guardian”

Vazirlik matbuot kotibi Axtar Muhammad Nusratning aytishicha, ayni paytda Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston va Tojikiston banklari pul o‘tkazishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda va bu qarzlarni to‘lashga to‘sqinlik qilmoqda.

“Enyergetika va suv xo‘jaligi vazirligi elektr enyergiyasi uchun pul to‘lashga harakat qilmoqda. O‘zbekistonning o‘z muammolari bor, biz to‘lamoqchimiz, lekin muammo banklarda”, — deydi Axtar Muhammad Nusrat.

“Da Afghanistan Breshna Sherkat” (DABS) tashkilotining sobiq rahbari Omonulla G‘olibning aytishicha, Afg‘oniston Markaziy Osiyo mamlakatlariga, xususan, O‘zbekistonga elektr enyergiyasi sotib olish uchun yiliga 300 million dollarga yaqin pul to‘laydi.

“Afg‘oniston elektr enyergiyasining katta qismini O‘zbekistondan sotib oladi. Bu yiliga taxminan 108 million dollar. Hozirda muammo to‘lovlarni to‘lashda”, — deydi u Ukrainadagi urush qo‘shni davlatlar uchun bank jarayonini murakkablashtirganini qo‘shimcha qilgan holda.

Avvalroq Afg‘onistonning “DABS” enyergetika korporatsiyasi bayonotiga ko‘ra, mamlakatning elektr enyergiyasi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan qarzi qariyb 62 million dollarni tashkil etishi xabar byerilgandi. Shuningdek, Markaziy Osiyo Kobulni elektrsiz qoldirishi mumkinligi ma'lum qilingandi.

Manba:  https://bugun.uz/2022/05/19/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>