OAV va jamoatchilik bilan ishlash
bugun.uz — Afg‘oniston elektr enyergiyasi uchun O‘zbekiston va Tojikistondan qancha qarzdor ekani ma'lum bo‘ldi

Afg‘oniston Enyergetika va suv resurslari vazirligi mamlakat O‘zbekiston va Tojikistondan import qilinadigan elektr enyergiyasi uchun 100 million dollardan ortiq qarzdor ekanini ma'lum qildi. Bu haqda “TOLOnews” xabar byerdi.

  • 19.05.2022
  • 251
kun.uz — Energiya ta’minotida tabaqalashtirilgan tariflarga o‘tiladi

O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha ijtimoiy iste’mol normasi kiritiladi. Energetika vaziri o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, bu norma maishiy iste’molchilarning aksariyatini qamrab qoladi. Shu tariqa, sezilarli ko‘p energiya sarflaydigan aholining kam sonli o‘ziga to‘q qismiga budjetdan subsidiya to‘lashga barham berilishi mumkin.

  • 15.05.2022
  • 338
O‘zbekistonning yagona elektr yetkazib beruvchisi borgan sari qarz botqog‘iga botmoqda

O‘zbekistonda elektr energiyasini yagona xarid qiluvchi funksiyasini amalga oshiruvchi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 2022 yil 1 chorak yakunlarini 1,5 trillion so‘m zarar bilan yakunlagan. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi ma’lum qildi.

  • 15.05.2022
  • 258
kun.uz — “Qancha arzon bo‘lsa, shuncha tanqis bo‘ladi” - iqtisodchilar energetika islohoti haqida

O‘zbekistonda sog‘lom raqobat muhitiga asoslangan, barcha ishtirokchilar teng imkoniyatlarga ega bo‘ladigan va narxlar shaffof ravishda shakllanadigan, eng muhimi tanqislik muammosini hal etishi kerak bo‘lgan energetika islohoti o‘tkazilishi lozim: prezident farmoniga asosan, 2022-yilda o‘zgarishlarning huquqiy asoslari yaratiladi. Kun.uz bu nega muhimligi haqida iqtisodchilarning fikri bilan qiziqdi.

  • 14.05.2022
  • 505
qalampir. uz — Energetikada narx siyosatiga o‘tish vaqti keldi

O‘zbekistonda energiya resurslarini, birinchi navbatda elektr energiyasini yetkazib berishda tarif siyosatidan qisman voz kechib, narx siyosatini yuritishga va bozor qoidalariga mos qonunlarni ishlab chiqishga ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Agar ushbu reja amalga oshsa, aholining u yoki bu energiya yetkazib beruvchini tanlash, yetkazib beruvchilarning esa bozorda narx bo‘yicha raqobat qilish imkoni paydo bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev jurnalistlar bilan muloqotda so‘z ochdi.

  • 14.05.2022
  • 297
Elektr stansiyalarini raqamlashtirish boʻyicha qoʻshma loyiha amalga oshiriladi

Davlatimiz rahbari tomonidan elektrotexnika sanoatini rivojlantirish istiqbollariga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilishda ishlab chiqarish, eksport va investitsiya hajmini bir necha barobarga oshirish vazifalari qoʻyilgan edi.

  • 14.05.2022
  • 259
Energetika vazirligi: Yaxshiroq ekologiya uchun innovatsiyalar

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida neftni qayta ishlash jarayonida atrof-muhitga yetkaziladigan zararni minimallashtirish maqsadida neft shlamini mexanik ravishda qayta ishlashning zamonaviy yuqori samarali texnologiyasi qo‘llaniladi.

  • 13.05.2022
  • 316
bugun.uz — “Energetika sohasida monopoliya bo‘lsa, u davlatniki bo‘lgani yaxshiroq” — vazir o‘rinbosari

Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev 12-may kuni bir qator ommaviy axborot vositalari vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda energetikaning qaysidir yo‘nalishida tabiiy monopoliya bo‘lsa, shu monopoliya xususiydan ko‘ra, davlatniki bo‘lgani yaxshiroqligi haqida gapirdi. Bu haqda “Bugun.uz” muxbiri xabar qildi.

  • 12.05.2022
  • 294
Gaz va “svet”: Boylarga ko‘proq subsidiya to‘lash qachongacha davom etadi?

2022 yilgi davlat dasturiga asosan, energetika islohotiga tayyorgarlik shu yil nihoyat boshlanishi kerak. “Svet” o‘chishlari, “gaz-zapravkalar”dagi navbatlarni busiz yo‘qotib bo‘lmaydi. Biroq bir necha yilga cho‘zilgan islohot yana yangi bahona – urushning ta’siri vaji bilan kechiktirilishi mumkindek: aprel oyigacha ishlab chiqilishi kerak bo‘lgan qaror loyihasidan haligacha darak yo‘q.

  • 11.05.2022
  • 480
OAV: «Maynerlar uchun ro‘yxatdan o‘tish va energiya uchun oshirilgan tarif joriy etiladi»

O‘zbekistonda maynerlar uchun majburiy ro‘yxatdan o‘tish, elektr energiyasiga oshirilgan tariflar va boshqa talablar joriy etilmoqda. Faqatgina kompaniyalar mayning bilan shug‘ullanishi mumkin. To‘lov vositasi sifatida kriptovalyutadan foydalanish taqiqlanadi.

  • 07.05.2022
  • 426
OAV: "Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy hisobotlar tahlilini e'lon qildi"

Hozirda, davlat ishtirokidagi korxonalar soni 2 117 tani tashkil etadi (227-AJ, 1 075-MChJ, 815-DUK), shundan 347 tasi bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan. Bular faoliyatsiz yoki tugatish jarayoni olib borilayotgan korxonalar hisoblanadi. Ushbu korxonalarda davlat nomidan aksiyador (ishtirokchi, muassis) funksiyasi 70 dan ortiq vazirlik va idoralar, mahalliy hokimlik organlari tomonidan amalga oshiriladi.

  • 06.05.2022
  • 483
OAV: "O‘zbekiston So‘z erkinligi indeksining 2022-yilgi reytingida 24 pog‘ona yuqoriladi"

"Chegarasiz reportyorlar" xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan tuziladigan So‘z erkinligi indeksining 2022-yilgi reytingida O‘zbekiston o‘z ko‘rsatkichlarini 24 pozisiyaga yaxshilab, 157-o‘rindan 133-o‘ringa ko‘tarildi.

  • 05.05.2022
  • 318
OAV: ""Oltin qalam" XVI milliy mukofoti sovrindorlari taqdirlandi"

Bugun, poytaxtimizdagi "Turkiston" saroyida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan o‘tkaziladigan an’anaviy "Oltin qalam" XVI Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovning g‘olib va sovrindorlarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

  • 05.05.2022
  • 651
daryo.uz — Yangi zamon: Yevropa issiqlik va elektr energiyasining yuqori narxlariga qanday ko‘nikmoqda?

Yevropa davlatlari Rossiya energiya ta’minotiga muqobil yo‘l izlayotgan bir paytda gaz va elektr energiyasi narxi oshib bormoqda. Bu haqda Forbes xabar berdi.

  • 05.05.2022
  • 358
3-MAY — JAHON MATBUOTI ERKINLIGI KUNI

Bugun 3-may — Jahon matbuoti erkinligi kuni. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 1993-yil 3-mayda “Xalqaro matbuot erkinligi kuni” deb e'lon qilish va shu sanada matbuot erkinligi kunini nishonlash haqida maxsus rezolyusiya qabul qilingan.

  • 03.05.2022
  • 310
OAV: "Yoshlar va bolalarni kiberbulingdan himoya qilish — dolzarb vazifa"

O‘zbekistonda shakllanayotgan fuqarolik jamiyatining muhim qismiga aylangan OAV, internet jurnalistika va blogerlik jadal rivojlanmoqda. Bugun uyqudan uyg‘onishimiz bilan ijtimoiy tarmoq va messenjerlarga oshiqamiz, hayotimizni real vaqt rejimidagi yangiliklar va postlarsiz, matbuot va elektron nashrlardagi dolzarb maqolalar, ijtimoiy tarmoqlardagi qiziqarli, tanqidiy va fikrlashga undovchi materiallarsiz tasavvur eta olmaymiz.

  • 29.04.2022
  • 590
OAV: ““O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” yil boshidan beri 1,5 trillion so‘m zarar ko‘rdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 6,5 barobarga ko‘p”

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”ning 2022-yilning yanvar—mart oylaridagi umumiy daromadi 5,1 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda “Daryo”ga kompaniya moliyaviy hisobotidan ma’lum bo‘ldi.

  • 27.04.2022
  • 393
Bugun Muhammad Yusuf tug‘ilgan kun

O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyati Marhamat tumanining Qovunchi qishlog‘ida dehqon oilasida tavallud topgan.

  • 26.04.2022
  • 453
OAV: « O‘zbekiston Xalqaro valyuta jamg‘armasidan $500 million dollardan ortiq mablag‘ oladi»

Mablag‘lar O‘zbekistonda qishloq tadbirkorligi, shamol elektr stansiyalari va boshqa tarmoqlarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

  • 25.04.2022
  • 347
OAV: «2021-yilda Qozog‘istonda QTE elektr energiyasi ishlab chiqarish 30 %ga oshdi»

Natijada, elektr energiyasi ishlab chiqarishning umumiy hajmida QTE tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining ulushi bir yil avvalgi 3 %ga nisbatan 3,7 %ni tashkil etdi, deb xabar bermoqda «EnergyProm» sayti.

  • 20.04.2022
  • 333
>