OAV va jamoatchilik bilan ishlash
OAV: «Quyosh panellarining samaradorligini qanday saqlab qolish mumkin?» — Energetika vazirligiga savol
  • 18.04.2022
  • 364

O‘zbekiston Energetika vazirligi Matbuot xizmatiga changli sharoitda quyosh panellarining samaradorligini qanday saqlab qolish mumkinligi haqida bir necha bor savollar kelib tushdi.

Ushbu savollarga javob berar ekanmiz, avvalo quyosh panellarini tozalash jarayoni haqida ma'lumot bermoqchimiz — bu ularning samaradorligini (foydali ish koeffitsientini) saqlab qolish va nur o‘tkazish qobiliyatini oshirishning muhim shartidir.

Texnik shartlarga ko‘ra, 1 ta quyosh panelining modulini tozalash uchun 0,6 litr suv ishlatilishi kerak.

Quyosh panellarini tozalash quyosh fotoelektr stansiyasi (QFES) joylashgan hududning changlanish darajasiga qarab amalga oshiriladi va bu chastotada katta farq qilishi mumkin. Demak, Samarqand QFESda panellarni yiliga 2 marta tozalash yetarli bo‘lsa, Navoiy QFESda esa oyiga 2 marta bunday tozalash ishlari olib borilishi zarur bo‘ladi.

Panellarni tozalash jarayonlari haqidagi ushbu videoni tomosha qilishga taklif etamiz (Video Navoiy viloyatidagi QFESda suratga olingan).

#buqiziq

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>