OAV va jamoatchilik bilan ishlash
OAV: «Yangihayot tumanida kommunal to‘lov mablag‘larini o‘zlashtirgan MChJ rahbarlari aniqlandi»
  • 11.03.2022
  • 255

Yangihayot tumanida aholidan kommunal to‘lovlar uchun undirilgan mablag‘larni o‘zlashtirgan MCHJ rahbarlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, kommunal to‘lovlar xizmati bilan shug‘ullanuvchi “SD.G.”va “W.l.” MCHJ rahbarlari va boshqalar 396 nafar iste’molchi tomonidan tabiiy gaz hamda elektr ta’minoti uchun oldindan to‘lov sifatida amalga oshirilgan 198,2 mln so‘mni abonentlarning shaxsiy hisob raqamlariga o‘tkazmasdan, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Manba: https://ogoh.uz/30870/?lang=uz

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>