OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Xitoy quyosh energiyasining o‘rnatilgan quvvati 306 GVtga yetdi
  • 18.03.2022
  • 302

So‘nggi to‘qqiz yil davomida Xitoy quyosh energiyasining yillik o‘sishi borasida dunyoda birinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Xitoy o‘tgan yili 53 GVt fotoelektr quvvatini ishga tushirdi.

306 GVt quyosh quvvatining deyarli uchdan bir qismi, 107,5 GVt, taqsimlangan quyosh generatsiyasi, shu jumladan 21,5 GVt energiyasi esa turar-joy fotoelektr stansiyalariga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda Xitoyning shamol energetikasi quvvati ham 300 GVtdan oshgan edi.

Xitoy 2030-yilga borib shamol va quyosh energiyasining umumiy o‘rnatilgan quvvatini 1200 GVt dan oshirishni maqsad qilgan. Biroq, ekspertlarning fikricha, bu ko‘rsatgichga bir necha yil oldinroq yetib kelishlari mumkin.

#quyoshenergiyasi

#shamolenergiyasi

Manba: https://t.me/clearenergy/1396

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>