OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!
  • 08.02.2022
  • 343

 Butun turkiy dunyo Alisher Navoiyni “shams ul-millat” — “millat quyoshi” deb hamma davrlarda e'zoz bilan tilga oladi. Butun umrini turkiy til mavqeini ko‘tarish, turkiy adabiyot imkoniyatlarini dunyoga tan oldirish, turkiy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga, jamiyatda haqiqat va adolat mezonlarini qaror toptirishga bag‘ishlagan bobokalonimiz bu e'tirofga to‘la-to‘kis munosib va haqlidir.

Hazrat Mir Alisher Navoiy turkiy tilda birinchi bo‘lib “Xamsa” yozishga kirishib, ikki yilda beshta yirik dostondan iborat asarni yozib tugatgan edi. Ushbu voqeadan so‘ng o‘sha davrning hukmdori Husayn Boyqaro buyuk shoirni o‘zining oq otiga mindirib, unga jilovdorlik qilib, Hirot ko‘chalarini aylantirganligini insoniyat tarixida kamdan kam uchraydigan hodisalardan, deyish mumkin.

So‘z mulkining sultoni, tenggi yo‘q alloma, mutafakkir ijodkor hamda o‘z davrining ulkan davlat arbobi bo‘lgan Alisher Navoiy hazratlari tavalludining 581 yilligi munosabati bilan shoir ijodiga yuksak ehtirom ko‘rsatishda davom etamiz!

✍️ O. To‘xtashev, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi

 

Veb-sahifa ‖  Telegram ‖  FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>