Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlari iste'molchilarining elektr energiyasi ta'minoti ishonchliligini yanada oshirish maqsadida 500 kVli elektr uzatish tarmog‘i hafta davomida, tunda ta'mirga chiqarilishi rejalashtirilgan.
Ushbu ishlar tunda soat 00:00 dan 04:00 gacha (4 soat muddatda) 70 metr balandlikda olib borilishini, bunda iste'molchilarning elektr ta'minotida uzilish sezilmasligini ma'lum qilamiz.
Hurmatli iste'molchilar, ushbu rejalashtirilgan ta'mirlash ishlari yomg‘irli ob-havo bo‘lganligi sababli, 8-9 fevral kunlari amalga oshirilmaydi.
Ta'mirlash ishlari amalga oshirilishidan avval iste'molchilar oldindan qo‘shimcha xabardor qilinadi.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
Manba: https://t.me/minenergy_uz/4591
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati