OAV va jamoatchilik bilan ishlash
14-fevral — buyuk shoir, shoh, sarkarda va olim Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.
  • 14.02.2022
  • 439

〰️〰️〰️
✍️ «…U turli fazilatlar bilan bezangan va maqtovli xislatlarga ega bo‘lgan bir podshoh edi. Ushbu barcha fazilatlaridan shijoat va muruvvati ustun turardi. Turkiy she'rni Amir Alisherdan keyin hyech kim Bobur yozgan darajada yozgan emas».

Mirzo Muhammad Haydar. «Tarixi Rashidiy»dan.

〰️〰️〰️
✍️ «Bobur dilbar shaxs edi. Uyg‘onish davrining ajoyib sultoni, kuchli, tadbirkor kishi bo‘lib, san'atni, adabiyotni, go‘zallikni sevardi».

Javoharla'l Neru. «Hindistonning kashf etilishi» kitobidan.


〰️〰️〰️
✍️ «Bobur fe'liga ko‘ra Sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir. Uning manglayiga yuksak fazilatli inson deb bitib qo‘yilgan».

Eduard Xolden, ingliz tarixchisi.

〰️〰️〰️
✍️ «Saxovati va mardligi, iste'dodi, ilm-fan, san'atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishi jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi».

Uilyam Erskin, «Boburnoma» tarjimoni.

Manba

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>