Maktabdagi fizika darsidan bizga ma'lumki, har qanday elektr dvigatel nafaqat energiya iste'mol qiladi, balki o‘zi ham ishlab chiqara oladi. Bu sekinlashish paytida sodir bo‘ladi. Elektr dvigatelining stator cho‘lg‘amidan kuchlanish olib tashlanganda, u o‘z-o‘zidan elektr energiyasini ishlab chiqara boshlaydi.
Masalan, temir yo‘l transportida dvigatel ishlab chiqargan energiya, umumiy elektr tarmog‘iga, tortish podstansiyalari yoki kontakt tarmog‘i orqali, bevosita boshqa poezdlarga uzatiladi. Sovet Ittifoqi davrida Moskva metrosida aynan shu prinsipda ishlagan, o‘shanda shahar «yer osti yo‘li» 50 foizgacha elektr energiyasini yig‘ib, qayta ishlatishga muvaffaq bo‘lgan.
Zamonaviy qayta tiklanish tizimlari allaqachon energiya ishlab chiqarish salohiyatini qayta tiklanadigan energiya sanoati bilan tenglashtirishga qodir.
Rossiyalik ishlab chiquvchilar va qayta tiklanish tizimlarining yaratuvchilari tomonidan o‘tkazilgan sinovlar, tramvay tezlanish vaqtida, iste'mol qiladigan energiyaning taxminan 40 foizini qayta tiklashi mumkinligini ko‘rsatadi.
Avvalroq, Norvegiya ruda poezdlari qayta tiklanish tamoyilidan foydalangan holda qanday qilib iste'mol qilgan energiyasidan besh baravar ko‘proq elektr energiyasi ishlab chiqarganini aytib o‘tgan edik.
Rasmda: teplovizor yordamida olingan tramvay tasviri. Tomning dum qismida yorqin ko‘rinishdagi elementlar energiyani issiqlik shaklida tarqatadigan rezistorlardir. Manba: TEEMP.
Manba: https://t.me/clearenergy/1362
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati