OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Bugun kechasi Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida elektr ta'minoti to‘xtatilishi to‘g‘risidagi xabarlar noto‘g‘ri!
  • 08.02.2022
  • 276

Hurmatli iste'molchilar!

Ijtimoiy tarmoq sahifalarida bugun, 2022-yil 8-fevraldan 9-fevralga o‘tar kechasi viloyatlarga tungi soat 00:00 dan ertalab soat 05:00 gacha cheklovlar kiritilishi, buning oqibatida Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida “elektr ta'minoti to‘xtatilishi” to‘g‘risidagi xabarlar tarqamoqda: https://t.me/uzbekvideo/25885

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufidagi Milliy dispetcherlik markazining ma'lum qilishicha, Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasini 500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘iga tutash qismida ta'mirlash ishlari olib borilayotganidan foydalanib, ushbu havo tarmog‘ida ayrim ta'mirlash ishlari (eski rusumdagi izolyatorlarni yangi, zamonaviy izolyatorlarga almashtirish) ishlari olib boriladi.  Biroq mazkur havo tarmog‘ining ta'mirga chiqarilishi Farg‘ona vodiysi iste'molchilarining elektr ta'minotiga ta'sir ko‘rsatmaydi.

Yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari o‘zaro halqalangani bois, Farg‘ona vodiysi iste'molchilariga  boshqa yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari orqali elektr energiyasi yetkazib beriladi. Ta'mirga chiqarilgan tarmoqning yuklamasi boshqa yuqori kuchlanishli tarmoqqa tushishi oqibatida cheklovlar kiritilmasligi uchun (!) ushbu ta'mirlash-tiklash ishlari elektr ta'minoti tunning keskin kamaygan paytida, ya'ni yarim tunda amalga oshiriladi.

 

Veb-sahifa ‖  Telegram ‖  FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>