«Assalomu alaykum. Men Namangan viloyati, Namangan tumani, Beshkapa mahalla fuqarolari yig‘inida yashovchi fuqaroman. Hozirga paytda elektr ta'minotida juda ko‘p uzilishlar bo‘lmoqda. Bir necha bor murojaat qilishimga qaramay, natija borgan sayin yomon tarafga o‘zgarmoqda.
Murojaat mazmuni: «Yangiyo‘l tuman elektr tarmoqlariga foydalanilgan elektr uchun to‘lov qilingan, balansda 730 ming so‘mdan ortiq pul bor edi. Tekshirgani kirib so‘raganimda “yo‘q, unaqa mablag‘ mavjudmas” deb aytishdi xodimlar. Ammo payme ilovasi orqali tekshirganimda ham yuqoridagi mablag‘ mavjud edi, lekin borib murojaat qilinganimda, xodimning qanaqadir harakatidan keyin, 700 ming so‘m mablag‘ yo‘q bo‘p qoldi, keyin hisobda 30 ming so‘m mablag‘ qoldi. Buni qanday izohlash mumkin? Kim javob beradi bu masalaga? Yoki yuqoriga murojaat qilish kerakmi?»
Murojaat egasi: Muxtorov Sobit Abduaxatovich
Murojaat egasi: Toshtemirov Oybek Quroqboyevich
Murojaat mazmuni: «…Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Oqrobot hududida elektr energiyasi bugun 12 soatdan beri yo‘q! Shunga shikoyat qilmoqchi edim... Shu masalada yordam bersangizlar...»
Murojaat mazmuni: «Assalomu alaykum! Men Samarqand viloyati, Narpay tumani, Nogoraxona mahallasi, Birodarlik ko‘chasi 2-uydan murojaat qilmoqdaman. Bizning mahallamizda elektr energiyasi doimiy tarzda uzilib turadi... Tumanimiz hududiy elektr tarmoqlari tashkilotiga murojaat qilsak, bizning qo‘limizda emas, “milliy elektr tarmoqlari tomonidan o‘chiriladi”, deb javob qaytarishadi.
Murojaat mazmuni: «...Mening xonadonimda tok o‘chdi. Nimaga ortiqcha pul to‘lasam ham yonmaydi? Keyin nimaga Urgutda navbatchi o‘tirmaydi va telefon raqami yo‘q. Muammomni kim hal qiladi?»
Murojaat mazmuni: «... Assalomu aleykum! Bizning mahallamiz elektr simyog‘ochlari juda eski, zimiz qo‘lbola usulda tayyorlab o‘rnatganmiz. Hozir simlar qo‘l tegadigan darajada pastlab osilib qolgan. Sizlardan iltimos, shu mahallamiz elektr simyog‘ochlarni yangi zamonaviy simyog‘ochlarga almashtirib berishlaringni so‘rayman. Osilib qolgan elektr tarmoqlari insonlar hayotiga xavf solmoqda.»
Murojaat mazmuni: «...Elektr energiyasini kuchlanishi o‘ta past darajada. Maishiy texnikalarni ko‘p kuydirgan. Kuchlanish 120–140 volt atrofida keladi.»
“Wang Da Rolling Steel” MChJ qo‘shma korxonasi 2018-yilda tashkil etilgan va Sirdaryo viloyati Shirin shahridagi yagona bo‘lgan yirik og‘irsanoat korxonasi hisoblanadi.
Murojaat mazmuni: «Yunusobod tumani, Usta Shirin ko‘chasi, 58-A-uyning old qismiga yuqori kuchlanishli elektr transformatori o‘rnatilgan. Men ushbu manzilda tadbirkorlik faoliyatimni boshlamoqchi edim. Mazkur elektr shiti menga xavf tug‘dirayotganligini inobatga olib, boshqa hududga ko‘chirib berishda amaliy yordam berishingizni so‘rayman.»
Murojaat mazmuni: «Ushbuni yozib ma'lum qilamanki, «Milliy elektr tarmoqlari» Qiziltepa tumaniga ishga kirish uchun 2018-yildan buyon bir necha marotaba murojaat qildim. Qayta-qayta, og‘zaki murojaat qilgandim. Bo‘sh ish o‘rni yo‘qligi to‘g‘risida og‘zaki javob berishdi. Lekin shundan keyin bir necha xodimlarni ishga qabul qilishdi. Mening murojaaatim o‘z holicha qolaverdi. Sizdan iltimos, “Milliy elektr tarmoqlari” Qiziltepa tumaniga ishga kirishga amaliy yordam berishingizni so‘rayman.»
Murojaat mazmuni: «...Murojatimning mazmuni shundan iboratki, men Meliboyev Shuhratjon Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani, Yakkatut qishlog‘i, Soytepa mahallasi 47-xonadonida istiqomat qilaman. Hozirgi kunda, qish mavsumida bizda tabiiy gaz yo‘q. Elektr ham ayni kerak vaqtda, ertalab 07:00 da o‘chadi.
Murojaat mazmuni: «“Svet”ni o‘chirib asabni buzmanglar! Yosh bolalarim bor... Havo sovigandan keyin elektr ta'minotini uzib, asab buzmanglar. Sovuq tushgandan keyin hech qaysi aloqa operatorlaring ham ishlamaydi. Telefonni ko‘tarsa ham yolg‘onlarini boshlaydi.»
Murojaat mazmuni: “...Uyda tok o‘chib qoldi. Puli tugagan bo‘lsa kerak deb 50 ming so‘m tashladim. Darrov yonmadi... “Elektroset” raqamiga qo‘ng‘iroq qildim, hech kim ko‘tarmadi. Pul tashlaganda “svet” yonmasa, “elektroset” telefonlarini hyech kim ko‘tarmasa, biz nima qilishimiz kerak?!”
Murojaat mazmuni: Men Salimov Hasan Farhodovich, Samarqand shahri, Gagarin ko‘chasi, 119-uy, 76-xonadonda yashayman. 2020 yilgacha xotinim va qaynonamning oylik maoshidan har oy elektr energiyasi uchun ushlanib kelingan. Shuning uchun 2020-yil dekabr oyida men borib kompyuterda tekshirib sahifamdagi ma'lumotlarni chop etib olganimda to‘langan kilovatt•soat 15939 kVt edi. Bir yildan so‘ng, 2021 yil 2 dekabr kuni tekshirganimda, kompyuterdagi shaxsiy kabinetimizda, to‘langan hisob ko‘rsatkichi 15029 kilovatt•soatni ko‘rsatdi.
Murojaat mazmuni: Men fuqaro Mehmonova Gulnoza Miravlodovna Toshkent viloyati Parkent tumani Nomdanak qishlog‘ida istiqomat qilaman. Mana, ikki haftadan ziyodroq vaqtdan beri har kuni soat 17:00lar atrofidan elektr tarmog‘i o‘chirilib qo‘yiladi, to ertasi kuni soat 10:00largacha o‘chadi. Har kuni. Bu kabi uzoq muddatli tarmoqdagi uzilishlar sabab aholi yashash sharoitlari keskin yomonlashib, turmush darajamiz og‘irlashuviga olib kelmoqda. Qishlog‘imizda qariyalar, yosh bolalar, bemorlar va maktab o‘quvchilari ko‘p. Kimnidir sog‘lig‘i og‘irlashganda yoki kimgadir nimadir zarur bo‘lganda ilojsiz ahvolda qolayapmiz.
Murojaat egasi: Salimjon Butayev Murojaatchining manzili: Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, butaev1938@mail.ru
Murojaat egasi: Zarina Muhammadova hamda Dilrabo Mirzayeva, Surxondaryo viloyati
Murojaat egasi: Mahkamov Jahongir Qahramon o‘g‘li Murojaatchining manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, jaxongirmaxkamov@outlook.com