Kelib tushgan murojaatlar
uzbekistonmet.uz veb-saytining «Murojaatlar» rukniga yuborilgan murojaatlar turdosh tashkilotlarning matbuot xizmatlariga yo‘naltirildi
  • 14.07.2021
  • 685

Murojaatchining nomi: Sultonov Safarmurod Chorievich
Murojaatchining manzili: Toshkent shahri, Taxtapul, 2-uy.

Murojaatning mazmuni: Беспредел! Оплату берет Шайхонтохурская РЭС при аварии ссылаются на Олмазарскую! В итоге с 12-00 света нет и никто ни за что не отвечает!! А за 6 кВт⋅ч задолженности сами сразу отключают!

Murojaatchining nomi: Ro‘zimov Ulug‘bek Boltaboyevich
Murojaatchining manzili: Toshkent shahri, Adju universiteti.

Murojaatning mazmuni: Universitetda elektr energiyasi uzilib qoldi!

Murojaatchining nomi: A.A.Mirzayev
Murojaatchining manzili: Surxondaryo viloyati, Termiz tumani.

Murojaatning mazmuni: Surxondaryo viloyati Termiz tumani “Bunyodkor” mahallasi, Yangi Davr ko‘chasi 22-uyda istiqomat qilib kelaman. Bizning mahalla yangi tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda 100 dan ortiq aholi istiqomat qilib kelmoqda. Bizning muammomiz shundaki, mahallaga elektr energiya kuchlanishi juda pastligi va elektr sim yog‘ochlarining qo‘lbola qilinganligi sababli 2020-yil sentabr oyida viloyat elektr tarmoqlari korxonasiga ariza bilan murojaat qilganligimizda elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari kelib o‘rganib, dekabr oyida yangi transformator ajratilib, mahalla markaziga tushirildi. Shu tushirilganicha hali-hanuzgacha o‘sha joyida “ko‘rgazma” sifatida turibdi.

Mahalla fuqarolari tuman elektr tarmoqlari korxonasiga bir necha bor murojaat qilib borganida 12 dona beton ustuni kerakligini va bu ustunlar hozirgi kunda bizda yo‘q, qachonki viloyat elektr tarmoqlari ajratsa, qo‘yib berishini aytib, bahona qilib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasiga yo‘llagan murojaatimga javoban 2021-yil may oyi yakuniga qadar sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlab beramiz, deb “O‘zenergoinspeksiya” Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limi tomonidan 2021-yil 5-aprelda 19/231-sonli xati orqali javob berilgan. Lekin hozirgi kunga qadar hech qanday ishlar amalga oshirilmagan. Keyingi murojaatimni kelmay dalolatnoma qilib yopib yubordi. Meni qiziqtirgan narsa shuki, 7 oydan beri yolg‘on va'dalar berib kelinadi lekin umuman natija bo‘lmaydi. Energetika vazirliging 12 dona beton ustun bilan 1000 metr simga kuchi yetmaydimi?

Murojaatlarga javob: «Hurmatli Safarmurod Sultonov, Ulug‘bek Ro‘zimov va  A.A.Mirzayev! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining «Murojaatlar» rukni  orqali yuborgan murojaatlaringiz tegishli tartibda qayd etildi va elektron murojaatda ko‘tarilgan masalalar «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati vakolatlari doirasiga kirmagani bois, turdosh tashkilotlar — O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Matbuot xizmatlariga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

❗️ MA'LUMOT O‘RNIDA: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, tarmoqda qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

☎️ YAGONA TELEFON raqami — matbuot kotibi 71/236-68-08 va ISHONCH RAQAMI  — fuqarolar murojaati uchun maxsus raqam 71/208-56-46. Ijtimoiy tarmoq sahifalari

‼️ Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatiga kiradi.
 
  E'tiboringizga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Matbuot xizmati tomonidan het.uz veb-sayti hamda uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida keltirilgan e'lonini havola etamiz:
 
  Hurmatli iste'molchilar, tarmoqlarga xizmat ko‘rsatishda ta'magirlik holatlari kuzatilayotgan bo‘lsa, shuningdek, pul talab qilinayotgan yoki manfaatlaringiz kamsitilayotgan bo‘lsa, “Hududiy elektr tarmoqlari”ning 71-233-01-28, 78-150-75-64 raqamlariga yoki Telegram’dagi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot” kanali  orqali ham o‘z murojaatlaringizni yo‘llashingizni so‘raymiz.

  Ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali murojaat uchun:
Telegram@hetmuloqot, @HET_admin,
Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari.
Call centre: 1154.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

☑️ Shuningdek, murojaat egalariga O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasining https://t.me/Energoinspeksiya telegram kanali hamda http://uzenergoinspeksiya.uz/ rasmiy-veb saytini kuzatib borishni tavsiya etamiz.
 
  Bundan tashqari, fuqaro Ishanov Ishan Muratovichning murojaati haqoratli gap-so‘zlardan iborat bo‘lganligi tufayli (etika me'yorlariga zid deb topilib) e'lon qilinmadi. Shuningdek, fuqaro Sherzod Abduxakimov nomidan yo‘llangan murojaat uni yuborishda ko‘rsatilgan telefon raqam va elektron pochta manzili boshqa shaxsga tegishli ekanligi, ya'ni murojaatda ko‘rsatilgan telefon raqam egasi murojaat yo‘llamagani, elektron manzil esa unga tegishli emasligi o‘rganilib, anonim murojaat sifatida ko‘rib chiqilmadi.

✅ Barcha iste'molchilarga minenergy.uz, uzenergoinspeksiya.uz, uzbekistonmet.uz, tpp.uz va het.uz veb-sayti hamda ularning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida berib borilayotgan ma'lumotlarni kuzatib borishni tavsiya etamiz. Elektr ta'minoti barqaror faoliyat yuritish uchun tizim tashkilotlari tunu kun xalqimiz xizmatida, favqulodda sodir bo‘lgan texnik-muhandislik holatlari uchun iste'molchilardan uzr so‘raymiz. Eslatib o‘tamizki, iste'molchilarning huquqlari bilan birga bir qator majburiyatlari  ham mavjud.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
  t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>