Murojat raqami: 26/21
Holatni tekshirish kodi: 2b11afb375
Murojaat egasi: Qobilov Xo‘roz Xolboyevich
Murojaat kelib tushgan vaqt: 2021-yil, 18-iyun, soat 19:11.
Murojaat qayd etildi: uzbekistonmet.uz veb-saytining «Murojaatlar» rukni, 2021- yil, 21- iyun kuni, soat 10:37.
⇒ Murojaat mazmuni: «...Murojaatimning mazmuni shundan iboratki, Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, Ko‘kdala hududiy elektr tarmoqlarida ishlovchi N.X. 2021-yil 17-iyun kuni spirtli ichimlik ichgan, ya'ni mast holatda Fermer xo‘jaligiga qarashli TP-1333 10 kVli liniyani tarmoqdan asossiz uzib qo‘ymokda. Shu holatga nisbatan qonuniy chora ko‘rishingizni so‘rayman».
⇒ Murojaatga javob: «Hurmatli fuqaro Xo‘roz Xolboevich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining «Murojaatlar» rukni orqali yuborgan murojaatingiz tegishli tartibda qayd etildi va Siz elektron murojaatda ko‘targan masala «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati vakolatlari doirasiga kirmagani bois, turdosh tashkilot — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi».
❗️ MA'LUMOT O‘RNIDA: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, tarmoqda qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.
☎️ YAGONA TELEFON raqami — matbuot kotibi 71/236-68-08 va IShONCh RAQAMI — fuqarolar murojaati uchun maxsus raqam 71/208-56-46. Ijtimoiy tarmoq sahifalari
‼️ Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELeKTR TARMOQLARI” AJning vakolatiga kiradi.
E'tiboringizga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Matbuot xizmati tomonidan het.uz veb-sayti hamda uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida keltirilgan e'lonini havola etamiz:
Hurmatli iste'molchilar, tarmoqlarga xizmat ko‘rsatishda ta'magirlik holatlari kuzatilayotgan bo‘lsa, shuningdek, pul talab qilinayotgan yoki manfaatlaringiz kamsitilayotgan bo‘lsa, “Hududiy elektr tarmoqlari”ning 71-233-01-28, 78-150-75-64 raqamlariga yoki Telegram’dagi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot” kanali orqali ham o‘z murojaatlaringizni yo‘llashingizni so‘raymiz.
⇒ Ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali murojaat uchun:
Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin,
Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari.
Call centre: 1154.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati
Fuqaro Xo‘roz Qobilovga, shu bilan birga, barcha iste'molchilarga het.uz veb-sayti hamda uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida berib borilayotgan ma'lumotlar, ogohlantirish hamda foydali maslahatlarni kuzatib borishni tavsiya etamiz. Bundan tashqari, qashqadaryolik iste'molchilar "QASHQADARYO HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI" AJ telegram kanalini kuzatib borishi maqsadga muvofiq. Unda Qashqadaryo viloyati elektr tarmoqlarida olib borilayotgan sozlash-tiklash ishlari haqidagi xabarnomalar mazkur rasmiy kanal orqali tez-tez e'lon qilib boriladi.
Barcha iste'molchilarga minenergy.uz, uzbekistonmet.uz, tpp.uz va het.uz veb-sayti hamda ularning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida berib borilayotgan ma'lumotlarni kuzatib borishni tavsiya etamiz. Elektr ta'minoti barqaror faoliyat yuritish uchun tizim tashkilotlari tunu kun xalqimiz xizmatida, iste'molchilarning huquqlari bilan birga bir qator majburiyatlari ham mavjud.
✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati