Kelib tushgan murojaatlar
Kasbi tumanidan fuqaro murojaati: « Maymanoq qishlog‘ida “svet” har kuni 10-15 daqiqa o‘chirilmoqda. Sababi nima? Nimaga o‘chirilmoqda?»
  • 17.06.2021
  • 897

Murojaat egasi: Jo‘raqulov Anvar Abrorovich

Murojaat kelib tushgan vaqt: 2021-yil, 16-iyun, soat 18:59.

Murojaat qayd etildi: uzbekistonmet.uz veb-saytining «Murojaatlar» rukni, 2021-yil, 17-iyun uni, soat 9:24.

⇒ Murojaat mazmuni: «... Kasbi tumani Maymanoq qishlog‘ida “svet” har kuni 10–15 daqiqa o‘chirilmoqda. Sababi nima? Nimaga o‘chirilmoqda? Sababini viloyat elektr tarmoqlari korxonasidan so‘rasak, javob bermayapti... Iltimos, shuni ko‘rib chiqinglar...».

⇒ Murojaatga javob: «Hurmatli fuqaro Anvar Jo‘raqulov, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining «Murojaatlar» rukni orqali yuborgan murojaatingiz tegishli tartibda qayd etildi. Siz murojaatda ko‘targan masala «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati mutaxassislariga, shu bilan birga, turdosh tashkilot — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Matbuot xizmatiga yuborildi.

✅ Milliy dispetcherlik markazining ma'lum qilishicha, Kasbi tumani Maymanoq qishlog‘ini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 35 kV kuchlanishli L–Qoraqum liniyasida 2021-yil 16-iyun kuni ortiqcha yuklama bilan ishlash oqibatida yuzaga keladigan avtomatik o‘chish hamda cheklovlar kuzatilmagan. Shuningdek, ushbu elektr tarmog‘ida yuqori hamda past kuchlanishli tarmoq brigadalari tomonidan sozlash-tiklash ishlari olib borilgani haqida dispetcherlik jurnallarida qaydlar mavjud emas. Demakki, ehtimol bilan, qishloq yoki siz yashaydigan xonadon elektr tarmoqlarida nosozlik mavjud bo‘lib, nosozlik Sizning murojaatingizga binoan, tegishli tartibda Kasbi tumani elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari tomonidan bartaraf etiladi».

⇒ Fuqaro Anvar Jo‘raqulovga qo‘shimcha ma'lumotlar uchun "QASHQADARYO HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI" AJ  telegram kanalini kuzatib borishni tavsiya etamiz. Qashqadaryo viloyati elektr tarmoqlarida olib borilayotgan sozlash-tiklar ishlari haqidagi xabarnomalar mazkur rasmiy kanal orqali tez-tez e'lon qilib boriladi.

  Barcha iste'molchilarga minenergy.uz, uzbekistonmet.uz, tpp.uz va het.uz veb-sayti hamda ularning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida berib borilayotgan ma'lumotlar kuzatib borishni tavsiya etamiz. Elektr ta'minoti barqaror faoliyat yuritish uchun tizim tashkilotlari tunu kun xalqimiz xizmatida, iste'molchilarning huquqlari bilan birga bir qator majburiyatlari ham mavjud.  

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
  t.me/uzmetaxborotxizmati

>