Kelib tushgan murojaatlar
MUROJAAT MAZMUNI: «NEGA AYNAN NONUSHTA VA KECHKI OVQAT PAYTI CHIROQ O‘CHADI?»
  • 24.01.2020
  • 1189

     MUROJAAT MAZMUNI: Men Oxun Alilov, Toshloq tumani, Yakavut MFY, Beruniy ko‘chasi, 182-uyda yashayman. Bir haftadan buyon elektr energiyasi bir necha soatlab o‘chirib qo‘yilmoqda. Eng achinarlisi, ertalab soat 6 dan 8 gacha (nonushta payti) va kechki 18 dan keyin (kechki ovqat paytida) bir necha soatlab...

     Bu vaqtda o‘chirilishi aholining g‘azabini qo‘zg‘ash uchun ataylab qilinayotganga o‘xshaydi! Mayli, o‘chirsin, yonilg‘i tanqisligi uchun cheklovlar kiritilayotganini tushunayapmiz, lekin cheklovlar kechasi 23:00dan ertalab 6:00gacha yoki kunduz kuni kiritilsin. Nega aynan aholi ovqatlanadigan, o‘quvchilar dars tayyorlayotgan yoki maktabga ketishi oldidan o‘chiriladi?

     MUROJAATGA JAVOB: Hurmatli iste'molchi Oxun Alilov! Sizning uzbekistonmet.uz saytiga rasmiy murojaatingiz «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati tomonidan ma'lumot o‘rnida qabul qilindi.

     Ma'lum qilamizki, Siz tomoningizdan so‘ralgan masala Jamiyatimizga turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati vakolatlari doirasida bo‘lib, energotizimda mavjud barqarorlik muvozanatini saqlash maqsadida ma'lum miqdordagi cheklovlar o‘rnatilishi bevosita «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» hamda «Issiqlik elektr stansiyalari» aksiyadorlik jamiyatlarining faoliyatlari bilan ham chambarchas bog‘liq.

     Murojaatingizda elektr ta'minotidagi cheklovlar aynan energoresurslarga ehtiyoj ortgan paytda (tonggi nonushta va kechki dam olish paytida) amalga oshirilayotgani haqida yozibsiz... Sizga shuni ma'lum qilamizki, odatda aynan ertalabki 5:00 dan 9:00 gacha va kechki 18:00 dan keyin kunlik o‘rtacha iste'molning eng yuqori ko‘rsatkichlari qayd etiladi.

     Buni oddiy so‘z bilan ifodalasak, kunning ma'lum bir paytida elektr ta'minotiga bo‘lgan talab keskin ortishi oqibatida elektr jihozlari va uskunalarida favqulodda avariya yoki yong‘inlar sodir bo‘lmasligining oldi olinib, ishlab chiqarish va iste'mol o‘rtasidagi balansni ta'minlash maqsadida, mahalliy dispetcherlar tomonidan ma'lum ma'nodagi cheklovlar o‘rnatilishiga majbur bo‘linadi.    

     Agar kichikroq hudud doirasida turli sabablarga ko‘ra ta'minot balansini saqlay olish imkoni bo‘lmasa, energotizim barqarorligini ta'minlovchi himoya vositalari ishlashi oqibatida kattaroq hudud doirasida uzilishlar sodir bo‘ladi.

     Ayrim hollarda nosoz va yuqori quvvat talab etuvchi elektr jihozlaridan ommaviy tarzda foydalanishlar ham favqulotda avariya sodir bo‘lishiga, transformatorlar, himoya uskunalari, simyog‘ochlar yonib ketishiga, buning oqibatida elektr ta'minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishiga olib keladi.

     Bundan tashqari, ayni paytda elektr energiyasini ishlab chiqarish korxonalarida yonilg‘i tanqisligi vujudga kelgan bo‘lib, bu omil ham o‘z navbatida elektr ta'minotidagi cheklovlar o‘rnatilishiga sabab bo‘lmoqda:

     https://daryo.uz

     Ma'lumot o‘rnida: bundan bir necha kun oldin Energetika vazirligi tomonidan mamlakatimiz aholisiga vaziyatni to‘g‘ri tushungani uchun minnatdorlik bildirish barobarida soha mutaxassislari tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gaz ta'minotini yaxshilash uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilgani haqida rasmiy bayonot berilgan edi.

     https://telegra.ph

     Murojaatingiz bilan bog‘liq masalalarni batafsil bilib olishingiz uchun quyidagi maqolalarni diqqat bilan mutolaa qilishingizni so‘raymiz:

      http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/177

     http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/150

     http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/214

     http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/208

     Ma'lumot o‘rnida: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati yuqori kuchlanishli elektr energiyasini transportirovka qilish, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

     Oxun Alilov, Sizga shuni ma'lum qilamizki, murojaatingiz mazmuni tegishli tartibda mas'ul xodimlariga yuborildi va tez orada shikoyatingiz yuzasidan munosabat bildiriladi.

     «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmatining rasmiy telegram kanali: https://t.me/hetmuloqot  (Telegram: @hetmuloqot, @HET_admin;  Facebook: Hududiy elektr tarmoqlari) va veb-sayti: http://www.het.uz/oz.

     Qisqa raqami: 1154.

     Murojaat uchun: +998 71-202-50-55.

 

  Hurmat bilan,

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Kanalga a'zo bo‘ling! t.me/uzmetaxborotxizmati  

>