Kelib tushgan murojaatlar
MUROJAATNING MAZMUNI: Xoliq Boboyorovich, xayrli kun!
  • 03.02.2021
  • 712

  Xoliq Boboyorovich, xayrli kun!

  Siz 2021-yil 16–17-fevral kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda «O‘zbekgidroenergo» AJning bevosita ko‘magi bilan bo‘lib o‘tadigan «Markaziy Osiyo gidroenergetikasi va Kaspiy-2021» yillik xalqaro kongressi va ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun «Vostok kapital» MChJdan ro‘yxatdan o‘tgansiz.

Afsuski, ko‘rsatilgan telefon raqami: 998712085602 orqali siz bilan bog‘lana olmayapman.

Iltimos, ayting-chi, forumdagi ishtirokingiz haqida suhbatlashish uchun sizga qachon va qaysi raqamga qo‘ng‘iroq qilishim orqali bog‘lanishim qulayroq bo‘ladi?

  Anastasiya Vasilyevna Kadakina, ma'lumotlar bazasi bo‘yicha mutaxassis |

Tel.: | Moskva: +7 495 10 99 509

Email: AKadakina@vostockcapital.com| www.vostockcapital.com |

 

 

MUROJAATGA JAVOB:

Assalom alaykum!

  Biz Sizning taklifingizni, ya'ni «Vostok kapital» MChJ tomonidan 2021-yil 16–17-fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda «O‘zbekgidroenergo» AJning bevosita ko‘magi yordamida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan «Markaziy Osiyo gidroenergetikasi va Kaspiy-2021» yillik xalqaro kongressi va ko‘rgazmasiga taklifni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Elmurodov Xoliq Boboyorovichga ma'lum qildik.

  Siz +998 (71) 208-56-02 raqamiga ish vaqti davomida (soat 9:00 dan 18:00 gacha) qo‘ng‘iroq qilishingiz yoki «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisining yordamchisi Qayumjon Amanbayevich Abdullayevga qo‘ng‘iroq qilish orqali Jamiyat rahbariyati bilan bog‘lanishingiz mumkin. Telefon: +998 (71) 236-68-05.

Ma'lumot uchun:

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi «O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida»gi PQ-4249-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.

  O‘zbekiston Respublikasining magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish, elektr energiyani Respublikaning magistral elektr tarmoqlari orqali yetkazib berish va davlatlararo tranzitni amalga oshirish, qo‘shni davlatlarning elektr energetika tizimi bilan hamkorlik qilish «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining asosiy faoliyat turlari hisoblanadi.

Manzil: Toshkent shahri, 100084, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Telefon: +998 71-236-6808 (Axborot xizmati)

Veb-sayt: uzbekistonmet.uz

E-mail: info@uzbekistonmet.uz

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>